|
Chigitli paxta tarkibidagi namlik
|
bet | 2/6 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 208,5 Kb. | | #155228 |
Bog'liq 2СБ-10-куракChigitli paxta tarkibidagi namlik
Chigitli paxta o’z tarkibidagi ortiqcha namlikni havoga chiqarish, yoki bo’lmasa o’z tarkibiga namlikni singdirish xususiyatiga yega. Shu sababli chigitli paxta gigroskopik materiallar qatoriga kiradi.
Chigitli paxta tarkibida namlikning yuqori bo’lishi, ko’p miqdorda iflos aralashmalarni borligi va uning gigroskopik xususiyati paxtani tezda qizib (chirib) ketish holatini yaratadi. Ayniqsa mashinada terilgan chigitli paxta tezda o’z-o’zidan qiziydi, chunki mashinada terilgan paxtaning namligi va iflosligi qo’l terimiga qaraganda ancha yuqori bo’ladi.
Ilmiy tekshirish instituti xodimlari tomonidan o’tkazilgan izlanishlar (tajriba) natijalari quyidagilarni tasdiqlaydi:
- agar chigitli paxta massasida yashil organik aralashmalar (g’o’za barglari) 1,0 % bo’ladigan bo’lsa, unda paxtaning namligi - 1012 % ga, 1,53,0 % bo’lsa, namlik 1418 % ga, 36 % organik aralashma bo’lsa, chigitli paxta namligi 2023 % gacha ko’tarilishi mumkin ekan. Bunday namlikdagi chigitli paxta tezda o’z-o’zidan qizib (chirib) ketish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Namligi 1314 % dan yuqori bo’lgan paxtani saqlaganda o’z-o’zidan qizib, paxta temperaturasi 6070 0S gacha ko’tarilib, biologik prosesslar natijasida chigitni unib chiqish va moy berish xususiyatlari kamayib ketadi.
Namligi me’yordan yuqori bo’lgan chigitli paxtani paxta tozalash korxonalarida qayta ishlaganda texnologik uskunalarning ish unumdorligi va tozalash samaradorligi kamayadi, tolaning sifati pasayib, tashqi ko’rinishi yomonlashadi.
Masalan: Agar I-nav chigitli paxtaning namligi 8 % dan 9 % gacha ko’tarilsa, bunday paxtadan ishlab chiqarishda olingan tola tarkibida nuqsonlar miqdori 0,250,35 % ga ko’payadi. Shu sababli chigitli paxtaning navi bo’yicha uning uzoq vaqt saqlanishga moslangan kondision namlik davlat standartlarida belgilangan.
Chigitli paxta - tola va chigitdan iborat. Tola asosan sellyuloza va qisman uni qoplagan pektin va mum moddalaridan tuzilgan. Chigit esa qobiq bilan mag’izdan iborat. Chigitning mag’izi asosan oqsil va moy moddalaridan iborat.
Chigitli paxtaning tarkibidagi bu komponentlarning kimyoviy tuzilishi har xil bo’lganligi uchun ularning namlanishi va quritish jarayoni ham turlicha bo’ladi.
Chigitli paxtaning namligi (W) undagi namlik massasining absolyut quruq massasiga nisbati bilan foiz hisobida aniqlanadi:
Bunda: mn - Chigitli paxtada bo’lgan namlik massasi;
Mk.m. - Chigitli paxtaning absolyut quruq massasi.
Chigitli paxtani tashkil qiluvchi ayrim komponentlarning namligi chigitli paxtaning umumiy namligiga bog’liq bo’lib, quyidagi empirik formula bilan aniqlanadi:
|
| |