• Rahbar:o‘q. Berdiyeva D.E Navoiy 2023.
  • Informatika




    Download 102.25 Kb.
    bet1/2
    Sana14.06.2023
    Hajmi102.25 Kb.
    #72702
      1   2
    Bog'liq
    Kompyuter xavfsizligi va antivirus dasturlari kurs ishi 2 ozgargani
    240, BILISH JARAYONLARI KORREKSIYASI VA TARAQQIYOT

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
    INFORMATIKA” КАFEDRASI

    KURS ISHI

    Mavzu: Informatika darslarida o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilishda zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish


    Bajardi: To‘raqulov G‘.O
    Rahbar:o‘q. Berdiyeva D.E

    Navoiy 2023.
    Mavzu:Kompyuter xavfsizligi va antivirus dasturlarini o'qitish texnalogiyalari:

    Reja:
    Kirish:


    I-bob: Kompyuter viruslari.
    1.Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari haqida ma'lumot
    2.Zamonaviy axborot xavfsizligi va antivirus.

    II-bob: Dasturiy taʼminot


    1.Kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarida axborot xavfsizligi.
    2.Kiberxavfsizlikda inson omillari.
    Xulosa:
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
    Kirish:
    Kompyuter viruslari bugungi kunda ko'pchilikning eng dolzarb muammosidir. Bu hammani tashvishga solmoqda.Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini hotirjamligini buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo buyicha 200000 dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar etkazadi yoki kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib yuboradi.
    Kompyuter virusi o'zi nima? Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh disqdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin.Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma'lum bo'lishi mumkin. Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora juma), Friday 13 (o'n uchinchi juma), "sekin ta'sir qiluvchi virus" va hokazo. Mazkur viruslar ekranning chap burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan fayllarni yo'qotishi, bundan tashqari har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz marotalab sun'iy sekinlashtirib yuborishi mumkin.
    Odatda TR-viruslar deb nomlanuvchi viruslar guruhi ajoyib xossaga ega. Zararlangan dasturni ko'rish chog'ida virus dasturi tuzatilgan dastur ichiga "suqilib" kirib oladi va o'zini namoyon etmaydi. Shunga o'xshash pokistoncha viruslar (Brain Ashet) ham zararlangan kompyuterlarda o'z "faoliyatini" ayyorlarcha olib boradi.
    Keng tarqalgan viruslarni ikki guruhga bo'lish mumkin:
    -fayllar uchun (SOM, YeXE va DLL ni zararlaydi);
    -Boot-viruslar (disketlarni boshlang'ich yuklovchi sektorlari yoki MBR (Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi.
    Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud. Ular replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba'zi abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng "taniqlisi" Morrisa nomlisidir. 1988 yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi 30000 ta kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirib, "karomat" ko'rsatgan.

