• Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish” mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI
  • Informatika fanini o’qitishda o’yinli - qiziqtiruvchi texnologiyalardan foydalanish.
  • Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”




    Download 1.01 Mb.
    bet1/14
    Sana13.04.2023
    Hajmi1.01 Mb.
    #50946
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    fayl 1654 20210826 (2)


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM MAXSUS VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI
    5110700-informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13.404-guruh bitiruvchisi Ashurova Gulasal Baxadirovnaning
    Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”
    mavzusidagi
    BITIRUV MALAKAVIY ISHI

    Ilmiy rahbar:
    Z. Mamatova
    Farg’ona-2017

    1



    Bitiruv malakaviy ish kafedraning 2017 yil dagi -sonli
    yig’ilishida muhokama qilingan va himoyaga tavsiya etilgan.

    Kafedra mudiri I.Haydarov
    Taqrizchilar:
    TATU Farg’ona filiali
    Axborot ta’lim texnologiyasi
    kafedrasi katta o’qituvchisi:
    FDU Axborot texnologiyalari
    kafedrasi o’qituvchisi :

    D.Sotvoldiyev
    Z.Mamatova

    2



    Mundarija
    Kirish 4

    1. BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA INNOVATSION USLUBLAR 7

    1. Informatika fanini o’qitishda o’yinli - qiziqtiruvchi texnologiyalardan foydalanish 9

    2. Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish 14

    1. BOB. TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI 24

    1. Pedagogik texnologiyalar asosida informatika fanlarini o‘qitish metodikasi..24

    2. Yangi pedagogik texnologiyalar haqida 28

    1. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. O'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalarin tekshirish. O'quv materialini takrorash va umumlashtirish 31

    1. BOB. PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INNOVATSIYALAR YARATISH VA ULARNI DARS JARAYONIGA

    TADBIQ ETISH 39
    3.1 Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o‘quvchilarning psixofiziologik
    hususiyatlarini hisobga olish 39

    1. Informatika darsini innovatsion loyihalash qismi 59

    Xulosa 70
    Foydalanilgan adabiyotlar 72

    3

    KIRISH

    Mavzuning dolzarbligi: Barchamizga ma’lumki, XXI asr - globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
    Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy yetuk bo'lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar.
    Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro'yobga keldiki, bu xalq xo'jaligining barcha sohalarida, hususan, ta'lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo'llanilayotganligi, o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan bilimlar ko'lamining tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo'yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi.
    O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi qonunda ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»

    4



    qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jaxonning ilg’or yutuqlarini e'tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama shakllangan va etuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan.
    O’zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlab o’tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo'lajak o'qituvchilar shahsiga qo'yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma'naviy barkamollik deb belgilash mumkin” O'quvchilarning informatik bilimlarini o'z kasbi doirasida, kundalik hayotda qo'llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon talabidir.
    Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart - sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir.
    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: ta’lim jarayonini tashkillashda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ilmiy uslubiy asoslarini ishlab chiqish.
    Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti: ta’lim jarayonini tashkillashda innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars o’tish jarayonida faollashtirish.
    Bitiruv malakaviy ishining predmeti: axborot texnologiyalari yordamida bilim oluvchilarni ta’lim jarayonida faollashtirish.

    5



    Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:

    • Ta’lim jarayonini tashkillashda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning mavjud pedagogic sharoitlarini aniqlash;

    • Innavatsion texnologiyalardan foydalanib informatik ta’lim berishda interfaol metodlardan foydalanganlik darajasini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqish;

    • Ta’lim jarayonini tashkillashda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanib, ta’lim berishning mazmuni, shakl va vositalarini ishlab chiqish va tajriba sinovidan o’tkazish;

    Bitiruv malakaviy ishining metodlari:

    1. T arixiy xronologik tahlil;

    2. Davlat va kasb-hunar kolleji me’yoriy hujjatlarini o’rganish;

    3. Pedagogik kuzatuv;

    4. So’rovnoma;

    5. Kompyuterda o’qitish;

    6. Inter’vyu;

    7. Trening;

    8. Monitoring;

    Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi:
    Bitiruv malakaviy ishi kirish qismdan boshlanib uchta bobdan tashkil topgan. Birinchi bobida informatikani o’qitishda innovatsion uslublar, informatika fanini o’qitishda qiziqtiruvchi o’yinlar texnologiyasi hamda informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish to’g’risida ma’lumot berilgan.
    Ikkinchi bobda ta’lim jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalarning roli haqida yoritilgan. Uchinchi bobida pedagogik dasturiy vositalar yordamida innovatsiyalar yaratish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish, Autopley media studiosi yordamida yaratilgan yangi innovatsion electron o’quv qo’llanma loyihasi berilgan.

