Elektron savdo haqida tushuncha




Download 156,68 Kb.
bet3/4
Sana22.01.2024
Hajmi156,68 Kb.
#142914
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
IRODA REFERAT

2. Elektron savdo haqida tushuncha
Yuqorida qayd etilganlarga asoslanib, biz elektron tijorat virtual makonda an'anaviy biznes amaliyotlarini avtomatlashtirish va oʻzgartirishda asosiy xususiyatlardan biri ekanligini ta’kidlashimiz mumkin. Bundan tashqari, ushbu transformatsiyada vujudga keluvchi mavjud operatsiyalarning avtomatlashtirilishi, ya’ni raqamlashtirilishi biznes samaradorligini oshirmoqda. Shu jumladan, tijoratning raqamlashuvi muntazam ishlarni soddalashtirmoqda hamda chakana savdo uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda.
Onlayn savdoning ijobiy tomoni shundaki, u operatsion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Misol uchun taklif qilinayotgan infomahsulot yuklab olish uchun mavjud boʻlsa, u holda logistika xarajatlari butunlay bekor qilinadi. Bozorlarda onlayn savdoni amalga oshirish jarayonida iste’molchilar tovarlar narxini taqqoslash, komissiya uchun chegirma olish kabi juda qulay xizmatlardan foydalanishlari mumkin.
Darhaqiqat, yuqoridagi ijobiy omillar foydalanuvchilar tomonidan tovar va xizmatlarni xarid qilishdan tashqari, tadbirkorlikni joriy etish uchun qulay shart-sharoitlarni toʻliq ta’minlamaydi. Internetda ushbu turdagi faoliyatni targ'ib qilish uchun xavfsizlikni ta'minlash va xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash ahamiyatli masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan, xavfsizlik deganda foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarining xavfsizligi, shuningdek, xavfsiz tranzaktsiyalarni ta'minlash boʻyicha chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Ta'kidlash joizki, xavfsiz onlayn doʻkon mijozlarga optimal xizmat koʻrsatishni ta'minlaydi, bu esa savdo hajmini oshirishga olib keladi va mijozlar bilan ijobiy munosabatlar oʻrnatish imkonini beradi. Bundan tashqari, koʻpgina platformalarda mahsulot sifati uchun kafolatlar deyarli yoʻq. Deyarli, har bir platformada siz pochta joʻnatmalaridagi tovarlarning shikastlanishi va tovarlar sifatidagi farq haqida sharhlarga duch kelasiz, ya’ni sotilayotgan tovar farqli sifat va ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Shunga qaramasdan, davlatlararo chegaralarni oʻchirib tashlayotgan elektron tijorat – foydalanuvchilarga butun dunyo boʻylab onlayn xaridlarni qulay tarzda amalga oshirish imkonini bermoqda.
Elektron biznesning mohiyati butun elektron biznesni strukturasida oʻzaro bog'langan gorizontal va vertikal tuzilmalardan iborat. Birinchi holda, elektron biznes quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: elektron tijorat; elektron xususiy xaridlar; elektron davlat xaridlari; mijozlarga elektron xizmat koʻrsatish; biznes hamkorlar va xodimlarga elektron xizmat koʻrsatishdir. Ikkinchi holda, tijorat munosabatlari mavjud boʻlgan ishtirokchilar tomonidan muayyan biznes modelini tanlash orqali belgilanadi.
Business-to-business (B2B) (biznesdan biznesga) ushbu biznes modeli kompaniyalar oʻrtasidagi elektron tijorat, ya'ni yuridik shaxslar boshchiligidagi tashkilotlar va korxonalar oʻrtasidagi munosabatlarni anglatadi. Bugungi kunda elektron tijoratda ushbu turdagi biznes 80% ni tashkil qiladi va tahlilchilarning fikriga koʻra, B2B B2C segmentiga qaraganda tez oʻsib bormoqda. B2B bozori elektron infratuzilma va elektron bozorlar kabi ikkita asosiy komponentdan iborat. Elektron infratuzilma B2B ning asosi boʻlib, quyidagilardan iborat logistika yetkazib berish va taqsimlash.
