|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 138/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатBorland International - Borland International korporatsiyasi Dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. Borland 1983 yilda yaratilgan bo‘lib, Kaliforniyada (AKShda) joylashgan. Kompaniyaning asosiy ishlanmalari qatoriga quyidagilar kiradi:- Delphi – Windows qo‘llanmalarini yaratish muhiti,- Borland S++ – dasturlash tili,- IntraBuilder – JavaScript tili uchun ko‘rib ishlaydigan vosita,- CodeWright – dasturlar muharriri,- Kylix – Linux uchun elektron biznes yechimi.
BSA.Business Software Alliance - Tijoriy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari alyansi. Microsoft tomonidan dasturiy ta’minotni noqonuniy tarqatishga (qaroqchilikka) qarshi kurashish uchun tuzilgan tashkilot.
214
Visual C++ - Dasturchilar uchun Microsoft kompaniyasi tomonidan C++ tilida ishlab chiqilgan qo‘llanmalarni ishlab chiqish vositasi. Visual C++ IDE ishlab chiqish muhiti bilan uyg‘unlashgan 32-bitli Windows qo‘llanmalarni ob’ektga yo‘naltirilgan tarzda dasturlashni, C/C++ kompilyatorini va Microsoft Foundation Classes (MFC) deb ataladigan klasslar kutubxonasini qo‘llaydi. Visual C++ tili 1993 yilda chiqqan. Ko‘pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o‘xshash(C-podobnыy) tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Bundan tashqari, Turli kompyuter o‘yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda.
Visual FoxPro - Ma’lumotlar bazalari qo‘llanmalarini ishlab chiqish tili. Visual FoxProning so‘nggi versiyalari ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash, mijoz-server texnologiyalarini qo‘llash, ichiga o‘rnatilgan ma’lumotlar bazasi va boshqa ma’lumotlardan foydalanish texnologiyalari kabi funksiyalar to‘plamini taqdim qiladi.
Visual Basic - qo‘llanmalarni ishlab chiqish uchun Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlash tili va muhiti. Visual Basic BASIC tiliga asoslangan va foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish uchun grafik
dasturiy muhitni taqdim qiladigan birinchi mahsulotlardan biridir. Dasturchilar Visual Basic tilida bo‘lg‘usi dasturning interfeysini shaklga kerakli boshqarish vositalarini (tugmacha va dialog oynalarini) joylash hisobiga, keyin ularning tashqi shaklini va xossalarini aniqlash orqali yaratadilar. Visual Basic ob’ektlar uchun aloqa va butlash texnologiyasini quvvatlaydi. Visual Basicni mazmunan ob’ektga yo‘naltirilgan til demay, uni ko‘proq “hodisalarga asoslangan til” (event-driven language) deb atashadi, chunki har bir ob’ekt turli hodisalarga javoban harakat qiladi (masalan, sichqoncha tugmachasini bosish). Visual Basicda qo‘llangan yondashuv 1990 yilda tilning chiqqan kunidan boshlab dasturlash tillari uchun standart bo‘lib qoldi. Hozirga kelib, bir
215
qancha dasturlash tillari, shu jumladan, C, C++, Pascal va Java tillari uchun qo‘llanmalar ishlab chiqishning vizual vositalari mavjud.
|
| |