• Bilib olasiz
  • Mustahkamlash uchun savollar




    Download 7,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet203/308
    Sana30.05.2024
    Hajmi7,16 Mb.
    #257687
    1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   308
    Bog'liq
    Информатика

     Mustahkamlash uchun savollar. 
    1.
    Matn muharririning vazifalarini ayting. 
    2.
    Microsoft word qanday dastur ? 
    3.
    Word so`zining o`zbekcha ma`nosini bilasizmi ? 
    4.
    Word oynasi necha qismdan iborat ? 
    5.
    O`ng tomondagi tugmachalar vazifalarini ayting. 
    6.
    [Ctrl]+[G] tugmachalarining vazifasini ayting. 
    7.
    [Статистика] oynasi qanday ma`lumotlarni chiqaradi ? 
    8.
    Kerakli ibora (belgi)ni qidirib topish uchun qaysi tugma bosiladi ? 
    9.
    Microsoft Wordning nechta lentasi bor ? 
    10.
    Jo`natmalar lentasining vazifasini ayting.
    8.2.
     
    Matnli hujjatlarni tayyorlash 

    Muhim so`zlar:
    hujjat, matnli hujjat, belgi, ibora, so`z, qator, word 
    cho`ntagi, format, funksional tugma, shrift, bo`lim, tekislash, stil, bet . 

    Bilib olasiz: 
    matnli hujjatlar bilan ishlash, windows cho`ntagidan 
    foydalanish, matn ustida bajariladigan amallar, foydali tugmalar, matnlarni 
    formatlash, stillardan foydalanish, yaratish,bet xususiyatlari bilan ishlash 
    imkoniyatlarini.
    Matnli hujjatlarni tayyorlash uchun odatda matn bo`limlari, qatorlar va 
    so`zlar bilan ishlanadi. So`zlarni klaviatura yordamida kiritiladi. Bir bo`limni 
    tugatib, ikkinchi bo`limni yaratish uchun [Enter] tugmasi bosiladi. Matnning biror 
    qismini 
    nusxalash 
    yoki 
    ko`paytirish 
    uchun 
    Windows 
    cho`ntaklaridan 
    foydalanamiz. Wordda oxirgi 24 ta nusxalangan ma`lumotni saqlovchi cho`ntak 
    mavjud. Uni ekranga chiqarish uchun bosh lentaning [Буфер обмена] bo`limiga 
    murojat qilish kerak. Bo`limning past o`ng tomonidagi 
    tugmacha bosilsa, 
    ekranda cho`ntak oynasi hosil bo`ladi. Uni sozlash uchun параметры bo`limidan
    foydalanamiz. Ma`lumotlarni cho`ntakka ikki usulda olish mumkin. [Копировать] 
    nusxalash, bunda matnning qismi belgilanib olinadi va nusxasi cho`ntakka 
    uzatiladi. Bu amalni bajarish uchun [Буфер обмена] bo`limidan 
    [Копировать] 


    350 
    tugmasini bosish kerak yoki [Ctrl]+[C] yoki [Ctrl]+[inseret] tugmalar majmuasini 
    bosish yetarli. [Вырезать] – kesib olish, bunda matnning qismi belgilanib olinadi 
    va matnda qoldirmasdan cho`ntakka ko`chiriladi. Bu amalni bajarish uchun 
    [Буфер обмена] bo`limidan 
    [Вырезать] tugmasini bosish kerak yoki [Ctrl]+[X] 
    yoki [Ctrl]+[Delete] tugmalar majmuasini bosish yetarli. Cho`ntakdagi ma`lumotni 
    matnning biror qismida qo`yish uchun kerakli joyga borib (kursor turgan joy) 
    [Буфер обмена] bo`limidan [Вставить] tugmasini bosish kerak yoki [Ctrl]+[V] 
    yoki [Shift]+[insert] tugmalar majmuasini bosish yetarli. [Буфер обмена] 
    bo`limida yana bir tugma 
    [Формат по образу] – namuna bo`yicha 
    formatlashdir. Matnning biror qismini formatlash kerak bo`lsa, tayyorlangan 
    format [Формат по образу] tugmasi orqali nusxalanadi va format kerakli joyi 
    (bo`lim, so`z, harf)ga bosiladi. 
    Matnli hujjatda matnlar bilan ishlaganda interaktiv amallar mavjud. Ular 
    matnli hujjat bilan ishlashni yengillashtiradi. Ular: 

    qator boshiga o`tish uchun [Home] tugmasi; 

    qator oxiriga o`tish uchun [End] tugmasi; 

    So`zni harfma - harf belgilash uchun [Shift] va [

    ], [

    ] yo`nalish tugmasi; 

    Matnni qator-qator belgilash uchun [Shift] va [

    ],[

    ] yo`nalish tugmasi; 

    Matnni so`zma-so`z belgilash uchun [Ctrl]+[Shift] va [

    ], [

    ] yo`nalish 
    tugmasi; 

    Matnni bo`lim-bo`lim belgilash uchun [Ctrl]+[Shift] va [

    ],[

    ] yo`nalish 
    tugmasi; 

    Matnda so`zma-so`z harakatlanish uchun [Ctrl]+[

    ] yo`nalish tugmasi; 

    Hujjatda qator oxirigacha belgilash uchun [Shift]+[End] tugmasi; 

    Hujjatda qator boshigacha belgilash uchun [Shift]+[Home] tugmasi; 

    Hujjatni varaqlash uchun [PageUp] oldinga, [PageDn] navbatdagiga o`tish 
    uchun; 

    Hujjat boshiga o`tish uchun [Ctrl]+[Home] tugmasi; 

    Hujjat oxiriga o`tish uchun [Ctrl]+[End] tugmasi; 


    351 

    Matndan bitta so`zni belgilash uchun so`zning ustiga sichqoncha ikki marta 
    tez-tez bosiladi

    Matndan bitta bo`limni belgilash uchun bo`limning ustiga sichqoncha uch 
    marta tez-tez bosiladi; 
    Matnli hujjatlarda matnning shrifti bilan ishlash imkoniyati matnni tayyorlashda 
    qulay bolib, yozuv turi, o`lchami, shakli rangi va bir qator amallarni bajarishga 
    xizmat qiladi. Bu vazifalarni bosh lentadagi [Шрифт] yozuvni tayyorlash bo`limi 
    yordamida amalga oshirsa bo`ladi.

    Download 7,16 Mb.
    1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   308




    Download 7,16 Mb.
    Pdf ko'rish