    Fayl viruslarini sinflarga ajratish.
    Fayl viruslari kompyuterlarda keng tarqalgan viruslar. Ular barcha viruslarning tahminan 80% ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib, o'z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa, haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Masalan, RCE-1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black Friday (qora juma) va boshqa o'ta xavfli viruslardir.
    Ko'pchilik tarqalgan fayl viruslari shtammlarga ega, ular baza versiyalaridan uncha farq qilmaydi. Shuning uchun fayl viruslarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:
    - Vena guruhi. Uning birinchi S-648 deb nomlanuvchi vakili Venada topilgan;
    - CASCADE guruhi. RC-1701 deb nomlanuvchi birinchi vakili 1988 yil o'rtalarida topilgan;
    - Quddus guruhi. RCE-1813 deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987 yilning oxirida Quddus universitetida topildi;
    - TR viruslar guruhi - mazkur viruslar, taxminlarga ko'ra, Bolgariyada ishlab chiqilgan. O'z navbatida bu guruh uch kichik guruhga bo'linadi. VACSINE, "musiqali qayta yuklash" va "o'z-o'zini yeb qo'yuvchilar".
    Ohirgi ikkitasini Vankey Doodle ham deb atashadi.
    - Datacrime. Bu guruh vakillari joriy yilning 12 oktyabrida faollashadi va A, V, C, D disklarda 8 sektorni ishdan chiqaradilar.
    - Avenger guruhi. RCE-1800, RCE-1000 deb nomlanuvchi mazkur guruh katta zararlash imkoniyatiga ega. U nafaqat fayllarni bajarish chog'ida, balki uni o'qish va ochish vaqtida ham zararlaydi. Bundan tashqari, bu toifadagi viruslar davriy ravishda sektorlardagi fayl va katologlarni yo'qotadi. Vinchesterga matn xabarlarini yozadi.
    - Island guruhi (Icelandic).
    Shu yerda ta'kidlash kerakki, Datacrime va island guruhiga mansub viruslar hozircha bizning mamlakatimizda yo'q.
    Boot viruslari fayl viruslaridan tubdan farq qiladi. Boot viruslarining soni fayl viruslariga qaraganda ancha kam va shuningdek, ular sekinroq tarqaladi.Fayl viruslari kabi ko'p tarqalgan Boot viruslari ham shtammlarga ega. Hozirgi vaqtda ushbu viruslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
    - Italiya guruhi. "Bxl-1S-a" deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987 yilning oxirida paydo bo'ldi;
    - Pokiston guruhi. Bu guruhga Vgat 86 va Brain 88 viruslari kiradi. Birinchi vakili Vgat 86 Pokistonning Lahor shaxrida 1986 yil topilgan.
    Buzish darajasi bo'yicha viruslarni shartli ravishda ikki turga -"illyuzion" va "vandallar" ga bo'lish mumkin. "Illyuzion" guruh qandaydir yoqimli musiqa sadosi yoki namoyish orqali virusni yuqtiradi.
    "Vandal" so'zining o'zbekcha lug'aviy ma'nosi - madaniy yodgorliklarni harob etuvchi, xuddi shunday "vandallar" dasturni harob qiladi. Bu toifa viruslar yopiq holatda fayllarni bildirmasdan ishdan chiqaradi.
    Tabiiyki, ham fayl tizimini, ham yuklash (Boot) cektoriga zarar yetkazuvchi viruslar ham mavjud.
    Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish
    1. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish.
    Dastlabki nazorat:
    Kelayotgan dasturlarni detektor dasturlari bilan tekshirish.
    Profilaktika:
    "Yozishdan himoyalangan" disketalar bilan ishlash, yozish uchun disketadan foydalanishni minimallashtirish, ilgarigi va amaldagi disketalarni alohida saqlash, dasturlarni vinchesterda arxivlangan holda saqlash.
    Har qanday yangi dastur yangi karantin muddatini o'tashi lozim. Ular mutaxassislar tomonidan viruslarga tekshirilgan bo'lishi kerak.Dasturni dastlabki "sog'lom" holatga keltirish. Bu ish har bir fayldan zararli viruslarni "tishlab olib tashlash" usuli bilan amalga oshiriladi.
    Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, virusdan himoyalanishning bir necha turdagi dasturiy vositalari mavjud: dastur-detektorlar (disketa yoki diskdagi viruslarni "tutadi") va dastur-faglar (viruslardan davolaydi). Ular har bir foydalanuvchida bo'lishi va kompyuter ishga tushirilishidan oldin doimo sinab ko'rilishi kerak.Shuni ta'kidlash kerakki, eng qulay detektorlar bir emas, koplab keng tarqalgan viruslarni "ushlaydi". Dastur-fayllar zararlangan dasturlarni tiklashni ta'minlaydi. Ish jarayonida faga virus tanasini "tishlaydi" va virus o'zgartirib yuborgan buyruqlar ketma-ketligini tiklaydi. Biz tilga olayotgan kompyuter viruslari fagasi hozirda yaratilib bo'lingan. Hozir turli fagalarni yig'ish bilan odamlar band bo'lishmoqda. Bu, bizningcha, noto'g'ri. Asosiy e'tiborni zararlanishning oldini olishga qaratish lozim. "1 gramm profilaktika 1 kilogramm davolashga teng" maqoli naqadar to'g'ri.Antivirus dasturlarini ishlatishdagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarga batafsil to'xtab o'tamiz.Antivirus vositalarini qo'llashdagi eng ko'p yo'l qo'yiladigan xato - zararlangan kompyuterda ularni ishlatib yuborishdir. Virus aniqlangach, keyingi hatti-harakat quyidagicha bo'ladi:
    Kompyuterni o'chiring va uni himoyalangan sistemali disket yordamida qayta yuklang (bunday disketa Sizda albatta bo'lishi kerak). Mazkur disketada antivirus dasturlari joylashgan bo'lishi kerak.
    Antivirus dasturini ishga tushiring.Zararlangan operasion sistemalarda amallarni bajarish va dasturlarni ishga tushirish qo'pol xato va misli ko'rilmagan yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Jumladan, bunda hali zararlanmagan dasturlar ham talofat ko'rishi mumkin. Masalan, Sizning kompyuteringiz RCE-1800 virusi bilan zararlangan bo'lsin. Mazkur virusga mo'ljallanmagan faga dasturni extiyotsizlik bilan ishlatish qolgan yuklovchi modullarni ham ishdan chiqaradi.Yana ko'p uchraydigan xatolardan biri antivirus vositalarini haddan tashqari ishonish. Garchand, bunday dasturlarni juda yuqori darajadagi dasturchilar yaratsalar-da, ular har doim ham ishonchli emas. Har qanday dastur kabi, ular ham xatolardan holi emas. Bu detektorlarga ham, fagalarga ham taaluqli. Shu yerda biz ta'kidlashimiz lozimki, biz faga deb atalayotgan dasturlar aslida "detektor-faga"ning o'zi. Shuning uchun ularning ishida viruslarni aniqlashda ham, ularni davolashda ham xatolar bo'lishi mumkin.Ishlatilayotgan detektorlar ko'pincha viruslarni payqamay, zararlangan fayllarni o'tkazib yuboradilar. Masalan, juda mashhur McAFee Associates firmasiga tegishli SCAN kompleks detektori bizning mamlakatimizda keng tarqalgan viruslarni payqamay o'tkazib yuboradi va yangi, bir nechta yolg'on ishlanmalar beradi. Shuning uchun bir nechta detektorlarni bir yo'la qo'llash "ovoz berish yo'li bilan" zararli dasturlarning ro'yxatini tuzish mumkin.Arxivda saqlanayotgan dasturlarga detektorlarni qo'llash samarasiz ekanligini ta'kidlash lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish lozim. Aks holda, detektor mazkur fayllarni tekshirmaydi. Yana faga noo'rin dasturning foydali qismini "tishlashi mumkin". Aynan shu yerda detektor yolg'on axborot bergan bo'ladi. Faga ishlab turgan dasturni ishdan chiqarishi hech gap emas. Yana bir eng katta, yo'l qo'yiladigan xatolardan biri himoyalanmagan disketaning qo'lma-qo'l yurishi va ishonchsiz disketalarni yuklashdir. Shuning uchun disketalarni doimo himoyalash kerak. Faqat ishonchli disketalardangina foydalanish darkor.Faganing sifati, eng avvalo, u qayta ishlayotgan viruslar soniga bog’liq. Bundan tashqari, interfeys qulayligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bular faganing hisobotini yaxshilaydi. Odatda, fagalar bir necha viruslarga mo'ljallangan bo'lib, qolganlari uchun samarasiz bo'lishi mumkin.
    Virusdan himoyalanish usullarini qo'llash
    "Virus-himoya vositalari" muammosi xuddi "hujum quroli - himoya quroli" muammosiga o'xshaydi. Himoya vositalari ko'paygan sari hujum vositalari ham takomillashib, uni ishlatuvchilar rag'batlantirilmokda. Nachora, hayot shunday kurashdan iborat. Shuning uchun aytish darkorki, kompyuter viruslari hali ko'p vaqt dolzarb muammo bo'lib qolaveradi, har ikki tomon ham rivojlana beradi.Himoyalanishning asosiy texnologik sxemasi. Himoyalanishning bunday sxemasi quyidagi bosqichlardan iborat:
    - yangi dasturiy mahsulotning dastlabki nazorati;
    - qattiq diskni bir necha mantiqiy disklarga ajratish;
    - rezident revizor (taftishchi) dasturlar bilan davriy ravishda axborot butligini tekshirib turish;
    - arxivlashtirish.
    Yangi kiritilayotgan dasturiy ta'minotni nazorat qilish: Birinchi va juda zarur himoya kiritilayotgan dastur va disketalarni nazorat qilishdir. Go'yoki, samolyotning muvaffaqiyatli parvoz qilishi uchun passajirlar batafsil tekshirilganidek, kompyuterda kiruvchi axborotlarni batafsil tekshirish viruslar yuqishining oldini oladi. Har qanday "firma" disketalariga ham ishonaverish kerak emas.
    Ularda ham virus bo'lishi mumkin.
    Ko'pchilik mashhur fayl va boot-viruslar mavjudligini kirish nazoratining o'zidayoq aniqlash mumkin. Bu jarayon bor-yo'g'i bir necha daqiqani oladi, xolos. Aks holda ko'p vaqt axborotlarni viruslardan tozalashga ketib qoladi. Kirish nazoratini bir nechta marta saralab, maxsus tanlab olingan detektor va fagalardan o'tkazgan ma'qul. Biz quyidagilarni tavsiya etamiz. SCAN, AIDSTEST, DOCTOR, AV, TP48CLS. Fagalarni detektor rejimida ishlatish zarur.
    Karantin rejimi: Agar dasturiy ta'minot "begona qo'ldan" olingan yoki yot tashkilotlardan kelgan bo'lsa, mazkur dasturlarni ishlatishda "karantin muddati"ni belgilash foydali. Bunda har bir dastur uchun qat'iy sinov muddatini joriy etish zarur. Bu muddat oy, haftaning kunlari bo'lishi mumkin.Masalan, Ukrainaning Donesk shahrida noqonuniy nusxalangan Formula o'yinlari davriy ravishda SMOS-xotirani o'chirib tashladi.
    Qattiq diskni tekshirish.

