• Terminal
  • Funksiyani chaqirish
  • Service Pack(xizmat paketi




    Download 1,42 Mb.
    bet149/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Service Pack(xizmat paketi) - o‘zida bir qancha Update lar bajaruvchi amallarni saqlovchi paket. Uning qisqacha nomi SP. Programmaning haqiqiy versiyasi yoki avvalgi SP dan shu paytgacha bo‘lgan xatoliklarni birdaniga tuzatuvchi programma. Ya’ni, u bir
    228
    qancha Update lar ishini o‘zi bajaradi. Masalan, Windows XP chiqqanidan so‘ng, taxminan bir yildan keyin SP1 chiqdi. Bundan kelib chiqadiki, Windows XP SP1 bir yil davomidagi xatoliklarni tuzatuvchi paket hisoblanadi.
    Terminal (terminal) – operatsion tizimning buyruqlarni kiritishga imkon beradigan ilovasi
    TypeScript tili -bu JavaScript ostidagi raqobatchi loyiha, ixtiyoriy statik yozuv bilan skript tili xisoblanadi. Usul yoki funksiyaga kiritilgan barcha argumentlarni tekshirish zaruriyatini bartaraf qilib, JS dan farqli ravishda ob’ekt va sinflarning xossalari va usullarini to‘liqroq bayon etishga imkon beradi. JavaScript ning fudamental kamchiliklari bor til ekanligi haqida fikr mavjud. Aks holda, uning kamchiliklarini tuzatish uchun aniq ishlaydigan TRANS tillarning mashhurligini tushuntirish qiyin.
    UML - United Modeling Language. Modellashning birlashtiruvchi tili. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sohasidagi ob’ektli modellashning grafik izohlash tili. UML keng ko‘lamli til hisoblanadi. Tizimning abstrakt modelini yaratish uchun grafik belgilarini ishlatadigan ochiq standart. UML asosan dasturlash tizimlarini aniqlash, vizualizatsiya, loyihalash va hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UMLni ishlatish dasturiy ta’minotni modellash bilangina chegaralanib qolmaydi. Uni, shuningdek, biznes jarayonlarini modellashda, tizimni loyihalashda va korxona shaklini ko‘rsatishda ham ishlatishadi. UML dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga umumiy tushunchalarni taqdim qilishda (klass, komponent, umumlashtirish, birlashtirish va xulq-atvor) grafik belgilarda kelishtirishga imkoniyat beradi.
    Funksiyani chaqirish (function call) – funksiyani bajaradigan va qiymatini qaytaradigan ifoda
    Funksiya (function) – hisoblashlarni amalga oshiruvchi operatorlarning nomlangan ketma-ketligi
    229
    Funksiyaning xaddan tashqari yuklanishi (overloading a function) – len(), max( ) yoki abs( ) kabi biriktirilgan funksiyalar bilan bog‘liq tushuncha
    FORTRAN. Eng dastlabki yuqori pog‘onadagi dasturlash tili. Ilmiy hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan dasturlash tili. “Formulalarni o‘girish” tili FORTRAN (FORmula TRANslator) 1956 yili Jon Bekus tomonidan IBM korporatsiyasi uchun ishlab chiqilgan. Tilda arifmetik amallar, mantiqiy masalalar, ro‘yxat shakllarini tuzish, iqtisodiy hisob-kitoblar yengillik bilan bajariladi. FORTRAN tili hozirgacha mustahkam o‘rinni egallab kelmoqda. Chunki u azaldan ma’lumotlarga matematik ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Zero, inson faoliyatining bu sohasida asosiy hisoblash algoritmlari 50 yil avval qanday bo‘lsa, shundayligicha qolgan. FORTRAN tilining eng ommaviylashgan versiyalaridan ikkitasi FORTRAN IV va FORTRAN 77. 1992 yili uchinchi versiya FORTRAN 90 tasdiqlandi. Unda ko‘pgina yangi elementlar paydo bo‘ldi, turli platformalar bilan uyg‘unlik ta’minlandi, matritsalar ustida amallar qo‘shildi. Aynanlash avvaldagi 6 belgi o‘rniga 31 belgi bilan bajariladi.
    Flash. Brauzerdan mustaqil va aloqa kanalining ixtiyoriy kengligi qo‘llaydigan vektorli grafika va animatsiya texnologiyasi. Flash animatsiyasini namoyish qilish uchun brauzer kerakli plagin bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Macromedia kompaniyasi 1997 yilda ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib olmaguncha, Flash texnologiyasi FutureSplash sifatida ma’lum edi. 2005 yilda Macromedia Adobe tomonidan sotib olingandan so‘ng rasmiy nomi Adobe Flashga o‘zgartirildi.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150




    Download 1,42 Mb.