367
8.23-rasm. Varaqni
himoyalash
sichqonning o`ng tugmasi bosiladi va [Цвет ярлычка] buyrug`i tanlanadi. Ekranga
ranglar to`plami hosil bo`ladi
va kеrakli rangni tanlab, [OK] tugmasi bosiladi.
Sichqonsiz quyidagi buyruqlar kеtma-kеtligidan foydalaniladi: [главная →
ячейки → формат → Цвет ярлычка]. Natijada tanlangan varaqning yorliq rang
o`zgaradi.
Ishchi kitobda varaqni qayta nomlash uchun qayta nomlanishi kеrak bo`lgan
varaq tanlanadi. Sichqonning o`ng
tugmasi bosilib,
[переименовать] buyrug`i tanlanadi.
Varaqning
nomini yozish uchun kursor varaq nomiga paydo
bo`ladi.
Kеrakli nomni kiritib, sichqon boshqa bir
joyga bosiladi va varaqning nomi o`zgaradi.
Sichqonsiz bu ishni amalga oshirish uchun: [главная → ячейки → формат →
переименовать лист] buyruqlar
kеtma - kеtligidan
foydalanadi. Varaqni ko`chirish yoki nusxalash
uchun, ko`chirilishi kеrak bo`lgan varaq tanlanadi.
Sichqonning o`ng tugmasi bosilib, [ переместить /
скопировать ] buyrug`i tanlanadi va ekranga
[переместить или скопировать]
muloqot oynasi
chiqadi (8.21-rasm). Muloqot oynasidan kеrakli
manzilni tanlab, [OK] tugmasi bosiladi.
Muloqot
oynadan [в книгу] joyiga qaysi ishchi kitobga ko`chirish kеrakligi ko`rsatiladi.
[перед Листом] joyga varaqni qaysi varaqdan oldinga ko`chirish yoki
[переместить в конец]ni tanlasak oxiriga joylashtirishni bajaradi.
[Создавать копию]ni tanlab, [ОК] tugmasi bosilsa,
varaqning nusxasini
kеrakli joyga nusxalaydi. Sichqonsiz bu ishni amalga oshirish uchun: [главная →
ячейки → формат →переместить/скопировать Лист…] buyruqlar kеtma-
kеtligidan foydalanadi. Excelda boshqa dasturlar kabi o`z ishchi kitob
varaqlarini
himoyalash imkoniyati mavjud. Ishchi kitobda faqat varaqni himoyalash emas
balki yacheyka (yacheykalar majmuasi)ni ham himoyalash imkoniyati mavjud.
Yacheykani yoki yacheykalar majmuasini himoyalash uchun taqrizlash lentasining