    Kompyuterni harid qilgach, uning vinchesterida nima borligini tekshirish darkor. Endigina sotib olingan kompyuter vinchesteridagi barcha dasturlariga xuddi yangidek qarash kerak. Shuning uchun, yangi olingan mashina vinchesterini testdan o'tkazing, shuningdek, hamma disketalarni virusdan detektor-dasturlar bilan tekshiring. Vinchesterni testdan o'tkazish chog'ida, albatta, yozuvdan saqlangan, toza sistema disketalari yordamida yuklanadi.
    Himoyalashning o'ziga xos usullari:
    Disketaning normal holati - uning yozuvdan himoyalangan holatidir. Himoya faqat axborotni yozish chog'ida olinishi kerak. Faqat yozishdan himoyalangan disketalarni ishlatib, antivirus dasturlari, sistemali disketalarni ko'ngil to'q bo'lishi uchun ehtiyot qilib saqlash joiz.
    Axborotlarni tiklash:
    Shuni ta'kidlash kerakki, "zaralangan" axborotlarni eng qiyin vaziyatlarda ham tiklash mumkin. Biroq viruslar "zararlagan" fayllarni tiklash sistema dasturchilaridan yuksak mahorat talab etadi.Ko'pincha qutqarish mumkin bo'lgan fayl yoki ma'lumotlar sistemali bloklarni formatlash jarayonida shikast yeydi, bunda axborotning yo'qolib ketish ehtimoli ham bor.Yuqorida aytganimizdek, dasturni saqlashning eng yaxshi yo'li - uni arxivlab qo'yish. Lekin shunday bo'lsa ham har ish kuni so'ngida dastur va fayllarning joylashishini birma-bir ko'zdan kechirish darkor.
    Antivirus dasturlari.
    Kompyuterdagi ma'lumotlar va dasturlar ma'lum virus dasturi tomonidan o'chirilib yuborilishi yoki shikastlanishi mumkin. Virus-dasturlari dasturchilar tomonidan tajriba uchun yoki yomon niyatlarda yaratilib, asosan ular quyidagi vositalar orqali Sizning kompyuteringizga kirishi mumkin:
    - noma'lum disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va boshqalar);
    - internet tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida;
    - elektron-pochta orqali;
    - lokal tarmoq orqali;
    - noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish oqibatida;
    Virus dasturlari asosan Assembler dasturlash tilida tuziladi va ular salbiy ta'siri bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi:
    1. Sodda viruslar - operativ xotirani band qilib, kompyuterning ishlashi sekinlashtiradi.
    2. Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini o'zgartirib turadi va ularni topish ancha murakkab.
    3. Ma'lumotlarga o'zgartirish kiritadigan viruslar.
    4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar.
    5. Foydalanuvchining ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet tarmog'i orqali virusni yaratgan shaxsga yuboradigan viruslar.
    Kompyuterdagi ma'lumotlarni viruslardan himoya etish uchun antivirus dasturlar ishlab chiqarilgan.Antivirus dasturlar AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab chiqarilmokda.
    Antivirus dasturlar rezident va norezident turlarga bo'linadi: rezident antivirus dasturi kompyuter yoqilganidan o'chirilguncha qadar operativ xotira, aktiv (joriy) dasturlarni, fayllarni virusga tekshirib turadi. Rezident antivirus dasturi o'zining ishini foydalanuvchiga bildirmasdan olib boradi, faqat ayrim hollarda foydalanuvchidan virusi mavjud faylni davolashga ruxsat so'raydi. Norezident antivirus dasturlar esa faqat foydalanuvchining o'zi ko'rsatgan joylarni va belgilangan vaqtda tekshiradi va davolaydi. Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlar keng tarqalgan:
    1. DrWeb for DOS;
    2. DrWeb for Windows;
    3. Antiviral Tool Kit Pro;
    4. AVP Platinium;
    5. Norton Antivirus;
    6. McAfee;
    7. Aidstest;
    Doctor Web, AVP, Aidstest antivirus dasturlari Rossiyaning "Kasperskiy" laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va u MDH davlatlarida ko'p uchraydigan viruslardan xabari bor. Norton Antivirus mashhur Symantec firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lib, u topa oladigan viruslar soni 100000 dan ortiq. AVP dasturi virusdan himoyalaydigan eng ishonchli antivirus dasturi hisoblanadi. DrWeb dasturining rezident tekshiruv dasturi Spider - Windows rejimida tekshiruvni olib boradi. Bitta kompyuterda bir nechta turdagi antivirus dasturlar o'rnatmagan ma'qul, chunki ularning virusni topish usullari (algoritmlari) har xil hamda ular ham ?zlarini viruslar kabi tutadilar va bu holda ular o'zaro "kelisha olmay qolishlari" mumkin.


    AVP antivirus dasturlar majmuasi (kompleksi)
    Antiviruslar ham dastur bo'lib, virus tomonidan shikastlanishi mumkin. Buning oldini olish uchun antivirus dasturi himoyaga ega bo'ladi, ya'ni unda maxsus alohida modul bo'lib, u antivirusni viruslardan himoyalashga qaratilgan bo'ladi.Amerika Qo'shma Shtatlarida antivirus dasturlaridan Symentec kompaniyasining Norton Antivirus va Network Associates kompaniyasinig McAfee dasturlari keng tarqalgan.Rossiya, O'zbekistonda yuqorida ko'rsatilgan antivirus dasturlar bilan birgalikda Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilgan Doctor Web va AVP antivirus dasturlar kompleksi qo'llaniladi.2005 yilning yakuni bo'yicha Kasperskiy laboratoriyasining AVP antivirus kompleksi eng yaxshi dastur sifatida tan olingan. U modullardan iborat bo'lib, har bir modulni yangilash imkoni mavjud, ya'ni dasturni butunlay o'zgartirmasdan yangi versiyasiga almashtirish mumkin.
    AVP kompleksi quyidagi modullardan tashkil topgan:
    - AVP Control Center - AVP ning boshqarish markazi.
    - AVP Scanner (AVP Skaner) - tashqi xotirani viruslardan tozalash uchun xizmat qiladi.
    - AVP Monitor (AVP Monitor) - kompyuterga tarmoq orqali yoki boshqa usullar bilan kirib kelayotgan ma'lumotlardagi va birinchi navbatda kompyuterning tezkor xotirasidagi viruslarni topish uchun xizmat qiladi.
    - AVP Updates (AVP yangilash) - dasturni yangi viruslarning namunalari bilan to'ldirish uchun xizmat qiladi.
    AVP Control Center
    AVP Control Center - boshqaruv moduli bo'lib antivirus kompleksining ishlash rejimlari, tekshiruv parametrlari, usullari, tekshiruvni boshlash vaqti, yangilash vaqtini belgilab beradi. Odatda, AVP kompleksi o'rnatilganidan keyin AVP boshqaruv paneli Windows bilan birgalikda ishga tushadi. Bu holda masalalar satrining o'ng burchagida uning belgisi paydo bo'ladi.
    Uni ishga tushirish uchun Pusk/Programmi/AntiViral Toolkit Pro/AVP Control Center ni tanlash kerak. Natijada ekranda uning oynasi hosil bo'ladi.AVP Control Center oynasi quyidagi bo'limlardan iborat:
    - Components - antivirus kompleksiga kiruvchi modullar ro'yxati, versiyalari va oxirgi yangilanish sanasi
    - Tasks - bajariladigan vazifalar ro'yxati;
    - Report - hisobotlar bo'limi;
    - Password - AVP Control Center dasturini yuklashga va chiqib ketishga parol o'rnatish. Kerakli o'zgartirishlar kiritilganidan keyin OK tugmasi chertiladi. O'zgartirishlarni bekor qilib chiqish uchun "Cancel" tugmasi bosiladi.
    AVP Scanner moduli
    Bu modul foydalanuvchi ko'rsatgan joylarni va ko'rsatilgan vaqtda tekshirish va zarurat tug'ilsa, davolash uchun mo'ljallangan, u avtomatik tarzda AVP Control Center tomonidan yoki foydalanuvchi tomonidan ishga tushishi mumkin.
    AVP Scanner modulini ishga tushirish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo'ladi:
    "Pusk" / "Programmi"/ "AntiViral Toolkit Pro"/ AVP Scanner tanlanadi. Natijada ekranda quyidagi oyna hosil bo'ladi:
    U yuklanish jarayonida operativ xotirani virusga tekshiradi va lozim b?lsa yangilanish kerakligini ta'kidlaydi.
    Uning oynasi quyidagi kismlardan iborat:
    - Location - tekshiriladigan disk va katolog ko'rsatish;
    - Objects - tekshiriladigan ob'ektlarni - fayllar turini ko'rsatish;
    - Actions - virus topilganida bajariladigan amalni ko'rsatish;
    - Options - tekshiruvni olib borish tartibi va parametrlarini ko'rsatish;
    - Statstics - hisobot va statistika oynasi.

