CB-10 markali quritish barabanini tuzilishi




Download 208,5 Kb.
bet4/6
Sana12.02.2024
Hajmi208,5 Kb.
#155228
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2СБ-10-курак

2CB-10 markali quritish barabanini tuzilishi
2SB-10 markali quritgich o’q bo’ylab 12 ta 500 mmli ko’tarish kuraklari bilan jihozlangan barabanli va to’g’ri oqimli bo’lib, uning nam olish darajasi va ish unumi boshqa tipdagi quritgichlarnikiga qaraganda ancha yuqori. Quritgichning asosiy qismlari shnekli ta’minlagich (3), oldingi ichi bo’sh sapfa (1) va to’rtta stoykaga sharnirli birlashtirilgan po’lat roliklar (2) ga

2SB-10 markali qurtish barabani

o’rnatilgan baraban (4)dan iborat. Paxta qiya o’rnatilgan shnek (3) yordamida quvvati 2,4 kVt li elektrdvigateli bilan aylantiriladi. Quritish barabani (4) qobiq (5) ichiga joylashgan. Quritilgan paxta baraban ichida radius bo’yicha joylashgan kurak (6)lar orqali teshik (7)dan chiqib yig’uvchi shnekka tushadi. Ishlatilgan quritish agenti truba (8) orqali tashqariga chiqadi. Quritish agenti sapfa (1) orqali o’tayotganda qisman atrofdagi havnoni tortib ketgani uchun baraban ichiga shnek (3) bilan kiritilayotgan paxtaning to’kilishiga yo’l qo’ymaydi va paxta havo oqimida oldinga suriladi. Baraban vali elektromotor (9) va reduktor bilan aylantiriladi. Bu quritgichda tola va chigitning ortiqcha qizish xavfi bo’lmagani uchun quritish agentining temperaturasi 2800S gacha ko’tarish mumkin. Barabanning qobig’i qalinligi 2 mm bo’lgan po’lat tunukadan yasalgan. Baraban ichida uzunligi bo’yicha chigitli paxtani ko’tarish va hamma joyiga bir xilda yoyish uchun 12 ta kuraklar joylashtirilgan. Issiqlikni bir xilda tarqatib yaxshiroq gidrodinamik sharoit yaratish uchun barabanning ko’ndalang kesimining har metrida balandligi 250 mm bo’lgan xalqalar o’rnatilgan. Baraban kamerasining boshlang’ich 3000 mmdan so’ng 6000 mm gacha to’xtatuvchi panjara o’rnatilgan, u 3 qatorli trubali qovurg’alardan yasalgan. Bu panjaraning vazifasi: chigitli paxtani quritish agenti bilan uchrashadigan bo’limda ko’proq saqlab turishdir.


Nam chigitli paxta quritish uchun ta’minlash qurilmasi orqali barabanga yuborilib turiladi, shu yerda quritish agenti ham qo’shib yuboriladi. Chigitli paxta kurraklarga borib yetganda, barabannning aylanishi sababli paxta balandga ko’tariladi, shu bilan birga yuborilgan issiqlik chigitli paxta bilan birgalikda ko’chadi, shunda nam paxta issiqlikni o’ziga olib, namlik bug’lanadi va chiqarish quvuri orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Chigitli paxta esa yuqoriga pastga tushib, ma’lum me’yorgacha quriydi va baraban oxiridan o’rnatilgan kurak orqali chiqariladi. 2SB-10 markali barabanning tuzilishi oddiy, ish ish davrida paxtalarning tiqilib qolishi yuz bermaydi.
2SB-10 markali quritish barabanining texnik xarakteristikasi



Ko’rsatkichlar

2SB-10

1

Chigitli paxta bo’yicha ish unumdorligi, kg/soat

10000

2

Quritish agentining harorati,0S

90-280

3

Tozalash bo’limiga beriladigan quritish agentining harorati,0S

-

4

Namlik olish bo’yicha ish unumdorligi, kg/soat

700 gacha

5

Mayda ifloslik bo’yicha samaradorligi, %

-

6

1 kg namlikni bug’latish uchun sarf qilingan issiqlik, kJ/kg

8820

7

Sarf qilingan issiqlik agenti, m3/soat

18000- 20000

8

Aylanish chastotasi: rad/sek, (ayl/min)
Barabanniki

1,05 (10)



Ventilyator vali




Vintli konveyer

42,40 (405)

9

Elektr dvigatel quvvati, kVt
baraban yuritmasi uchun
vintli konveyerni yuritish uchun

17,0
13,0
4,0

10

Gabarit o’lchamlari,mm
baraban uzunligi
baraban diametri
quritgichning uzunligi
eni
balandligi

10000
3200


15400
4745
7140

11

Massasi,kg

10307

2SB-10 quritish barabaning quyidagi bir qator kamchiliklari mavjud:



  1. Barabanning ko’ndalang kesimi bo’yicha yuzasi to’liq foydalanilmaydi, ya’ni ichki kuraklarini takomillashtirish kerak.

  2. Barabanda tolaning eshilishi sodir bo’ladi, bu esa tolaning sifat ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

  3. Baraban boshidagi 1-2 metr masofa foydalanilmaydi, chunki havo katta tezlikda kelib chigitli paxtani uchirib ketadi.

Quyidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun bitiruv malaka ishimda A.Q. Usmonqulovning ilmiy ishidan foydalanib quritish barabanini takomillashtirishni taklif etdim. Ya’ni barabanning ichki qismidagi kurakchalar o’rniga botiq shaklidagi kurakchalar o’rnatishni taklif qildim. Natijada paxtaning quritish barabanining ichki kamerasining foydasiz zonasiga tashlab berish hamda barabanning butun yuzasi bo’yicha chigitli paxtani bir me’yorda titib berish imkonini beradi. Paxtani foydasiz zonasiga tashlab berilishi va titilishi esa o’z navbatida chigitli paxta tarkibidagi namlikni ajralishini tezlatish imkonini beradi va baraban ichiga berilayotgan issiq havoning issiqlig’idan unumli foydalanish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda paxtani paxtani kurakchalar yotgan paytda ham namlik adralib chiqishi uchun baraban yuzasi qobiq bilan o’ralib, unga issiq havo berishni ham taklif etildi. Bunda issiq havo barabanni qizdirib, uning 3 metrida qo’yilgan maxsus teshik orqali baraban ichiga kiritiladi.

Download 208,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 208,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



CB-10 markali quritish barabanini tuzilishi

Download 208,5 Kb.