    6



    1. BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA INNOVATSION USLUBLAR.

    Informatika kompyuter texnikasini qo'llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to 'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir. Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz tomonidan axborot-kommunikasiya texnologiyalarini hayotimizning barcha jabhalari, jumladan, ta’lim jarayoniga keng tatbiq etishga katta e’tibor qaratilgan edi. Bu 2012 yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot - kommunikasiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari”ga oid qaror va “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonunda, belgilangan asosiy vazifalardan biridir. Zero, zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo’llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmun- mohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko’zda tutilgan. Shu sababli, bugungi kunda ta’lim muassalarida faoliyat yuritayotgan “Informatika” fani o’qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi:

    • talabalarning mustaqil bilim olish, o’rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o’rni va ahamiyatini oshirish;

    • mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o’tkazish;

    • talabalarning faolligini oshirish, o’zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan metod va shakllarni qo’llash;

    • ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.

    7



    1. Informatika fanini o’qitishda o’yinli - qiziqtiruvchi texnologiyalardan foydalanish.

    Yuqorida sanab o’tilgan vazifalardan ko’rinib turibdiki, ta’lim muassasalari talabalarini mustaqil bilim olishiga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o’rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. O’quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikasiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligigi ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
    Bugungi kun talabi ta'limni sifat o’zgarishlariga olib keluvchi yangicha yondashuvlarni izlashga undamoqda va uni o’rganishdagi yondashuvlar (metodlar) ham o’zgarmoqda.
    Ta'limda yangi bilimlarni amalda qo’llash natijasi innovatsiyalarga asoslangan yangi ta'lim yaratilishiga olib kelmoqda.
    Respublikamizda ta'lim tizimini har tamonlama rivojlantirish kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va isloh qilish davlat ahamiyatidagi eng ustivor vazifalar qatoriga kiradi.
    O'quvchi o’zlashtirgan bilimini amaliyotda qo’llay bilishi uchun uni o’z vaqtida mustahkamlashi, boshqa tushunchalarni o’rganishda qo’llash bilishi va olingan bilimlarni tizimlashtirish ta'lim samaradorligini ta'minlashga olib keladi.
    O'quvchining bilish faoliyati deganda:

    • o’rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to’plash;

    • to’plangan axborotlarni qayta ishlash;

    • o’rganilgan axborotlarni (ma'lumotlarni) qo’llash kabi uchta bosqichdan iborat faoliyat tushuniladi.

    Informatika o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy informatikaning ba'zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tadbig’ini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat.
    Shunday ekan, “Informatika” fanini o’qitish samaradorligini oshirish o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish hamda o’tkazishda pedagogik va axborot

    8



    texnologiyalaridan keng foydalanish, o’qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ularni o’quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e’tiborga olgan holda “Informatika” fanini o’qitishda o’yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o’rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarur.
    O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O’yin olimlar tadqiqotlariga ko’ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.O’yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
    O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi. O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi. O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi. Didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat'iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llash lozim. Masalan, ko’pchilikka ma'lum va ommabob bo’lgan krossvord o’yini o’quvchilarda qiziqish o’yg’otishi tabiiydir. Qomusiy lug’atda ta'riflanishicha, uning atamasi inglizcha “kross” - kesishgan, “vord” - so’z degan ma'noni anglatib, ilk bor XX asr boshlarida kashf etilgan. Vaqt o’tishi bilan uning turlari ko’payib, chaynvord, chaynkrossvord, krosschaynvord, aylanma