    Location bo'limi


    Local Hard Drives - kompyuterning qattiq disklari tekshirilishi kerakligini ko'rsatish;
    Network Drives - tarmoq qattiq disklari tekshirilishi kerakligini ko'rsatish;
    Floppy Drives - disketa tekshirilishi kerakligini ko'rsatish;
    Add Folder - joriy katlogni tekshirish lozim bo'lgan kataloglarga qo'shish;
    Scan Now - tekshiruvni boshlash;
    Object - topilgan xato va virusli fayllarni ko'rsatish bo'limi.
    Objects bo'limi
    Memory - xotirani tekshirish;
    Sectors - qattiq disk yoki disketaning yuklanish sektorini tekshirish;
    Files - fayllarni tekshirish;
    Packed Files - siqilgan fayllarni tekshirish;
    Archives - arxiv fayllarini tekshirish;
    Mail databases - elektron pochta fayllarini tekshirish;
    Smart - tekshiruvni yuzaki o'tkazish;
    Programs - faqat dastur fayllarini tekshirish;
    All files - barcha fayllarni tekshirish;
    User defined - foydalanuvchi ko'rsatgan turdagi fayllarni tekshirish.
    Actions bo'limi
    Report Only - topilgan virus to'g'risida faqat hisobot berish.
    Display Disinfect dialog - aniqlangan virus faylini davolash to'g'risida so'rov oynasini chiqarish;
    Disinfect automatically - avtomatik tarzda davolash;
    Delete object automatically - aniqlangan virusli fayllarni avtomatik tarzda o'chirish;
    Copy to Infected Folder - topilgan virusli fayllarni ko'rsatilgan katalogga ko'chirish.Kompyuter virusi ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh disqdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin.
    Fayl viruslari kompyuterlarda keng tarqalgan viruslar. Ular barcha viruslarning tahminan 80% ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib, o'z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa, haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Zamonaviy jamiyatda insonning ishlab chiqarish faoliyati umumlashgan ishlab chiqarish (UICh) doirasida kеchmokda. UICh bir-biri bilan uzviy bog’lik fizik(moddiy) xamda axboriy-mantikiy kismlardan iborat. Ishlab chiqarishning axboriy-mantikiy kismiga kuch bеrgan mamlakatlar Yuqori ish unumdorligi va zamonaviy, xaridorgir maxsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari ma'lum. Axboriy-mantikiy ishlab chiqarish (AMICh)ning rеsurslari asosini axborot, mеxnat vositalarini esa xisoblash tеxnikasi, uning dasturiy ta'minoti, axborot tеxnologiyalari va boshkalar tashkil kiladi. Mеxnat vositalari xamda akliy mеxnatni sarf kiluvchi, tajriba va bilimga ega insonlar AMIChning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil kiladi. AMIChning maxsuloti abstrakt ob'еkt (axborot, modеl) istе'mol prеdmеti sifatida namoyon bulmokda.Ishlab chiqarish doirasidagi XX asrda yuz bеrgan uzgarishlar AMIChning paydo bulishi va uning axamiyatining oshib borishi bilan bog’likdir. Binobarin, UIChning umuman unumdorligining oshishi avtomatlashtirish, shu jumladan, AMIChni avtomatlashtirish bilan bog’lik dеb karalishi zarur. Shu bois mеxnat unumdorligi kup jixatdan informatikaga boglikdir.Xisoblash tеxnikasi va aloka vositalarining kеng rivojlanishi axborotni ilgari xayolga xam kеltirib bulmaydigan xajm va tеzkorlikda yiKish, saklash, kayta ishlash va uzatish, ya'ni avtomatlashtirilgan xolda ishlov bеrish imkoniyatini yaratib bеrdi. Axborot tеxnologiyalari tufayli insonning faoliyati, uning kundalik mulokot soxasi dunyo sivilizatsiyasi ishlab chiqkan tajriba, bilimlar va ma'naviy kadriyatlarni jalb etish xisobiga chindan xam bеxad kеngaymokda. Bu esa uz navbatida jamiyatning Yuqori darajada axborotlashgan bulishini talab etadi.
    Axborotlashgan jamiyat xaqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon olimlarining xisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyutеrlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy soxalarda axborotni kayta ishlashni avtomatlashtirishning Yuqori darajasini ta'minlashga imkon bеradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa xarakatlantiruvchi kuch moddiy maxsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bulmog`i lozim.Axborotlashgan jamiyatda nafakat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, kadriyatlar tizimi xam uzgaradi. Barcha xarakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va istе'mol etishga yunaltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intеllеkt, bilimlar ishlab chiqariladi va istе'mol etiladiki, bu xol akliy mеxnat ulushining oshishiga olib kеladi. Insondan ijodiyotga kobiliyat talab etiladi, bilimlarga extiyoj oshadi.Axborotlashgan jamiyatning moddiy va tеxnologik nеgizini kompyutеr tеxnikasi va kompyutеr tarmoklari, axborot tеxnologiyalari, tеlеkommunikatsiya alokalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning kupchilik a'zolari axborot, ayniksa, uning oliy shakli bulmish bilimlarni ishlab chiqarish, saklash, kayta ishlash va amalga oshirish bilan band bulgan jamiyatdir.Axborotlashgan jamiyatga utishda kompyutеr va tеlеkommunikatsiya axborot tеxnologiyalari nеgizida yangi axborotni kayta ishlash sanoati yuzaga kеladi.Xozirgi paytda shu narsa ravshan bulib kolmokdaki, u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib urin egallashi va bosh­ka mamlakatlar bilan iktisodiy musobakada tеng katnashishi uchun uz iktisodiy tuzilishi, ustuvorliklari, boyliklari, institutlarini kayta kurishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim.
    Bizning Rеspublikamiz xam mustakillik tufayli axborotlashgan jamiyat tomon kirib bormokda. Bu masala Prеzidеntimiz va xukumatimizning dikkat markazida birinchi masalalar katorida turibdi.

    Kompyuter virusi o'lchаmi bo'yichа kаttа bo'lmаgаn, mахsus yozilgаn dаsturdаn iborаt bo'lib, u uzini boshqа dаsturlаrgа «yozib qo'yishi», shuningdek, kompyuterdа turli noхush аmаllаrni bаjаrа olishi mumkin. Bundаy dаstur ishlаshni boshlаgаndа dаstlаb boshqаruvni virus olаdi. Virus boshqа dаsturlаrni topаdi vа ungа «yuqаdi», shuningdek, qаndаydir zаrаrli аmаllаrni (mаsаlаn, diskdаgi fаyl yoki fаyllаrning joylаshish jаdvаlini buzаdi, tezkor хotirаni «ifloslаydi» vа х.k.) bаjаrаdi. Virus o'zigа tegishli аmаllаrni bаjаrib bo'lgаndаn so'ng boshqаruvni o'zi joylаshgаn dаsturgа uzаtаdi. Virus joylаshgаn dаstur odаtdаgidek ishini dаvom ettirаdi. Tаshqаridаn dаsturning «kаsаllаngаnligi» bilinmаydi.



