Механика бўлими




Download 208,5 Kb.
bet3/6
Sana12.02.2024
Hajmi208,5 Kb.
#155228
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2СБ-10-курак

Wt=0,7 * W ; Wnam=0,46 * W1,275 ; %
Bunda: Wt - tolaning namligi, % Wnam- chigit mag’izining namligi, %
Paxta xom ashyosini quritish uskunalari
Quritish – paxta xom ashyosini qayta ishlash texnologik jarayonining asosiy ishlab chiqarish operasiyasi bo’lib, tolaning tabiiy xususiyatlarini saqlangan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish va uskunalarni samarali ishlashini ta’minlashdan iborat.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati paxta xom ashyosini saqlashga tayyorgarlik, saqlash sharoitlari va korxonalarda qayta ishlashga tayyorgarlikka bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonining asosiy operasiyasi paxta xom ashyosini, ayniqsa mashina terimi bilan terilgan paxta xom ashyosini quritishdir.
Paxta xom ashyosini qayta ishlash jarayonida muvofiqlashtirilgan texnologik jarayonga asosan quritish operasiyasi quritish-tozalash bo’limlarida amalga oshiriladi. Bu bo’limlar texnologik mashinalar majmuasi, shu jumladan quritish barabanlari bilan jihozlangan.
So’ngi yillarda paxta tozalash sanoatida paxta xom ashyosini quritish uchun 2SB-10, SBO rusumli to’g’ri oqimli baranbanli quritgichlar (bunda paxta xom ashyosi va quritish agenti bir xil yo’nalishda harakat qiladi) keng ishlatilmoqda.
Chigitli paxtani quritish va tozalashda ko’pgina izlanishlar olib borilgan. Ushbu izlanishlar shuni takidlaydiki chigitli paxtani quritishda issiqlik agentining harorati yuqori bo’lsa chigitli paxta me’yoridan ortiq qurib ketib qayta ishlanayotganda tolaning sinishiga, bundan tashqari tolaning rangini o’zgarishiga ham olib keladi. Shuning uchun chigitli paxtaning boshlang’ich sifat ko’rsatkichlarini saqlab qolish yo’lida quritish rejimini optimal variantini tanlab olish kerak.
Chigitli paxtani dastlabki ishlashda eng masuliyatli va kerakli jarayonlardan biri-bu quritish jarayonidir. Quritish jarayonida dastlabki ishlash yoki tolali materiallarni asosiy jarayonlarini sifatli amalga oshirish uchun chigitli paxtani quritishga tayorlash zarurdir.
Paxtadan sifatli tola olish uchun uzluksiz texnologik jarayondan qayta ishlanayotgan paxtaning namligi 7-8% bo’lishi kerak, bu esa paxtaning texnologik namligini beradi.
Agarda paxta namligi yuqori bo’lsa tola bilan undagi ifloslikni birikish kuchi yuqori bo’ladi, natijada paxta qiyin tozalanadi. Tozalash jarayonida namlikning yuqori bo’lishligi ishqalanish kuchining ko’payshiga sabab bo’lib, paxta tozalash mashinalarini ishchi organlarining orasida qisilib qoladi(zaboy) bo’ladi. Bu esa o’z navbtida tozalash mashinalarni ishchi organlarining egilishiga, sinishiga, mashinalarni to’xtab qolishiga olib keladi. Ayrim hollarda yong’in chiqishigi sabab bo’ladi.Tolaning chigitdan ajralish jarayonida namlikning yuqori bo’lishligi tola bilan chigit po’stlog’i birga uzilib chiqishiga olib keladi.Tolaning sifati buziladi. Jinlash mashinasining ishchi kamerasida paxtaning aylanishi ya’ni xom-oshyo valigini xosil bo’lishi qiynlashadi. Bu esa o’z navbati ish unumini kamayishiga olib keladi. Paxta tozalash korxonasiga qabul qilingan past navli paxtaning namligi doimo yuqori bo’ladi. Namlikning yuqori bo’lish sababi quyidagidan iborat:
1.Ochilayotgan ko’sakda paxta namligi yuqori: 110-120% bo’lishi.
2.Yaxshi defolasiya qilinmagan maydonlardan paxtaning terilishi
3.Ertalab va kechqurun shabnamdan keyin paxtani terilishi.
4.Yog’ingarchilikdan so’ng paxtani terilishi.
Undan tashqari terilayotgan paxtani o’z vaqtda qayta ishlash imkoni bo’lmagani uchun, uning ma’lum qismi uzoq muddatga saqlanadi. Paxtani sifatli saqlash uchun uning namligi 12-13 % dan oshmasligi kerak, agar namligi undan yuqori bo’lsa paxta qizib ketadi. Tola va chigitning tabiiy ko’rsatkichlari sifati buziladi.

Download 208,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 208,5 Kb.