|
Механика бўлими
|
bet | 1/6 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 208,5 Kb. | | #155228 |
Bog'liq 2СБ-10-курак
KIRISH
O’zbekiston tashqi bozorda talab kata bo’lgan mahsulot-paxta tolasining asosiy ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisidir deb aytganlari hozirga kelib o’z tasdig’ini topdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Mato ishlab chiqarishda qo’llaniladigan.
Paxta tolasini jahon bozorida sotish hisobiga Respublika xazinasiga katta miqdorda valyuta tushmoqda. “Paxtachilik tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaror qabul qilindi. Ular paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash, tashish va qayta ishlash, ekiladigan urug’lik chigitni tayyorlash bo’yicha ishlarning butun kompleksini tashkil etish va amalga oshirish, xalqaro standartlar talablariga javob beradigan yuqori sifatli paxta mahsulotini tayyorlash bo’yicha zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilish sohasida yagona siyosat olib borilishini ta’minlash, qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilinadigan paxta xomashyosining miqdori, sifati va navlari, paxta tolasi va urug’lik chigitning unib chiqishiga oid ko’rsatkichlar, paxta tozalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan paxta tolasining miqdori va sifati bo’yicha ma’lumotlarning xaqqoniyligini zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali hisobga olish hamda nazorat qilish ishlarini tashkil etish, tuzilgan shartnomalarga muvofik sotib olinadigan paxta xomashyosi va iste’molchilarga junatiladigan paxta mahsuloti uchun o’z vaqtida va to’lik xajmda xisob-kitoblarni amalga oshirish, zamonaviy yuqori unumli uskunalar va ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish, sohaga investisiyalar jalb etish, xom ashyoni qayta ishlashga beruvchi sifatida paxta tozalash korxonalariga ular tomonidan paxta-to’qimachilik klasterlari tizimida faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni rivojlantirish, sohaga innovasion g’oya, ishlanma va texnologiyalarni joriy etish belgilangan.
Respublikamizda bir yilda yetishtiriladigan paxtaning hajmi o’rtacha 3 mln. tonnani tashkil etadi. Bu hajmdagi paxtani qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar majmuasini tashkil qilish, muvofiqlashtirish, sohada yagona ilmiy –texnik siyosatni amalga oshirish, jahon bozori standartlari talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish O’zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish aksiyadorlik uyushmasining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Shu bilan birga sanoat sohalar korxonalari uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga katta etibor berilgan. Tayyorlanayotgan kadrlar har tomonlama yetuk, raqobardosh, istiqbolga monand vazifalar qo’yish va ularni yechishga qodir, yuqori saviyada fikrlash madaniyatiga ega, siyosiy-ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy axborotlar dunyosida mustaqil o’z yo’lini topa oladigan bo’lishi lozim.
Hozirgi davrga kelib paxta momig’i qimmatbaho xom-ashyolardan hisoblanadi, chunki undan sun’iy ipak, sellyuloza, plastmassa, kino va fotoplyonka va shina sanoati uchun kord iplari ishlab chiqariladi.
|
| |