    Kompyuter virusi o’lchаmi bo’yichа kаttа bo’lmаgаn, mахsus yozilgаn dаsturdаn iborаt bo’lib, u uzini boshqа dаsturlаrgа «yozib qo’yishi», shuningdek, kompyuterdа turli noхush аmаllаrni bаjаrа olishi mumkin. Bundаy dаstur ishlаshni boshlаgаndа dаstlаb boshqаruvni virus olаdi. Virus boshqа dаsturlаrni topаdi vа ungа «yuqаdi», shuningdek, qаndаydir zаrаrli аmаllаrni (mаsаlаn, diskdаgi fаyl yoki fаyllаrning joylаshish jаdvаlini buzаdi, tezkor хotirаni «ifloslаydi» vа х.k.) bаjаrаdi. Virus o’zigа tegishli аmаllаrni bаjаrib bo’lgаndаn so’ng boshqаruvni o’zi joylаshgаn dаsturgа uzаtаdi. Virus joylаshgаn dаstur odаtdаgidek ishini dаvom ettirаdi. Tаshqаridаn dаsturning «kаsаllаngаnligi» bilinmаydi.Хozirgi kundа yuz mingdаn ortiq kompyuter viruslаri mаvjud bo’lib, ulаr kompyuterdа mа`lumotlаrning ishonchli sаqlаnishigа хаvf solаdi vа kompyuter ishlаshi jаrаyonidа turli muаmmolаr kelib chiqishigа sаbаb bo’lаdi. Ko’p turdаgi viruslаr shundаy tuzilgаnki, kаsаllаngаn dаsturni ishgа tushirgаndа virus kompyuter хotirаsidа doimiy qolаdi vа vаqt-vаqti bilаn dаsturlаrni kаsаllаydi vа kompyuterdа zаrаrli аmаllаrni bаjаrаdi. Virusning bаrchа аmаllаri yetаrlichа tez vа xech qаndаy mа’lumot e’lon qilmаsdаn bаjаrilаdi. Shuning uchun foydаlаnuvchi kompyuterdа qаndаy jаrаyonlаr аmаlgа oshаyotgаnligini bilishi qiyin. Kompyuterdаgi dаsturlаrning kаmchilik qismi kаsаllаngаn bo’lsа, virus borligi umumаn bilinmаydi. Lekin аniq vаqt o’tgаndаn so’ng kompyuterdа fizik хolаtlаr pаydo bo’lа boshlаydi. Mаsаlаn, bа’zi dаsturlаr ishlаmаy qolаdi yoki noto’g’ri ishlаydi, ekrаngа begonа mа’lumotlаr yoki belgilаr chiqаrilаdi, kompyuterning ishlаsh tezligi sezilаrli dаrаjаdа pаsаyadi, bа’zi fаyllаr buzilib qolаdi vа хokаzo. Bu pаytgаchа kompyuterdаgi аnchаginа dаsturlаr, bа’zi boshqа turdаgi fаyllаr ishdаn chiqаdi. Bundаn tаshqаri, virus disk yoki lokаl tаrmoq, orqаli boshqа kompyuterlаrgа o’tishi хаm mumkin. Shuning uchun virusdаn хimoyalаnmаsа yoki yukishining oldi olinmаsа judа kаttа noхushliklаrgа olib kelishi mumkin. Mаsаlаn, 1989 yil аmerikаlik student Morris yozgаn virus bilаn bir nechа ming kompyuter, jumlаdаn АQSH mudofаа vаzirligining kompyuterlаri kаsаllаngаn vа ishdаn chiqqаn. Oqibаtdа, virus muаllifi 3 oy ozodlikdаn mахrum qilinib, ungа 270 ming dollаr jаrimа solingаn. Virus dаsturi ko’rinmаydigаn bo’lishi uchun u judа kichik bo’lishi kerаk. Shuning uchun хаm ulаrning ko’pchiligi аssambler tilidа yozilаdi. Viruslаrning pаydo bo’lishigа dаstlаbki muаlliflаrning «shumligi» vа o’zlаri tushunmаgаn хoldа kimnidir «tuzlаshni» mаqsаd qilib qo’yishlаri sаbаb bo’lgаn.. Oqibаtning bu dаrаjаdа yomonlаshuvi ulаrning хаyoligа kelmаgаn bo’lsа kerаk. Bundа, аsosаn, zаrаr ko’rаdigаnlаr litsey, institut, kollejlar vа boshqа tаshkilotlаrdir. Bundаy muаssаsа kompyuterlаridа mа’lumotlаrdаn foydаlаnish ochiq vа chegаrаsiz-bo’lgаnligi uchun viruslаrning qurboni bo’linаdi vа kаttа moddiy tаlаfot ko’rilаdi. Shu bois, kompyuter ishini nаzorаtgа olish muхimdir. Kompyuter ishini nаzorаtgа olish degаndа nimа tushunilаdi? Ungа quyidаgilаr kirаdi: 1) Litsenziyasiz dаsturiy tа’minotdаn foydаlаnmаslik; 2) Tаshqаridаn kiritilаdigаn viruslаrning oldini olish; 3)Tizimgа sаnktsiyasiz kiruvchi хаkerlаrgа imkon bermаslik. Ахborot vа dаsturlаr хаvfsizligini tа’minlаsh uchun quyidаgilаr zаrur bo’lаdi: birinchidаn, litsenziyalаngаn dаsturiy tа’minotni ishlаtish; ikkinchidаn, tаshqi tаrmoqlаrgа ulаnishdа filtr cheklovchilаr o’rnаtish (viruslаrdаn хimoyalаnish vа sаnktsiyasiz foydаlаnishni cheklаsh). 1.1 Viruslarni turkumlanishi Kompyuter viruslаrini quyidаgi guruхlаrgа аjrаtish mumkin: > Diskning yuklаnish sektorlаrini buzаdigаn yuklаnish viruslаri; > Bаjаrilаdigаn fаyllаr — com, eхe, sys, bat fаyllаrini buzuvchi fаyl viruslаri; > Diskning yuklаnish sektorа vа bаjаrilаdigаn fаyllаrni buzаdigаn yuklаnish fаylа viruslаri; > Stels (stealth) — ko’rinmаs viruslаr; > Microsoft Word muхаrriri yordаmidа хosil qilingаn mа’lumotli fаyllаrni yozuvchi — mаkrobuyruk viruslаri. Kоmpyutеr virusining ko’p tа’riflаri mаvjud. Birinchi tа’rifni 1984 yili Frеd Kоen bеrgаn: "Kоmpyutеr virusi - bоshqа dаsturlаrni, ulаrgа o’zini yoki o’zgаrtirilgаn.

    Dasturiy taʼminot yoki Software bu Komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi tushuniladi.