    9



    krossvord, diagonal krossvordlar o’ylab topildi. Ularning har biri shaklda so’zlarning joylashishi va bog’lanishi bilan farq qiladi.Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shaklidan foydalanilganda darsda faqatgina kuchli o’quvchilargina emas, balki kuchsiz o’quvchilar ham faol ishtirok etadilar.
    Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning boshqa shakllaridan, ya'ni rebus va boshqotirmalardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.
    Ushbu qiziqtiruvchi metodlardan foydalanganda, o’qituvchi darsni maqsadli tashkil qilishni rejalashtiradi, ya'ni krossvord, rebus, boshqotirmalarni fanning mazmuniga mos tayyorlaydi. Darsning maqsadini aniqlaydi va kutilayotgan natijani loyihalaydi.
    Rebus, krossvordlar o’yinli texnologiyalarga sirasiga kiradi. “Rebus” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “So’zlar orqali emas, balki rasmlar orqali ifodalash” ma’nosini anglatadi. Bu - biror so’z yoki atamaning rasmlar, notalar, xarflar bilan birgalikda ifodalanishi orqali hosil qilingan jumboqdir.
    Rebus - keng tarqalgan va eng mashxur o’yinlar sirasiga kiradi. U orqali maqollarni, she’r qismlarini, biror iborani yoki so’zni berkitish mumkin. Undan ilk bor Fransiyada XV asrda qo’llanilgan.
    Eng birinchi rebuslar to’plami Etenom Taburo tomonidan Fransiyada 1582 yili chop etilgan. Keyinchalik Angliya, Germaniya, Italiyaga tarqalgan. Rossiyada birinchi rebuslar “Illyustrasiya” jurnalida 1845 yili chop etilgan.
    Rebus — bu atamalarni ko’ngil ko’taruvchi xarakterda shifrlashdir. Masalan: Rasmning chap qismidagi apostroflar soni rasm nomining chap tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;
    Rasmning o’ng yuqorisidagi apostroflar soni rasm nomining o’ng tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;
    So’z o’rtasidagi xarflarni o’chirish uchun bu xarflar rasm ustida yozilib ustidan chiziladi;

    10



    • So’zdagi belgini almashtirish: “2=d” 2 - xarfni “d” xarfiga almashtirish, “r=p” esa xarbir “r” belgi “p” belgiga almashtirish tushiniladi;

    • Rasm nomidagi belgilarning joylashgan o’rni tartib raqamini o’zgartirish orqali yangi hosil qilish mumkin;

    • Rasmni teskari qo’yish orqali so’z ham teskari o’kiladi.

    “Informatika” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun quyidagi vazifalarni taklif etish mumkin:

    Rebus

    Tushuncha

    Ta’rif







    ii



    Ushbu vazifalar talabalar aqliy faolligini o’stiradi, bilish jarayoniga haqiqiy qiziqish uyg’otadi. O’yin davomida talabalar ma’lum qiyinchiliklarni yengadilar, o’z kuchlarini sinaydilar, malaka va bilimlarini rivojlantiradilar.
    Ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini talabalarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli talabalar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga talabalar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina bilimdon talabalarnigina emas, balki past o’zlashtiruvchilarni ham qamrab oladi. Boshqa o’quv fanlaridan past o’zlashtiruvchi talabalar ko’pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq talabalarga aylanadilar. Krossvordlar sodda bo’lishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, mavzuga aynan mos keluvchi maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir. Quyida “Informatika” fanidan krossvordlardan namuna keltiraman.

    12



    1. Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish.

    Hozirgi davrda o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga bog’liq.
    Interfaol so’zi inglizcha “Interakt” so’ziga mos kelib, “Inter - o’zaro”, “akt - ish ko’rmoq, ishlamoq” degan ma'nolarni anglatadi.
    Interfaol o’qitish - muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta'sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
    Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyati nazorat topshiriqlarini birgalikda echishga olib keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadil.

    13



    Interfaol metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar, ijodiy ishlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi.
    Interfaol o’qitish tashkilotchilari uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:

    • guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlar jarayonida boshqalarning qadriyatlarini tushunib etishi;

    • boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi;

    • o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.

    Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etish jarayonida o’qituvchining
    bergan topshiriqlari mazmuni o’quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Ushbu topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo’lib, o’quvchilarni fikr yuritish, o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo’lishi lozim.
    Quyida topshiriq savollarini to’g’ri ifoda qilish uchun tavsiyalar keltiramiz:

    1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo’yish lozim.

    2. Topshiriq mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak.

    3. Muayyan predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishda engillik tug’diradi.

    4. Faqatgina “ha” yoki “yo’q”, “to’g’ri” yoki “noto’g’ri” degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning.

    5. O'quvchilarga o’z intellektual qobiliyatlariga tayangan holda javob beradigan savollarni bering.

    14



    1. O'quvchining o’z nuqtai nazarini bildiradigan topshiriqlardan berishga harakat qiling.

    2. Qo’yilgan topshiriqqa javob berilganda o’quvchilardan “Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?” deb so’rab turing.

    Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz:
    “Aqliy xujum” metodi. Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma'lum ko’nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag’batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg’ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi.
    «Aqliy xujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma'lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Mashg’ulotlar jarayonida «Aqliy xujum» metodidan foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar:

    1. Mashg’ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.

    2. Har bir ta'lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalar miqdori rag’batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag’batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g’oyalarning tuzilishiga olib keladi.

