|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 147/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатRealizatsiya yoki amalga oshirish (implementation) – ARI da amalga oshirilishi mo‘ljallanilgan usullarni amalga oshiruvchi va mijoz ishlatishiga mo‘ljallangan dastur
RabbitMQ -- xabarlar menjeri bo‘lib, u Erlang dasturlash tilida yozilgan. U bir nechta xizmat(servis)lar o‘rtasida ma’lumotlarni yuborish(xabarlar) uchun mo‘ljallangan: bitta xizmat navbatga xabar joylaydi, boshqa xizmat esa o‘sha xabarni qabul qiladi.
225
Rust tili - StackOverflowning yillik anketalari asosida ketma- ket ikki yil davomida dastur ishlab chiquvchilarning sevimli tili sifatida e’tirof etildi. Bu til Mozilla tomonidan faol qo‘llab- quvvatlandi. 2010 yilda joriy qilinib mashhurlik kasb etdi va kelajakda o‘sadigan til hisoblanadi. Ko‘pincha Rust tilini ishlab chiqish va qo‘llash ko‘lami o‘xshash bo‘lgani uchun Ci tili bilan solishtirishadi. Rustning asosiy ustunligi xotiradan xavfsiz foydalanish xisoblanadi. Ci tilining kodida eng keng tarqalgan muammo bu xotira bilan bog‘liq xatolardir (masalan buferni to‘lib ketishi). Rust kompilyatsiya paytida sodir bo‘ladigan xatolarni oldini olish uchun yaratilgan. Tajribali dastur yaratuvchilar bu tilni yaxshi ko‘rishadi, bir necha yil ichida, u juda mashhur bo‘ladi. Rust tilini ishlab chiquvchilar StackOverflow so‘roviga ko‘ra, 2017 yilda dunyoda ikkinchi o‘rinni egallagan yaxshi pul to‘lanadigan mutaxassislar hisoblanadi. Mozillaning Rust ni ishlab chiqishda ishtirok etishi ham uni tanlashga zo‘r sababdir. Rust tili o‘zida C samaradorligi va kuchli statik turlarga ajratish va turlar natijasiga ega bo‘lish kabi funksional imkoniyatga ega bo‘lgan xotira nazoratini olib borishni ifodalovchi tizimli dasturlash tili xisoblanadi. Tilni loyihalashda asosiy maqsadlar:
Xavfsizlik: ko‘pgina C-ga o‘xshash tillar xotirani qo‘lda boshqarish natijasida xatolarga yo‘l ochadi. Rust zamonaviy C++ning eng yaxshi amaliyotini qabul qiladi, kod xotirada xavfsiz ekanligini ta’minlaydi.
Tezlik: deyarli barcha tillar C dan sekinroq ishlaydi, chunki ular dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni soddalashtiradigan abstraksiyalarni ta’minlaydi. Lekin bu ijro davomida sezilarli darajada xarajatlarni oshishi xisobiga erishiladi (misol uchun, musor yig‘ish va dinamik dispetcherlik).
Raqobat: tizim tillarida raqobat kodi ko‘pincha mo‘rt va xatoga moyil bo‘ladi. Rust mumkin kafolatlar bilan ta’minlash orqali bu muammolarni yumshatish uchun harakat qiladi.
226
Ruby tili - Hamma Ruby.ni sevadi. Ushbu til do‘stona va qulay foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ruby-dasturchiga eng yaxshi do‘st, uning shiori shunday. Ruby.- yuqori darajadagi til. Undagi asosiy g‘oya "toza" va o‘qiluvchi kod yaratish orqali kam xarakat bilan ko‘pga erishish. Ruby da yaxshi yozilgan kod deyarli soddalashtirilgan inglizcha kabi ko‘rinadi. Ruby.birinchi til sifatida ajoyib tanlovdir, shuning uchun boshlovchi tezda unga o‘rganib, u bilan ishlashni yoqtiradi. Ruby asosan taniqli Ruby on Rails simfoniyasi bilan birgalikda ishlatiladi. Ushbu simfoniya Ruby tilining barcha go‘zal xususiyatlarini ochib berish va veb-yaratish uchun kuchli vositaga aylantirish imkonini beradi. Ruby on Rails o‘zining ishidan baxramand bo‘lish va yaxshi daromad topish uchun ajoyib tanlov. Ruby ning yagona katta kamchiligi uning boshqa tillarga nisbatan ochilmaganligidir. Shuning uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni cheklangan bo‘lishi mumkin.
|
| |