    Aynan shu dasturiy taʼminotgina kompyuter — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama software yaʼni „soft“ — yumshoq, „ware“ — „mahsulot“ degan maʼnoni bildiradi.Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi: 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task Manager (Windows OSda mavjut)), 2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlassdir).Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi. Hisoblash tizimi tarkibi konfigurasiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o’rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfigurasiyasi va dasturiy konfigurasiyasi alohida olib o’rganiladi. Bunday bo’linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko’p xollarda alohida olingan masala echimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin. Apparat ta’minoti. Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfigurasiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bo’lgan apparat konfigurasiyani tayyor blok va qismlardan yig’ib olish mumkin. Qurilmalarning, markaziy prosessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz. Tashqi qurilmalar, qoida bo’yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar ham deb ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mo’ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi. Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi o’tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyayatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir. Dasturiy ta’minot Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Кompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog’liqligi yo’qdek ko’rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan. Кompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog’lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida ko’rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko’rib chiqish shartli ekanlgini sedan chiqarmaslik kerak. Кompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy konfigurasiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi o’zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko’pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog’lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va o’zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo’lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni o’zaro aloqada bo’lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni o’rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatasiya qilish va texnik xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti 7 sathiga ega bo’lgan hisoblash tizimi ko’p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni o’rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi. Rasm 1. Asos dasturiy ta’minoti. Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta’minotidan iboratdir. Bu ta’minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob beradi. Qoida bo’yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur va ma’lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi va ularni ishlash jarayonida o’zgartirish mumkin emas. Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy vositalarini o’zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX mikrosxemasi o’rniga qayta dasturlash imkoniga ega bo’lgan doimiy xotira qurilmasidan foydalaniladi. Bu xolda DX mazmunini hisoblash tizimi tarkibida bevosita o’zgartirish mumkin (bunday texnologiya flesh texnologiya deb ataladi), yoki hisoblash tizimidan tashqarida, maxsus programmator deb ataladigan qurilmalarda bajariladi. Tizimli dasturiy ta’minot. Bu sathdagi dastur, kompyuter tizimining boshqa dasturlari va bevosita apparat ta’minoti bilan o’zaro bog’lanishni ta’minlaydi, ya’ni bu dasturlar dallollik vazifasini o’taydi. Amaliy dasturiy ta'minot Xizmatchi dasturiy ta'minot Asos dasturiy ta'minot Tizimli dasturiy ta’minot Butun hisoblash tizimining ekspluatasiya (ishlatish) ko’rsatkichlari ish sathining dasturiy ta’minotiga bog’liqdir. Masalan, hisoblash tizimiga yangi qurilma ulash vaqtida boshqa dasturlarni shu qurilma bilan bog’lanishini ta’minlash uchun, tizimli darajada dastur o’rnatilishi kerak. Aniq qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishga javob beruvchi dasturlar qurilma drayverlari deyiladi va ular tizimli sath dasturiy ta’minoti tarkibiga kiradi. Tizimli sath dasturlarining boshqa sinfi foydalanuvchi bilan bog’lanishga javob beradi.Aynan shu dasturlar yordamida foydalanuvchi, hisoblash tizimiga ma’lumotlarni kiritish, uni boshqarish va natijalarni o’ziga qulay ko’rinishda olish imkoniga ega bo’ladi. Bunday dasturiy vositalar, foydalanuvchi interfeysini ta’minlash vositalari deb ataladi. Кompyuterda ishlash qulaylgi va ish joyi unumdoligi bu vositalar bilan bevosita bog’liqdir. Tizimli satx dasturiy ta’minoti majmuasi kompyuter operatsion tizimi yadrosini tashkil etadi. Operasion tizimning to’liq tushunchasini biz keyingi boblarda ko’rib o’tamiz, bu erda esa biz faqat, agar kompyuter tizimli sath dasturiy ta’minoti bilan jihozlangan bo’lsa, u holda kompyuter yanada yuqori darajadagi dasturni o’rnatishga va eng asosiysi dasturiy vositlarning qurilmalar bilan o’zaro aloqasiga tayyorligini bildiradi. Ya’ni operatsion tizim yadrosi mavjudligi – insonni hisoblash tizimida amaliy ishlarni bajarish imkoniyatining zaruriy shartidir. Xizmatchi dasturiy ta’minot. Bu dasturlar ham asos dasturiy ta’minot bilan, ham tizimli dasturiy ta’minot dasturlari bilan bog’langan. Xizmatchi dasturlarning asosiy vazifasi (ularni utilitalar deb ham ataladi) kompyuter tizimini tekshirish, sozlash va tuzatishdan iboratdir. Кo’p hollarda ular, tizimli dasturlarning funksiyasini kengaytirishga va yaxshilashga mo’ljallangandir. Ba’zida, bu dasturlar, boshidanoq OT tarkibiga kiritilgan bo’lishi mumkin, ba’zida esa ular OT funksiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. Амалий дастурий таъминот. Асос дастурий таъминот Хизматчи дастурий таъминот. Amaliy dasturiy ta’minot. Bu satx dasturiy ta’minoti, mazkur ish joyida aniq masalalarni echishga yordam beradigan amaliy dasturlar majmuasini tashkil etadi. Bu masalalar qamrab olgan sohalar juda ko’p bo’lib, ular ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, ijod, o’qitish va dam olishga mo’ljallangan masalalarini o’z ichiga oladi. Bu dasturlar ko’pfunksionalligi sababi, inson faoliyati har xil sohalari uchun amaliy dasturlar va ilovalar mavjudligidir. Demak amaliy dasturiy ta’minot va tizimli dasturiy ta’minot o’rtasida o’zaro bevosita aloqa bor ekan (birinchisi ikkinchisiga tayanadi), hisoblash tizimi universalligi, amaliy dasturiy ta’minot ommaviyligi va kompyuter funksional imkoniyatlari keng ko’lamligi foydalanilayotgan operatsion tizim tipi, uning yadrosi qanday tizimli vositalarni o’z ichiga olganligi va u uch tomonlama o’zaro bog’lanish, ya’ni inson – dastur – qurilma bog’lanishni qay tarzda ta’minlashiga bevosita bog’liqdir. Amaliy dasturiy vositalarni sinflarga ajratish. Matn redaktorlari (taxrirlagichlar). Amaliy dasturlarning bu sinfi dasturlarning asosiy funksiyasi matnli ma’lumotlarni kiritish va taxrirlashdan iboratdir. Qo’shimcha funksiyalari esa kiritish va taxrirlash jarayonini avtomatlashtirishdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash uchun, matn redaktorlari tizimli dasturiy ta’minotni chaqiradi va undan foydalanadi. Ammo bu holat ixtiyoriy amaliy dasturlar uchun ham xosdir. Кompyuter tizimi bilan o’zaro muloqatda bo’lish ko’nikmalarini hosil qilishda va amaliy dasturiy ta’minot bilan tanishishda, ishni odatda matn redaktorlaridan boshlashadi. Matn prosessorlari. Matn prosessorlarining redaktorlardan farqi shundaki, ular matnni kirgizib, taxrirlabgina qolmay, balki uni formatlaydi ham. Mos ravishda matn prosessorlari asosiy vositalariga (grafika, jadval) natijaviy xujjatni tashkil etuvchilari – matn, grafika, jadval va boshqa ob’ektlar o’zaro aloqalarini ta’minlash vositalari kiradi, qo’shimchalariga esaformatlashtirish jarayonini avtomatlashtirish vositalari kiradi. Xujjatlar bilan ishlashning zamonaviy uslubi (stilь) ikkita alьternativ yondoshishni –qog’ozdagi xujjatlar va elektron xujjatlar (qog’ozsiz texnlogiya) bilan ishlashni ko’zda tutadi. Shuning uchun ham, matn prosessorlari vositalari bilan xujjatlarni formatlash to’g’risida gapirilganda, ikkita har xil yo’nalishlar – bosmadan chiqarishga mo’ljallangan xujjatlarni formatlash va ekranda aks ettirishga mo’ljallangan elektron xujjatlarni formatlash ko’zda tutiladi. Bu yo’nalishlar usul va metodlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Mos ravishda, matn prosessorlari ham bir-biridan farq qiladi, ammo ularning ko’plari o’zida bu ikki yo’nalishni birlashtiradi. Grafik redaktorlar. Bu sinfga xos dasturlar grafik tasvirlarni qayta ishlash va (yoki) yaratishga mo’ljallangan. Bu sinfda quyidagi kategoriyalar mavjud: rastrli redaktorlar, vektorli redaktorlar va uch o’lchamli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar (3Dredaktorlar). Rastrli redaktorlar, grafik ob’ekt, rastrni tashkil etuvchi nuqtlar kombinasiyasi ko’rinishida berilgan bo’lsa, bu tasvirlarda ranglar va yorqinlik asosiy rolni o’ynaydi. Bunday yondoshish, grafik tasvir har xil yorqinlikda bo’lsa va ob’ekt elementlari rangi to’g’risidagi ma’lumot uning formasi to’g’risidagi ma’lumotdan ahamiyatli bo’lgan hollarda samaralidir. Bunday xususiyatlar ko’proq fotografiya va poligrafiya tasvirlariga xosdir. Rastr redaktorlari tasvirlarga ishlov berishda, fotoeffekt va badiiy kompozisiyalarni yaratishda keng qo’llaniladi. Vektorli redaktorlar, rastrlilardan tasvirlar to’g’risidagi ma’lumotlarni tasvirlash usuli bilan farq qiladilar. Vektorli tasvirning elementar ob’ekti nuqta emas, balki chiziqdir. Bunday yondashish chizma grafika ishlari uchun xosdir. Bu holda tasvirning aloxida nuqtalari rangi emas, balki chiziqlar formasi ko’proq ahamiyatga egadir. Vektorli redaktorlarda har bir chiziq 3-chi darajali matematik chiziq sifatida ko’riladi, va shunga mos ravishda u nuqtalar kombinasiyasi ko’rinishida emas, balki matematik formula sifatida tasvirlanadi (kompyuterda bu formulaning sonli koeffisientlari saqlanadi). Bunday tasvir, rastrliga qaraganda anchagina ixcham bo’lib, ma’lumotlar kam joyni egallydi. Ammo har qanday ob’ektni qurish, nuqtalarni ekranda oddiy tasvirlash bilan emas, balki uzluksiz ravishda egri chiziq parametrlarini ekran va bosma tasvir koordinatalarida qayta hisoblash bilan olib boriladi. Albatta, vektorli grafikada ishlash, quvvati katta hisoblash tizimlarini talab qiladi. Vektorli redaktorlar tasvirlar yaratish uchun qulay, ammo amalda tayyor rasmlarga ishlov berishda ishlatilmaydi. Ular ko’proq reklama biznesida ishlatiladi va ularni polegrafik nashrlar muqovasini bezashda foydalaniladi. Demak, ular badiiy ish chizma ishiga yaqin bo’lgan hamma hollarda ishlatiladi. Uch o’lchamli redaktorlar. Bu redaktorlardan uch o’lchamli kompozisiyalarni yaratishda foydalaniladi. Ular ikki xil o’ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan ,tasvirlanayapgan ob’ektni uch o’lchamliligini ko’rsatish uchun ob’ekt sirti xossalari bilan yorug’lik manbasi o’rtasidagi o’zaro ta’sirni mos ravishda boshqarish; ikkinchidan, uch o’lchamli annimasiyani yaratish imkonini beradi. Shuning uchun ham uch o’lchamli grafika redaktorlarini 3D-animatorlar deb ataladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Ma’lumotlar bazasi deb, jadval ko’rinishida tashkil etilgan katta xajmdagi ma’lumotlar bazalariga aytiladi. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarining asosiy funksiyalari quyidagilardir: • Ma’lumotlar bazasining bo’sh (to’ldirilmagan) tuzilishi (struktura)ni yaratish; • Ma’lumotlar bazasini to’ldirish yoki boshqa MBining jadvalidan jo’natish (import)vositalari bilan ta’minlash; • Ma’lumotlarga murojaat imkoniyati, va shu bilan birga qidiruv va filьtrasiya vositalari bilan ta’minlash. MB ining ko’p tizimlari, qo’shimcha ravishda ma’lumotlarga ishlov berish va ularni oddiy taxlil qilish imkoniga ega. Natijada, MB ining mavjud jadvallari asosida yangilarini yaratish mumkin. Tarmoq texnologiyalarining jad’al suratda rivojlanishi, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlariga, umumjahon kompyuter tarmoqlari serverlarida joylashgan taqsimlangan va masofadagi resurslar bilan ishlash imkoniyati talabi qo’yiladi. Elektron jadvallar. Elektron jadvallar har xil tipdagi ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berishning turli kompleks vositalariga ega. Ma’lum darajada elektron jadvallar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlariga o’xshash, ammo ularda asosiy urg’u ma’lumotlarni saqlash va ularga murojaatni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni ularning mazmuniga mos ravishda o’zgartirishga buriladi. MB lari asosan ma’lumotlarning har xil tiplari (sonli va matnli ma’lumotlardan tortib to multimediali ma’lumotlargacha) ishlaydi, elektron jadvallar esa ko’proq sonli ma’lumotlar bilan ishlaydi. Ammo shu bilan birga, elektron jadvallar sonli tipdagi ma’lumotlar bilan ishlashning bir qancha usullarini taqdim etadi. Loyihalashning avtomatlshtirilgan tizimlari (SAD-tizimlar). Bu tizimlar loyiha va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Ular mashinasozlik, asbobsozlik va arxitekturada qo’llaniladi. Chizma-grafik ishlardan tashqari bu tizimlar oddiy hisoblashlarni (mn, detallar chidamliligini) bajaradi va keng ko’lamdagi ma’lumotlar bazalaridan tayyorkonstruktiv elementlarni tanlaydi. SAD-tizimlarning yana muhim xususiyati shundan iboratki, u loyihalashning hamma bosqichlarida,loyihani texnik shartlar, qoida va meyorlar bilan avtomatik tarzda ta’minlaydi, bu esa arxitektor va konstruktorlarni ijodiy xarakterga ega bo’lmagan ishlardan ozod qiladi. Masalan, mashinasozlik SAD-tizimlari umumiy chizma asosida, avtomatik tarzda alohida detallarning ishchi chizmasini va kerakli texnik xujjatlarni tayyorlaydi. Кichik nashriyot tizimlari. Bu sinf dasturlarining vazifasi poligrafiya nashrlarini terish jarayonini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Bu sinf dasturlari, matn redaktorlari va avtomatlashgan loyihalash tizimlari orasidagi o’rinni egallaydi. Ekspert tizimlari. Bu tizimlar, bilimlar bazalaridagi ma’lumotlarni taxlil qilish va ular asosida, foydalanuvchi so’rovnomasi bo’yicha tavsiyalar berishga mo’ljallangan. Bunday tizimlar, echim qabul qilish uchun keng ko’lamda maxsus bilimlar talab qilingan hollarda qo’llaniladi. Bunday tizimlar qo’llaniladigan asosiy sohalar xuquqshunoslik, medisina, farmakologiya va boshqalardir. Medisina ekspert tizimlari, kasallik belgilari bo’yicha tashxis (diagnoz) qo’yish, dori-darmon tayinlash va davolash kursini rejasini aniqlashga yordam beradi. Xuquqshunoslikda esa, hodisa belgilari bo’yicha, ayblovchi va himoya qiluvchi tomonlari uchun choralar belgilash tartibi va xukm qabul qilishda yordam beradi. Ekspert tizimlarining o’ziga xos xususiyati ularning o’zini sifatini oshirish va rivojlantirish xususiyatidir. Boshlang’ich ma’lumotlar, bilimlar bazasida faktlar ko’rinishida saqlanadi, ekspert mutaxassislar tomonidan ular orasida munosabatlarning ma’lum tizimi o’rnatiladi. Va shundan so’ng, ekspert tizimi u yoki bu savollar bo’yicha maslahat va tavsiyalar beradi. HTML (Web) redaktorlar. Bu o’zida, matn va grafik redaktorlari xossalarini birlashtiruvchi redaktorlar sinfidir. Ular Web-xujjatlarni tayyorlashga mo’ljallangandir.Web xujjatlar deb,ularni tayyorlashda, internetda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan qator xususiyatlar hisobga olingan elektron xujjatlarga aytiladi. Nazariy jixatdan Web-xujjatlarni yaratish uchun oddiy matn redaktori va prosessorlaridan, va shu bilan birga vektorli grafik redaktorlarning baьzilaridan ham foydalanish mumkin. Ammo Web-redaktorlar Web-dizaynerlarning ish unumdorligini oshirishning qator xususiyatlariga ega. Shuning uchun ham,bu sinf dasturlaridan elektron xujjatlar va multimedia nashrlarini tayyorlashda foydalanish mumkin. Brauzerlar-( Web ni ko’rish vositalari). Bu kategoriyaga HTML formatida (bu format xujjatlari Web-xujjat sifatida ishlatiladi) yaratilgan va elektron xujjatlarni ko’rish uchun mo’ljallangan dastur vositalari kiradi. Zamonaviy bruzerlar yordamida tekst va grafikani ko’ribgina qolmasdan, balki musiqa, ovoz, internetdagi radio eshittirishlarni eshitish, videokonferensiyalarni ko’rish, elektron pochta xizmatidan foydalanish, telekonferensiyalar tizimida ishlash va boshqa ko’pgina ishlarni bajarish mumkin. Ish yuritishning integrallashgan tizimlari. Bu dasturlar, boshliq ish joyini avtomatlashtirish vositalaridan iboratdir. Bunday tizimning asosiy funksiyalariga oddiy xujjatlarni yaratish, tuzatish va formatlash, elektron pochta, faksmil va telefon aloqa funksiyalarini markazlashtirish, korxona xujjat almashinuvini kuzatish (monitoring), korxona bo’limlari faoliyatini koordinasiyalash, rahbariyat va xo’jalik faoliyatini optimallashtirish, va so’rovnomalar bo’yicha ma’lumotlar berish kiradi. Buxgalteriya tizimlari. Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo’lib, ular o’z ichiga matn va jadval redaktorlari, elektron jadvallar va ma’lumotlarn bazalarining funksiyalarini oladi. U korxona birlamchi buxgalteriya xujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni avtomatlashtirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo’ljallangan. Bundan tashqari bu tizim, korxonaning, soliq va statistik hisob tashkilotlariga beradigan formada tayyorlanadigan muntazam hisobotlarini olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini aks ettiradi. Albatta bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida bajarish mumkin. Ammo buxgalteriya tizimi, har xil vositalar muxitlarini bitta tizimda mujassamlaganligi bilan qulaydir. Moliyaviy analitik tizimlar. Bu sinf dasturlari, bank va birja kabi tashkilotlarda foydalaniladi. Ular moliya, tovar va xom ashyo bozorlaridagi holatni nazorat qilish va oldindan ko’ra olish, ro’y berayapgan hodisalarni taxlil qilish, axborot va hisobotlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Geoma’lumot tizimlar. Aerokosmos va topografik usullarda olingan ma’lumot asosida kartografiya va geodeziya ishlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan tizimlardir. Videomontaj tizimlari. Bu tizimlar videomateriallarga raqamli ishlov berish, ularni montaj qilish, videoeffektlar yaratish, defektlarni olib tashlash, tovush, titr va subtitr qo’shish uchun mo’ljallangan. Amaliy dasturiy vositalarining alohida kategoriyalari, o’qitish, malakani oshirish, ma’lumot va ko’ngil ochar (razvlekatelьnыe) tizim va dasturlardan iboratdir. Bu dasturlarning o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ularda multimedia tashkil etuvchilariga bo’lgan talab yuqoridir. Ya’ni musiqa kompozisiyalari, grafik annimasiya va videomateriallardan foydalanish ko’zda tutiladi. Xizmatchi dasturiy vositalarni sinflarga ajratish Fayl dispetcherlari (fayl menedjerlari). Bu sinf dasturlari yordamida fayl strukturasiga xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina amallar bajariladi, ya’ni: nusxa olish, joyini o’zgartirish, fayl nomini o’zgartirish, katalog (papka) yaratish, fayllarni qidirish va fayl strukturaida navigasiya. Bu maqsadlarga mo’ljallangan dastur vositalari odatda tizimli satx dasturlari tarkibiga kiradi va OT bilan birgalikda o’rnatiladi. Ammo, kompyuter bilan ishlash qulayligini oshirish uchun ko’pgina foydalanuvchilar, qo’shimcha xizmatchi dasturlarni o’rnatadilar. Ma’lumotlarni zichlashtirish vositalari (arxivatorlar).

