355
Mustahkamlash uchun savollar.
1.
Matnli hujjat deganda nimani tushunasiz ?
2.
[Ctrl]+[C] tugmasining vazifasini ayting.
3.
Word cho`ntagi bilan qanday ishlanadi ?
4.
Yozuvni tanlash uchun qaysi tugma bosiladi ?
5.
Matnlarni tekislash usullarini ayting.
6.
[Ctrl]+[=] qanday vazifani bajaradi ?
7.
Stil nima ?
8.
Stilni yaratish usulini ayting.
9.
Bet chegaralari qanday formatlanadi ?
10.
Bir betda bir nechta ustun qanday hosil qilinadi ?
8.3.
Ob`yekt va jadvallarni tayyorlash
Muhim so`zlar:
ko`rgazmali va tasvirli ob`yektlar, jadval, bet, titul bet,
qator, ustun, jadval stili, shablon, formatlash, jadvalda matematik amallar, rasm,
shakl, WordArt.
Bilib olasiz:
bet shablonlarini o`rnatish, jadval yaratish usullari,
jadvallarni tahrirlash, jadvalda stil va shablonlardan foydalanish,jadvalga ustun,
qator qo`shish, matnlarni joylashtirish, jadvalda hisoblashlarni bajarish,
korgazmali va tasvirli, WordArt, rasm ob`yektlarini joylashtirish va
tahrirlashlarni.
Wordda ob`yekt va jadvallar bilan ishlash uchun [Вставка] joylashtirish
lentasidan
foydalanamiz.
[Вставка]
joylashtirish
lentasida
wordda
joylashtiriladigan barcha ob`yektlar bor. Ularga [Страницы] betlar, [Таблица]
jadval, [Иллюстрации] ko`rgazmali va tasvirli ob`yektlar, [Связи] aloqalar,
[Колонтитулы] kolontitullar (har betning hoshiyasiga bosilgan yozuvlar), [Текст]
matnli ob`yektlar, [Символы] belgilar kiradi. Har bir bo`limning vazifasi haqida
to`xtalib o`tamiz.
356
1.
Betlar bo`limida 3 ta asosiy buyruqlar mavjud. [Титульная страница] titul
betlar o`rnatish uchun ishlatiladi. Asosan tayyorlangan
hujjatning titul betlari
birinchi varaqda joylashgan bo`ladi. Bu buyruq
orqali titul betlarni yaratish qulay bo`lib, 10dan
ortiq tayyor qoliblar bor. Bu qoliblardan biri
tanlab, titul betning o`zgaruvchan xossalarini
kiritish lozim. Masalan, hujjatning nomlanishi,
yil, qisqacha mazmuni va boshqalar. [Пустая
страницы] bo`sh betlarni joylashtiradi.
Kursor
turgan joriy betdan so`ng yangi bo`sh bet
joylashtiradi. [Разрыв страницы] betlar orasida
uzilish o`rnatish yoki yangi bet yaratish.
2.
Jadvallar bo`limidan hujjatda turli
usullar bilan jadval o`rnatish, chizish mumkin.
Bu bo`limda asosan 1 ta buyruq bo`lib, unga sichqoncha bosilganda ekranda
muloqot oynasi hosil bo`ladi (8.4-rasm). Muloqot oynasida jadvalni 6 xil usulda
yaratish yo`llari ko`rsatilgan. 1- usul – bu jadvaldagi qator
va ustunlar soni bilan
yaratiladi. Bu usul bilan 10x9 o`lchamli jadvalgacha yaratish mumkin. Buning
uchun kerakli qator va ustunlar soni tanlanadi va hujjatda jadval hosil bo`ladi.
Masalan, 5x5 yani 5 qator va 5 ta ustunli jadval yaratish talab qilingan bo`lsin.
Buning uchun sichqoncha yordamida 5 ta qator va 5 ta ustun tanlanadi.
Jadvallarning qator va ustunlari avtomatik ravishda yaratiladi. 2- usul – [Вставить
таблицу] jadval qo`yish bo`lib, ixtiyoriy o`lchamdagi jadvalni yaratish
imkoniyatini beradi. Bu buyruq tanlanganda ekranga [вставка таблицы] muloqot
oynasi chiqadi. Muloqot
oynada jadvalning va qator, ustunlarning o`lchami
tanlanadi. 3- usul – [нарисовать таблицу] jadval chizish bo`lib, tanlanganda
kursor o`rnida qalam hosil bo`ladi. Qalam bilan ixtiyoriy jadvalni chizish mumkin.
Bu usulda avval jadvalning chegarasi chiziladi va qator, ustunlar ketma-ket
chiziladi. 4- usul – [преобразовать в таблицу] jadvalga akslantirish bo`lib,
ma`lum bir qoida asosida yozilgan matnlarni jadval ko`rinishiga o`tkazish. Matnni