|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 134/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатJavaScript tili. Keyingi kerak bo‘ladigan til JavaScript bo‘lib, u bilan ishlash uchun brauzer yetarli bo‘ladi. Sintaksis ancha murakkab: noto‘g‘ri qavslarga ega bo‘lgan xizmat simvollari va konstruksiyalari paydo bo‘ladi, funksiya nomlari har doim ham harakat mohiyatini ochib bermaydi, hatto eng oddiy kod ham tuzilgan ko‘rinishga ega. Fibonachchi funksiyasi bilan qayta yozilgan kodni ko‘rib chiqamiz:
function fib_recursion(n) { return n < 1 ? 0
: n <= 2 ? 1
: fib_recursion(n - 1) + fib_recursion(n - 2);
208
}
console.log(fib_recursion(10));
Kod hajmi ko‘p o‘zgarmadi, lekin uning o‘qilishi kamaydi. Python tilini o‘rganishdan so‘ng, osongina return tuzilishi qanday ishlashini anglab olasiz va buday yozish usulini baxolay olasiz. Bundan tashqari, JavaScript ekotizimi Python ga qaraganda boyroq. Ushbu tilni bilish har qanday platformada dasturlarni ishlab chiqishda foydalidir.
C# tili. Agar siz tilni tanlashda bir qarorga kelmagan bo‘lsangiz, demak sizni nima jalb qilishini xali hal qilmadingiz: veb, mobil yoki ish stoli ilovalarimi. U xolda sizning qaroringiz- C#, ishlab chiqishning barcha sohalari uchun universal vosita. Ish stoli ilovalarini yaratish uchun Visual Studio kerak bo‘ladi. Mobil qurilmalar uchun Xamarian o‘rnating, veb uchun esa ASP.NET. zarur bo‘ladi. Keling, C# tilidagi kodni ko‘rib chiqaylik:
static void Main(string[] args)
{
int number = 10; fib_recursion(number);
}
static void fib_recursion(int n, int a = 0, int b = 1)
{
if (n == 0) return; Console.WriteLine(a); fib_recursion(--n, b, b+a);
}
Kod yana biroz murakkablashdi- bu static kalit so‘zdan foydalanish bilan bog‘liq. Bu bosqichda siz xotiradan, ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish bilan tanishasiz.
209
Swift tili - 2014-yilda Apple tomonidan kiritilgan nisbatan yangi dasturlash tili hisoblanadi. Bu til iOS yoki macOS ostida ilovalarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Swift ilgari iOS va macOS da ishlab chiqilgan Objective-C ga nisbatan samaraliroq va qulayroq til hisoblanadi. Umuman, dastur ishlab chiquvchilarga Swift yoqadi, Swift 2015-yilda eng sevimli tillar ro‘yxatida birinchi o‘rinni, 2017-yilda esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Ehtimol, Swift bilan ishlashni yoqtirasiz. Agar siz mobil qurilmalar uchun ishlab chiqishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, Swift tili albatta, boylikka yo‘l sifatida qarashga arziydi. iOS ilovalari Android ilovalarga nisbatan ko‘proq daromad keltiradi. Fibonachchi ketma-ketligining kodini qaraylik:
|
| |