Informatika va axborot texnologiyalari fani
O‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganish bosqichlari
Ta’lim bosqichi
|
Bitiruvchilar
|
Standart darajasi
|
Daraja
nomlanishi
|
O‘rta ta’lim
|
Informatika va axborot texnologiyalari fani chuqurlashtirilmagan o‘rta ta’lim bitiruvchilari
|
B1
|
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganishning umumiy darajasi
|
Informatika va axborot texnologiyalari fani chuqurlashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari
|
B1+
|
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi
|
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
O‘rta ta’limda informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari
bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.