348
3.
Bet xossalari lentasi (Разметка страницы) – Temalar, bet xossalarini
tayyorlash, betga fon, tartiblash kabi amallarni bajarishga mo`ljallangan.
4.
Havolalar lentasi (Ссылки) – mundarijalar,
havolalar, adabiyotlar
ro`yxatini tuzish, ob`yektlarni nomlash, jadvalli hovolalar o`rnatish uchun
mo`ljallangan.
5.
Jo`natishlar lentasi (Рассылки) – Jo`natmalarni yaratish, qo`llash,
to`ldirish, ko`rish, uzatish, yakunlash bo`limlaridan iborat.
6.
Taqrizlash lentasi (Рецензирование) – so`zlarni tekshirish, izohlar qo`yish,
tuzatishlar,
o`zgarishlash,
solishtirish
va
himoyalash
xizmatlari
uchun
mo`ljallangan.
7.
Ko`rinish lentasi (Вид) – hujjatning ko`rinish
xususiyatlari, ishchi
maydonda
qulayliklar, masshtab, oynalar, makroslar bilan ishlashga mo`ljallangan.
Lentalar bilan ishlash foydalanuvchiga katta qulayliklar yaratib beradi.
Sichqonchasiz ham lentalardan foydalanib bo`ladi. Buning uchun [Alt] tugmasini
boshib turish kerak va word oynasi (8.1-rasmga qarang) da lentalar, belgilar ustida
harflar hosil bo`ladi va shu harflar bilan lentalarga o`tib, lenta ichidagi
belgilarda
ham harflar hosil bo`lganini ko`rish mumkin. Masalan, biror bir rasm qo`yishni
olsak. Buning uchun [Alt] tugmasini bosamiz. Ekranda belgilar va lentalarda
harflar hosil boladi va [C] harfini bosib, qo`yish lentasiga otamiz. Rasm o`rnatish
uchun [З] harfini bosamiz va ekranga rasmlarni qo`yish
uchun muloqot oynasi
hosil bo`ladi. Rasmni tanlab, [Enter] tugmasini bosamiz.