kompilyatorlar, virusga qarshi himoya dasturlarini va Assembler tilida va kiymatlar
bazasini boshqaradigan tizimning Dbase tilida yozilgan dasturlarni o’z ichiga oladi.
O’z navbatida, ASM qismkatalogi masm.exe Assemblerini (kompilyator) va
ASMPROG qismkatalogini o’z ichiga oladi, ularda Assembler tilida yozilgan dasturli
fayllar joylashgan. VIR qismkatalogi aidstest.exe va dir.exe fayllarini o’z ichiga oladi.
DBASE qismkatalogi clipper.exe dastur-kompilyatorni, DBPROG qismkatalogini va
ba'zi bir boshqa fayllarni o’z ichiga oladi.
Fayllarni kataloglarga birlashtirish ularni qandaydir yo’l bilan diskda bitta joyda
guruhlanganligini bildirmaydi. Bundan tashqari, bitta fayl butun disk bo’ylab "sochib
tashlangan" (lavxala-nib tashlangan) bo’lishi mumkin. Faylning aloxida qismlarini
joylashgan joyi tug’risidagi axborot shu diskda joylashgan fayllarning joylashish
jadvalida (FAT—File Allocation Table) saqlanadi.Fayl spetsifikatsiyasi. DOS faylga
murojaat qila olishi uchun ushbularni ko’rsatish kerak:
•diskni;
• katalogni;
• faylni to’liq; nomini.Bu ma'lumot quyidagi formatga ega bo’lgan fayl
spetsifikatsiysida bo’ladi:
[drive:] [g’][pathg’] filename [.type].
yoki o’zbek tilidagi varianti:
[diskdan kiritish qurilmasi:] [g’][yul] [faylning
nomi[. kengaytma]
Kvadrat qavslar ularning ichiga kiritilgan elementlar bo’lmasligi mumkinligini
bildiradi. Kvadrat qavslarning o’zi sintaksis belgi hisoblanadi va spetsifikatsiyada
ishlatilmaydi.Spetsifika-tsiyaning hammasi probellarga (bush joylarga) ega bo’lmasligi
kerak.drive elementi (diskdan kirituvchi qurilma) fayl joylashgan yoki u yozilayotgan
diskni anglatadi, masalan, A:, V:, S:, D: va x.k.
Path (yo’l) — bu katalog yoki kataloglar ketma-ketligi bo’lib, bu kataloglardan
kataloglar daraxti bo’yicha,fayl joylashgan kataloggacha borish kerak.