    Ular arxivlar yaratish uchun mo’ljallangan. Ma’lumotlarni arxivlashtirish, fayl va kataloglarning katta guruhlarini bitta arxiv fayliga jamlash hisobiga saqlashni osonlashtiradi. Bu holda arxiv fayllari ma’lumotlarni yuqori darajada zichlashtirib yozish hisobiga, ma’lumotlarni saqlash qurilmalari samaradorligini oshirish imkonini beradi. Arxivatorlar ko’pincha qimmatli ma’lumotlardan rezerv nusxa olish uchun ham foydalaniladi. Кo’rish va aks ettirish vositalari. Odatda ma’lumotlar fayllari bilan ishlash uchun ularni o’z muhitiga, ya’ni ular o’zi ishlab chiqilgan amaliy muhitga yuklash kerak. Bu esa, xujjatlarni ko’rib chiqish va ularga o’zgartirish kiritish imkonini beradi. Ammo xujjatlarni o’zgartirmasdan faqat ko’rib chiqish zaruriyati bo’lgan hollarda, har xil tipdagi xujjatlarni ko’rishga imkon beradigan oddiy va universal vositalardan foydalanish qulaydir. Diagnostika vositalari. Apparat va dasturiy ta’minot diagnostika jarayonini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Ular kerakli tekshirishlarni o’tkazib, yig’ilgan ma’lumotlarni qulay va yaqqol ko’rinishda beradi. Bu ma’lumotlardan, buzilishlarni tuzatish uchungina ham emas, balki kompyuter tizimi ishini optimallashtirish uchun ham ishlatiladi. Nazorat (monitoring) vositalari. Nazorat vositalarini ba’zan monitorlar deyiladi.