    3. Har bir ta'lim oluvchi o’zining shaxsiy fikri yoki g’oyalariga asoslanishi hamda ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g’oya)larni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g’oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi.

    4. Mashg’ulotlar jarayonida ta'lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni

    15



    baholashga yo’l qo’ymaydi. Agarda ularning fikr (g’oya)lari baholanib, boriladigan bo’lsa, ta'lim oluvchilar o’z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo’llashdan asosiy maqsad ta'lim oluvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag’batlantirish ekanligini etibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
    “Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman” metodi. Sinf o’quvchilari beshta guruhga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman»degan so’zlar yoziladi. So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma'lumotlarga ega ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli bandga yozib qo’yadi. Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a'zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto’g’ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat o’quvchilarning faolligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi).
    Keyingi bosqichda o’quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so’ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma'lumotlarni o’zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O’quvchilar o’z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi. So’ngi bosqichda o’qituvchi o’quvchilaridan yangi mavzu bo’yicha qanday ma'lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va o’quvchilarni yana o’ylashga da'vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi.

    16



    Masalan: Matn o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar yakka tartibda (7 minut) matn bilan tanishadilar. So’ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to’ldiradilar.
    Bumerang” texnologiyasi.
    Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli
    adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘qivchilarni baholay olishga qaratilgan.[e4].
    Metodning maqsadi: O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat- munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini egallashiga imkoniyat yaratish.
    Metodning qo‘llanishi: Amaliy mashg‘ulotlar hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin.
    Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: O‘quvchi dars jarayonida mustaqil o‘qishlari, o‘rganishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar (o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar).[10]
    Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
    Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi:

    • o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;

    • o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;

    • o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;

    • berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;

    • har bir guruh a’zolaridan yangiguruhtashkil etiladi;

    17



    • yangiguruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlariga erishadilar;

    • berilgan ma’lumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol- javob qiladilar;

    • yangi a’zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;

    • darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi. O‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini

    aniqlash maqsadida o‘qituvchi (yoki opponent guruh) o‘quvchilarga savollar
    bilan murojaat etadilar, og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar;

    • savollarga berilgan javoblar asosida guruhlar to‘plagan umumiy ballari aniqlanadi:

    • har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matn mazmunini hayotga bog‘lagan holda bittadan savol tuziladi;

    • guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar);

    • guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi;

    • guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.

    • darsni yakunlash, uyga vazifa berish.

    Informatika darslarida ushbu metodni quyidagicha qo‘llash mumkin:
    Mavzu: “Kompyuterlar. Kompyuterlarning qurilmalari va vazifalari” (5-sinf,
    Informatika).
    Tarqatma materiallar:

    1. guruhga - Kompyuterlar qanday tuzilgan?

    2. guruhga- Ma’lumotlar qanday saqlanadi?

    3. guruhga - Kompyuterlarning qanday qo‘shimcha qurilmalari mavjud?

    4. guruhga - Kompyuterlar qanday ishga tushiriladi?

    18


    1. Zinama-zina” texnologiyasi.

    Ushbu metod o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu
    bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda xotirlash, o‘zlashtirilgan
    bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma,
    rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi. Bu metod o‘quvchilar bilan
    yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi va
    taqdimot qilinadi.
    Metodning maqsadi: O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil kilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
    Metodning qo‘llanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit bo‘lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o‘tkazish hamda nazorat darslarida qo‘llanilishi mumkin.
    Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatli qog‘ozlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzular soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:

    • o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani ma’qul);

    • o‘quvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga kog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi;

    • o‘qituvchi a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida kog‘ozdagi bo‘sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;

    19



    • guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yokio‘quvchizma) ko‘rinishida ifoda etadilar. Bunda a’zolari kichik mavzu bo‘yicha imkon boricha to‘laroq ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi.

    • tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, auditoriya (sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi; o‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni

    baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
    Venn diagrammasi. Venn diagramma-grafik ko’rinishda bo’lib, olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq predmetni (ko’rinish, fakt, tushuncha) tahlil qilish va o’rganishda qo’llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo’ladi.
    Maqsad: ikki va undan ortiq predmet va tushunchalarni taqqoslashda, turli va umumiy tomonlarini aniqlashda bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
    Amalga oshirish bosqichlari:

    1. bosqich. O’quvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani to’ldiradilar, har bir doiraga ikki tushuncha (predmet)ni e'tiborli tomonlari sanab o’tiladi.

