|
Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
|
bet | 3/51 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 141,5 Kb. | | #143301 |
Bog'liq Informatika va axborot texnologiyalari fani O‘rta va o‘rta maxsu-fayllar.org (1)2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:
B1
Kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi;
turli mavzularda multimedia imkoniyatlari qo‘llab, taqdimotlarni mustaqil ravishda tayyorlay oladi;
rastrli grafik muharrir yordamida rasm va fotosuratlarni qayta ishlay oladi;
turli ko‘rinishdagi axborotlarni mos dasturiy ta’minot yordamida tasvirlash, saqlash, qayta ishlash vazifalarini mustaqil hal eta oladi;
ommaviy, ta’limiy axborot resurslaridan foydalana oladi, ularni kerakli ko‘rinishga keltirish uchun qayta ishlashga oid amallarni bajara oladi;
kompyuter viruslari va axborot xavfsizligi muammolarini hal eta oladi;
web-sayt ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlay oladi;
maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori va so‘rovlar hosil qila oladi va hisobotlar tayyorlay oladi;
turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi;
obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi.
B1+
Rastrli va vektorli grafik muharrir yordamida tasvirlarni qayta ishlay oladi;
maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori, so‘rovlar va shakllar hosil qila oladi, hisobotlar va sodda makroslar tayyorlay oladi;
amaliy dasturiy ta’minot va dasturlash tili imkoniyatlaridan foydalanib multimediali resurs tayyorlay oladi.
3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:
B1
Axborotni uzatishning eng samarali usullarini amalda qo‘llay oladi;
axborot uzatishda Internet va uning xizmatlaridan samarali foydalana oladi;
axborot xavfsizligini ta’minlaydigan usullardan foydalanib axborot uzata oladi;
matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni pochta orqali uzata oladi.
B1+
Axborot almashishning dasturiy ta’minotini sozlash asosida elektron tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalana oladi;
matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni axborot resursi sifatida saytga joylashtira oladi.
|
| |