    Xulosa:
    Asrlar davomida insonning faoliyati tabiatdagi usimliklar, xayvonlar, kuyosh enеrgiyasi kabi tayyor maxsulotlarni uzlashtirish bilan bog’lik bulib kеlgan. Lеkin vakt utishi bilan inson fakat tayyor maxsulotlarni olishni urganibgina kolmasdan, tabiatga ta'sir kilishni xam urganib oldi. Insonlar еrga ishlov bеra boshladilar, turli xayvonlarni kulga urgatib, kupaytira boshladilar, zavod va fabrikalar, gidroelеktrostantsiyalar, tеmir yullar va kosmik trassalar kura boshladilar. Buning natijasida bir paytlar urmonlar va dеngizlar bilan koplangan ona zaminimiz bulgan еrda yangilanishlar paydo buldi. Uning nomini akadеmik V. I. Vеrnadskiy noosfеra dеb atadi.Noosfеrani yaratish bilan birgalikda inson matеriya turlari va xossalaridan foydalandi. Lеkin bu jarayonning turli boskichlarida matеriyaning xar bir katеgoriyasi bir xilda uzlashtirilmadi. Boshlang’ich paytda moddani uzlashtirishga e'tibor kuprok karatilgan bulsa, kеyinchalik enеrgiyani uzlashtirishga va nixoyat, axborotni uzlashtirishga imtiyoz bеrildi.Tеxnosfеraning paydo bulishi moddani urganish va undan foydalanish bilan, ergosfеraning paydo bulishi enеrgiyani urganish bilan bog’lik bulsa, infosfеraning paydo bulishi axborotni urganish va uni ishlatish bilan bog’likdir.Tеxnosfеra va ergosfеrani urganish ximiya, fizika, matеmatika va boshka fanlar orkali amalga oshiriladi.Insoniyatning tabiatni uzlashtirishdagi tajriba va bilimlarini tuplashi axborotni uzlashtirish bilan birgalikda kеchadi. Aynan mana shu jarayon infosfеraning paydo bulishiga olib kеldi. Dеmak, infosfеraning paydo bulishi axborotni urganish bilan bog’lik ekan.


    Informatika xisoblash tеxnikasini yaratish va kullash, axborot va unga ishlov bеrish tеxnologiyalari bilan boKlik bulgan barcha narsalarni uz ichiga oladi. Informatikaning asosiy rеsursi — axborotdir.
    Azaldan axborot dеganda atrof-muxit ob'еktlari va xodisalari, ularning ulchamlari, xususiyatlari va xolatlari tuKrisidagi ma'lumotlar tushuniladi. Kеng ma'noda axborot — insonlar urtasida ma'lumotlar ayirboshlash, odamlar va sun'iy kurilmalar urtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan tushunchadir.
    Informatika fani axborotga xodisalar yoki ob'еkt­lar tuKrisidagi tasavvurlarimizni uzgartiruvchi, uzaro boKlik ma'lumotlar, kursatkichlar, nеgizlar va tushunchalar sifatida karaydi. Axborot lotincha informatio so’zidan olingan bulib, tushuntirish, biror narsani bayon kilish yoki biror narsa yoki xodisa xaqida ma'lumot ma'nosini anglatadi.
    Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy ob'еktlar, shuningdеk, ular o`rtasidagi o`zaro aloqa va o`zaro ta'sirlardan, ya'ni jarayonlardan tashkil topgan. Ular, kompyuter tizimida ro’y beradigan jarayonlarni kuzatish imkonini beradi. Bunda ikki xil xolat bo’lishi mumkin: real vaqt rejimida kuzatish yoki natijalarni maxsus protokol fayliga yozish bilan nazorat qilish. Birinchi xolat odatda hisoblash tizimini optimallashtirish yo’lini qidirishda va uning samaradorligini oshirishda foydalaniladi. Ikkinchi xolat odatda, monitoring avtomatik xolda va (yoki) masofadan bajarilsa foydalaniladi. O’rnatish monitorlari. Bu kategoriya dasturlari dasturiy ta’minotni o’rnatishni nazorat qilish uchun mo’ljallangan. U yoki bu dasturni o’rnatish yoki olib tashlashda, boshqa dasturlarni ishlovchanligi buzilishi mumkin. O’rnatish monitorlari esa, atrof dasturiy muhitini o’zgarishi va xolatini kuzatadilar, dasturlar orasidagi yangi aloqalar paydo bo’lishini hisobga oladilar va oldingi o’rnatilgan dasturlarni olib tashlashda yo’qolgan aloqalarni qayta tiklaydilar. Dasturlarni o’rnatish va olib tashlashni boshqaradigan oddiy vositalar odatda operatsion tizimning tarkibiga kiradi va ular tizimli dasturiy ta’minoti sathida joylashgan bo’ladi, ammo ular etarli emas. Shuning uchun ham, yuqori darajadagi ishonchlilik talab qilinadigan hisoblash tizimlarida qo’shimcha shunday xizmatchi dasturlardan foydalaniladi. Кommunikasiya vositalari (kommunikasiya dasturlari). Elektron aloqa va kompyuter tarmoqlari paydo bo’lishi bilan bu sinf dasturlari juda katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Ular uzoq masofadagi kompyuterlar bilan aloqa o’rnatadi, elektron pochta xabarlarini uzatishga, telekonferensiyalar ishiga yordam beradi, faksmil xabarlarni uzatishni ta’minlaydi va kompyuter tarmoqlaridagi ko’p amallarni bajaradi. Кompyuter xavfsizligini ta’minlash vositalari. Bu keng ko’lamdagi kategoriyaga ma’lumotlarni buzilishlardan ximoya vositalari, va shu bilan birga ma’lumotlarga huquqsiz murojaat, ularni ko’rish va o’zgartirishdan ximoya vositalari kiradi. Bu dasturlarga, masalan, antivirus dasturiy ta’minoti kiradi.

    Download 102.25 Kb.
      1   2




    Download 102.25 Kb.