    2. bosqich. O’quvchilarni kichik guruhlarga (4-5 kishidan iborat) birlashtirib, diagrammalarni taqqoslaymiz va to’ldiramiz.

    3. bosqich. Kichik guruh o’quvchilariga bu tushunchalarning (predmet, ko’rinishlarning) umumiy xossalarini aniqlashni taklif etamiz.

    4. bosqich. Biron bir guruh vakili har bir tushunchaning o’ziga xos tomonlarini o’qiydi. Boshqalar zarurat bo’lganda uni javobini to’ldiradilar.

    5. bosqich. Boshqa guruh vakillari ikki tushunchani birlashtiruvchi (umumiy) xususiyatlarni o’qiydi. Boshqalar zarurat paydo bo’lganda bu javoblarni to’ldiradilar.

    20



    “T-sxema” metodi. T- sxema metodida bahs davomida javoblarni (haG'yo’q, tarafdorG'qarshi kabi) yozib borishda universal grafik vosita bo’lib xizmat qiladi.
    Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan so’ng, quyidagi ko’rinishdagi T- sxemani tuzish kerak:

    Tarafdor

    Muammo

    Qarshi







    Besh minutdan so’ng sxemaning chap tomonini to’ldirish lozim. Unda besh minut davomida o’quvchilar mavzuga oid nechta kategoriya o’ylab topishgan bo’lsa, shuncha kategoriya ko’rsatiladi. Keyingi besh minutda o’quvchilar sxemaning o’ng tomonini to’ldiradilar. Va nihoyat, yana besh minut mobaynida o’quvchilar o’zlarining T- sxemalarini boshqa juftlik yoki kichik guruhning T- sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar.
    “Klaster” metodi. Klasterlarga ajratish - o’quvchilarga biror mavzu bo’yicha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir.
    Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish,

    21

    umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
    Klasterlarga ajratish metodini qo’llash quyidagicha amalga oshiriladi:

    • tarqatma materialda mavzuga oid ochiq so’z yoziladi;

    • o’quvchilar ushbu so’z bilan bog’liq xayollariga kelgan so’z va jumlalarni uning atrofiga yoza boshlaydilar;

    • so’zlarni yozish jarayoni o’qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so’z va qoidalar tugaguncha davom etadi.

    Klasterga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur. Ular quyidagilardan iborat:

    1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e'tibor bermasdan yozib borish.

    2. Orfografiya va boshqa omillarga e'tibor bermaslik.

    3. Vaqt tugaguncha ko’proq bog’lanishlar hosil qilishga harakat qilish.

    4. G'oyalar va so’zlar sonini cheklab qo’ymaslik.

    Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, informatika fanlarini o’qitish jarayonida interfaol metodlarni qo’llash o’quvchilar o’quv - biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradi va informatika fanlarini o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi. Interfaol metodlarni o’quvchilarni guruhlarga bo’lib o’qitishda ham qo’llash orqali ularning o’quv - biluv faoliyatini yuksaltirish va mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin ekan. Bu metodlarni informatika darslarida qo’llash uchun esa fanning o’qitish hususiyatlarini yaxshi bilish lozim. Ya’ni har qanday informatika o’qituvchisi o’z mutahassisligi bo’yicha yetarli bilimlarga ega bo’lganidan so’ng, shu fanni o’qitish hususiyatlarini - kursni o’qitishning dolzarbligini, fanning o’qitilish sabablarini, o’qitish uslubiyotini va usullarini, o’qitish texnologiyasini, darslarda ma’ruza, seminar, amaliyot mashg’ulotlarini qanday tashkil etish kabi malakalarni yaxshi egallagan bo’lishi lozim.

    22



    1. BOB. TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI.

    1. Pedagogik texnologiyalar asosida informatika fanlarini o‘qitish metodikasi.

    Bugungi kunda ta'lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:

    1. An'anaviy

    2. Noan'anaviy

    An'anaviy ta'lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta'lim jarayoni ko‘’roq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an'anaviy shakli, metodi va ta'lim vositalarining majmuidan foydalanib ta'lim-tarbiya maqsadiga erishishdir.
    Noan'anaviy ta'lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta'lim jarayoni markazida talaba shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta'lim-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishish -ga yo‘naltirishdir.
    Noan'anaviy ta'lim texnologiyasi an'anaviy ta'lim texnologiyasidan farq qilib, talabalarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e'tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi.
    Noan'anaviy ta'lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi:

    • Hamkorlikda o‘rganish

    • Modellashtirish

    • Tadqiqot (Loyiha)


    Download 1.01 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”

    Download 1.01 Mb.