|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 139/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатGlobal o‘zgaruvchi (global variable) – biror-bir funksiya yoki klass tashqarisida ham aniqlangan o‘zgaruvchi
Global kod (global code) - qandaydir funksiya yoki klasss tashqarisida ham aniqlangan kod
Dastur bajarilish vaqti xatosi (run-time error) – dastur bajarilayotgan vaqtda aniqlangan xato
Doimiy o‘zgaruvchi (constant variable) – dastur bajarilish vaqtida ma’lumotlarning turi o‘zgarmaydigan o‘zgaruvchi
Dastur yoki programma (program) – komp’yuterda ketma-ket bajariladigan instruksiyalar to‘plami
DDC. Display Data Channel. Kompyuter va monitor orasida ma’lumotlar almashish interfeysi. Ushbu interfeysning ikkita turi bor: 1) DDC 1 – monitor modeli va qo‘llanadigan video rejimlar parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning bir tomonga, monitordan kompyuterga uzatilishi; 2) DDC 2 – ma’lumotlarning ikki tomonlama almashinuvi.
Dart tili- Google kompaniyasi tomonidan, umumiy qo‘llanish uchun yaratilingan dasturlash tilidir. U asosan veb dasturlar yaratish uchun mo‘ljallangan bo‘lib(ham mijoz, ham server tomon uchun), shu bilan birga mobil ilovalar ham yaratish mumkin. Dart - obektga yo‘naltirilgan dasturlash tilidir. Dart tilidagi barcha qiymatlar obektlardan iborat. Dart dasturlash tili rivojlanishida ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan dasturlash tillarini ta’siri katta, bular, Smalltak, Java, JavaScript.
Delphi tili - Borland International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmalarni tezkor ishlab chiqish tizimi. Delphi tili Microsoft kompaniyasining Visual Basic tiliga o‘xshash, lekin Visual Basic tili Basicga asoslangan bo‘lsa, Delphi tili esa Pascalga asoslanganligi bilan farqlanadi. Delphi dasturi - soddaligi,
216
komponentlarning ko‘pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. ajralib turuvchi dastur Delphi da birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha keyin biladi. Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o‘zgaruvchilarni oldindan e’lon qilib qo‘yish evaziga ishlatilmaydigan o‘zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi.
DHTML (Dynamic HyperText Markup Language) - Dinamik HTML tili. Aks ettirilayotgan sahifalarga interaktivlik berish uchun mo‘ljallangan HTML tilining kengaytmasi. O‘z ichiga rang, shakl, belgilar shakli, ayrim sahifa elementlarining aniq joylashishi va harakatlanishini dinamik ravishda o‘zgartirish vositalarini oladi. Dinamik HTMLning asosiy g‘oyasi shundaki, ssenariy tilida hujjatning istisnosiz barcha elementlari, ularni bezash va joylashish parametrlari (HTMLda belgilanganlar ham, CSS yordamida belgilanadiganlar ham) va hatto sahifa matni ustidan ham to‘la nazorat qilinadi. Shu tufayli HTML hujjatining xohlagan elementi istalgan yo‘nalishda harakatlanishi, o‘z formatlanganligini istalganicha o‘zgartirishi va qayta yozilishi mumkin. Bu foydalanuvchi harakatlariga javoban ham, o‘z tashabbusi bilan ham sodir bo‘lishi mumkin.
|
| |