alohida lavxalari birdaniga bir nechta ilovalarda (Microsoft Office 97) ishlatilmoqda,
bu tezkor xotiradagi va qattiq diskdagi fazoni sezilarli tejaydi. Ko’pchilik paketlar
(masalan, yana o’sha Microsoft Office) ruslashgan versiyaga ega, bu esa boshlang’ich
vaqtlarda kam tajribali foydalanuvchi ishini osonlashtiradi. Eng ommaviy Microsoft
Office Professional for Windows 2000 paketi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
• kuchli matn muharriri MS Word ;
• murakkab hisoblashlarning bajarilishini avtomatlashtiruvchi elektron jadvali MS
Excel;
• katta sondagi ulkan fayllar bilan ishlashni tashkil etuvchi qiymatlar bazasini
boshqaruvchi MS Access tizimi;
• kerakli ma'lumotlarni juda rang-barang, shu jumladan, slaydlar ko’rinishda tasvirlash
imkonini beruvchi, taqdimotlarni ta'minlaydigan MS Power Point tizimi va yuqorida
aytib o’tilgan dasturlarda ishlatiluvchi birmuncha kichikroq ilovalar;
• MS Graft — jadvalli qiymatlar asosida chiroyli diagrammalarni qulay yaratuvchi;
• MS Word Art —so’zlar va jumlalarni ajoyib, chiroyli, ma'lum uslubga solingan
tasvirlarga o’zgartiradi (ularni, masalan, firma blankalaridagi emblemalar va shapkalar
sifatida ishlatish mumkin);
• MS Clip Art — xujjatlarga oldindan tayyorlab quyilgan chiroyli grafikani qushib
quyish imkonini beradi;
• MS Organization Graft — ixtiyoriy kompaniyada "kim kimligini" va "kim kim uchun
javob berishini" aniqlash imkonini beradi;
• MS Equation Editor — matematik formulalarning samarali muharriri;
• MS Schedule — uchrashuvlar va lirik ko’rishuvlar jadvalli tadbirkorlik kundaligini,
tijorat bo’yicha xodimlar va sheriklarning telefonlari va boshqa tavsiflari bilan ruyxati,
dolzarb ishlar ruyxati va b. oddiygina yaratish imkonini beradi, bir so’z bilan aytganda,
shaxsiy xayotda halaqit bermaydigan va hech narsani esdan chiqarmaydigan puxta
dastur-kotib.