 amaliy xizmat koʻrsatuvchi provayderlar – paketli dasturiy ta’minotni markaziy nuqtadan (masalan, Oracle va Linkshare) joylashtirish va boshqarish
• elektron tijorat jarayonida veb-xosting, xavfsizlik yechimlari va mijozlarga xizmat koʻrsatish kabi funksiyalarni autsorsing qilish (masalan, eShare, NetSales, Enterprises va Universal Access kabi provayderlar autsorsingi)
• internetda auksionlarning real vaqt rejimida ishlashi va ularga xizmat koʻrsatish uchun dasturiy ta’minoti (masalan, Moai Technologies va OpenSite Technologies); • veb-sayt kontentini boshqarish va yetkazib berishni osonlashtiradigan kontentni boshqarish dasturi (masalan, Interwoven va ProcureNet)
• internetga asoslangan savdo vositalari (masalan, Commerce One, XML- ga asoslangan xaridlarni avtomatlashtirish dasturi)
B2C business-to-consumer – elektron tijoratda, kompaniyalar va iste'molchilar oʻrtasidagi tijorat munosabat turlaridan biri hisoblanadi. Bunda iste'molchi munosabatlari asosan tovarlarni (masalan, moddiy qadriyatlar va iste'mol tovarlari, raqamli kontent materiallari - dasturiy ta'minot va elektron kitoblar) sotib olishi mumkin.
Elektron tijoratning ushbu shakli eng dastlabki biznes model hisoblanadi va uning kelib chiqishi telefon liniyalarining chakana savdosiga borib taqaladi. – B2G business-to-government –biznes va hukumat oʻrtasidagi elektron tijorat, ya'ni biznes va davlat sektori oʻrtasidagi munosabatlar. Elektron tijoratning bu turi odatda davlat xaridlari, onlayn litsenziyalash va internet va elektron bozorlardan foydalanish orqali davlat bilan bog‘liq boshqa operatsiyalarni qamrab oladi. Internetga asoslangan davlat xaridlari xaridlar jarayonining shaffofligini oshiradi va qonunbuzarliklar xavfini kamaytiradi
C2C consumer-to-consumer – bu turdagi elektron tijorat jismoniy shaxslar va iste’molchilar oʻrtasida amalga oshiriladi. Elektron tijoratning ushbu turi elektron bozorlar va onlayn auktsionlarning oʻsishi bilan tavsiflanadi, ayniqsa vertikal tarmoqlarda firmalar yoki korxonalar bir nechta sotuvchilardan kerakli narsalarni taklif qilishlari mumkin. – bu turdagi elektron tijorat jismoniy shaxslar va iste’molchilar oʻrtasida amalga oshiriladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, C2C elektron tijorat biznes modeli savdoni sezilarli darajada soddalashtiradi, bu esa uni uchun barcha foydalanuvchilar uchun qulay tijorat muhitini yaratadi. Ushbu model sirasida misol tariqasida eng mashhur C2C biznes modellarini keltirishimiz mumkin: Amazon, Etsy, Craiglist va eBay. Mamlakatlar boʻyicha elektron tijorat bozori hajmining soʻnggi reytingi Xitoyni 2022-yilda ham dunyodagi eng yirik onlayn bozor sifatida koʻrsatdi. Bu sohada Alibaba faoliyatiga katta ahamiyat egadir, chunki bu kompaniya Xitoy bozorining yetakchisi va dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. Alibaba 2022-yil iyun holatiga koʻra 282 milliard AQSH dollarlik12 kapitaliga ega boʻlib, u dunyodagi eng qimmat kompaniyalar roʻyxatida 26-oʻrinni egalladi. Misol uchun Xitoy ijtimoiy tarmoqlardagi elektron tijorat chakana savdosidan 351,65 milliard AQSh dollarlik ulushga ega va Xitoyning elektron tijoratdan tushgan daromadi Qoʻshma Shtatlardan oʻn baravar koʻpdir hamda ushbu daromad 2022-yilda 875 milliard dollarni tashkil etdi. Tahlillarga koʻra, 2023-yilda mamlakat elektron tijorat savdosidan 1,54 trillion dollar daromad olishi kutilmoqda. Xitoyning elektron tijorat daromadlari juda katta, shuningdek, Xitoy oʻn yil oldin dunyodagi eng yirik elektron tijorat bozori sifatida AQShni ortda qoldirdi.
Alibaba bilan bir qatorda Amazon (AQSh) elektron tijorat bozorida yetakchi oʻrinni egallaydi. Amazon B2C platformalarini, shuningdek yuridik shaxslar uchun B2G platformalarini taklif etuvchi omborlar va saralash markazlarining ulkan tarmog‘iga egadir. Kompaniyaning 2021-yildagi bozor daromadi 470 milliard dollarni tashkil etdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 22 foizga, sof daromadi esa 56 foizga oshgandir.
