Iqtisodiy
axborotlarni uzatish
har xil iqtisodiy ob'yektlarda
turlicha amalga
oshiriladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida axborotni yig’ish va ro’yxatdan
o’tkazish ko’pincha uni qayta ishlashdan ajratilgan holda olib boriladi. Ma'lumki,
axborotlarni yig’ish va uzatish ish joylarining o’zida amalga oshiriladi,
uni qayta
ishlash esa - hisob-kitob markazida olib boriladi.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisoblash va
iqtisodiy
masalalarni yechishda,
jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni
tezkor
ravishda ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng
ko’lamli masalalarni yechishda qo’llaniladigan o’ta quvvatli vosita hisoblanadi.