|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 137/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатArgument – funksiya tomonidan ob’ektga uzatiladigan ilova
Boshlang‘ich kod (source code) – yuqori darajali dasturlash tilida yozilgan dastur yoki dastur fragmenti
Bog‘lanish (binding) – o‘zgaruvchi va ma’lumotlar qiymatlariga ega bo‘lgan ob’ekt orasidagi aloqa
Buyruq qatori (command line) – terminal ilovasining ishchi qatori. U tizim buyruqlarini kiritish va dasturni ishga tushirish uchun ishlatiladi
Buyruq qatorining argumenti (Command-line argument) – dasturga buyruq qatoridan uzatiladigan matn qatori
Bit - axborot tizimlarida axborotni ifodalashning eng kichik birligi. Axborot miqdorining eng kichik o‘lchov birligi xisoblanadi.
Banyan Systems - Lokal tarmoq uyushmalarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqaruvchi kompaniya. Banyan Systems
213
kompaniyasi AqShda 1983 yilda yaratilgan. Kompaniya lokal tarmoqlarni yaratish va ularni bir-biri bilan hududiy tarmoqlar orqali bog‘lash imkonini beruvchi blokli dasturiy ta’minotni taklif etadi.
BASIC - Beginner’s All-purpose Symbolic Instruction Code “ Boshlovchilarning barcha maqsadlar uchun buyruq kodi”. 1960 yil o‘rtalarida Dartmut kollejida talabalar uchun Jon Kemeni (John Kemeney) va Tomas Kurts (Thomas Kurtz) tomonidan ishlab chiqilgan. Til sodda va qulay bo‘lib, foydalanuvchilarning uncha katta bo‘lmagan tizimlar bilan muloqot rejimida ishlashida katta shuhrat qozondi. O‘zining soddaligiga qaramay, BASIC ko‘pgina qo‘llanmalarni ishlab chiqishda qo‘llaniladi. BASIC tili tavsifining ANSI standarti mavjud bo‘lsa ham, BASICning ko‘pchilik versiyalari kengaytmalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, Microsoft kompaniyasining Visual Basic mahsuloti, BASIC tilining standartiga qo‘shimcha ravishda, ob’ektga yo‘naltirilgan funksiyalar to‘plamini o‘z ichiga olgan. Hozirgi kunda BASIC tilining turli xillari qo‘llanmalarning makrotillari sifatida qo‘shilmoqda. Masalan, Microsoft Word va Excel foydalanuvchiga shu qo‘llanmalarni sozlash va avtomatlashtirish uchun dasturlar yozish imkonini beradigan BASIC tilining versiyasini qo‘shadilar.
|
| |