Xitoy va AQShdan soʻng, elektron tijorat sohasidagi tahlillarga koʻra, reytingda keyingi oʻrinda kunchiqar yurt – Yaponiya joylashgan. Elektron tijoratning umumiy daromadi 2 1 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan keyingi oʻrinlarni, 2022-yil tahliliy ma’lumotlariga ko’ra, Germaniya va Buyuk Britaniya egallab, jahon elektron tijorat bozorida 148 milliard dollar va 143 milliard dollar bilan kuchli beshlikni yakunladi. Janubiy Koreya esa, elektron tijoratdan 118 milliard dollarlik daromad bilan oltinchi oʻrinni egalladi. Hindiston 2022-yil tahlillariga ko’ra, 97 milliard dollar bilan yettinchi oʻrinda turdi13. Ushbu davlatlardan so’ng birinchi oʻnlikni Indoneziya, Fransiya va Kanada 96,59,59 milliard dollar bilan yakunladi. Oʻz navbatida, bu mamlakatlarning elektron tijoratdan keladigan daromadi yaqin yillarda ikki barobarga o’sishi kutilmoqda.
Elektron tijorat vujudga kelishi yuqorida qayd etilganidek, axborot texnologiyalari orqali amalga oshirilgan. Bu raqamli iqtisodiyot sohasi boʻlib, u kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va tijorat operatsiyalarini, shuningdek, bunday operatsiyalar bilan bog'liq biznes jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Elektron tijorat – bu biznes tartib-qoidalari va operatsiyalarini avtomatlashtirish, an’anaviy savdo usullarini tijoratning elektron shakliga aylantirishdir. Bu jarayon samaradorlikni oshiradi va muntazam vazifalarni soddalashtiradi. Shu bilan birga, yaqin vaqtgacha elektron tijorat operatsiyalarining aksariyati global miqyosda amalga oshirilgan, ammo yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, mahalliy kompaniyalar oʻz mahsulotlarini mahalliy miqyosda ilgari surish uchun tez-tez ushbu savdo turidan foydalana boshlashmoqda. Shu bilan birga, kichik biznes boshqa yirik kompaniyalar bilan raqobatdosh boʻlib bormoqda. Shuni qoʻshimcha qilish kerakki, onlayn savdo faoliyatini yangi boshlayotgan kichik biznes subyektlari uchun chakana savdo nuqtalari va ofislarni ijaraga olishda mablag'larni tejaydi, shuningdek, internet orqali xorijiy bozorlarga chiqish ancha osonlashadi. Taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning keng assortimenti, turli narxlarning taqqoslanishi, shuningdek, elektron platformadagi chakana tovarlar narxining an’anaviy bozorga nisbatan arzonligi elektron tijoratning mahalliy bozorga tez moslashishi va rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birgalikda, ma’lum bir davlatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun quyidagilarga amal qilish muhimdir.
Birinchidan, elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay huquqiy muhitni, jumladan, ma’lumotlarni himoya qilish va elektron imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yaratish, ularni tadbiq etilish jaroyanida shaffodlikni ta’minlash; Ikkinchidan, elektron tijorat infratuzilmasini, jumladan, Internetga keng qamrovli ulanish va elektron to‘lov tizimlarini rivojlantirish.
Uchinchidan, o‘z biznesini kengaytirish uchun elektron tijoratdan foydalana oladigan kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash.
To’rtinchidan, iste'molchilarni elektron tijoratdan foydalanish bo'yicha huquqiy savodxonligini oshirish va qo'llab-quvvatlash, shu jumladan Internet va elektron to'lov tizimlarida xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish
Beshinchidan, elektron tijorat orqali xalqaro savdoni rivojlantirish, jumladan, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va xalqaro standartlarni o‘rnatish; Oltinchidan, elektron tijoratda innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, yangi texnologiyalar va biznes modellarini ishlab chiqish.
Yettinchidan, mobil elektron tijoratni rivojlantirish, shu jumladan mobil ilovalar yaratish va mobil qurilmalar uchun saytlarni optimallashtirish
Sakkizinchidan, barqaror elektron tijoratni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, uning o’sishiga to’siq bo’luvchi muammolarni bartaraf etish. Umuman olganda, elektron tijoratni rivojlantirishda yuqorida qayd etilgan samarali usullari savdoni oshirishga, mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilashga va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi.




  1. Download 156,68 Kb.
1   2   3   4




Download 156,68 Kb.