|
COBOL - Common Business Oriented Language
|
bet | 143/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатCOBOL - Common Business Oriented Language. “Biznesga yo‘naltirilgan hammabop til”. 1950 yillar oxiri - 1960 yillar boshida ishlab chiqilgan. FORTRAN tilidan so‘ng eng eski yuqori pog‘onadagi dasturlash tili hisoblanadi. Bu til katta kompyuterlarda bajariladigan biznes-qo‘llanmalarni ishlab chiqishda tarqalgan. Ingliz tiliga yaqinlashtirilgan, fayllar va yozuv shakllari bilan ishlashning rivojlangan vositalaribilan ajralib turadi. COBOL tilida ish hujjatlari uchun namunaviy bo‘lgan tuzilmaga ega ma’lumotlar yaxshi tavsiflanadi. Unda masalalar dastlabki tayyorgarliksiz bayon qilinishi mumkin.
Literal (literal) – raqamli va qatorli ma’lumotlar turlarini ifodalab beradigan matnli ko‘rinish
Lokal o‘zgaruvchi (local variable) – funksiyaning aniqlanish sohasida aniqlangan o‘zgaruvchi, uning ko‘rinish sohasi funksiya bilan chegaralangan
Lua dasturlash tili - Bu til 1993-yilda dunyoga kelgan. Shunday bo‘lsada Lua dasturlash tili bildirmasdan virtual hayotimizni ozgina bo‘lsa ham yaxshiroq qilishga yordam bermoqda.
Ma’lumotlar tuzilishi (data structure) – komp’yuter ma’lumotlarini saqlash usuli, masalan, massiv, o‘zgaruvchan o‘lchamli massiv, o‘zaro bog‘liq ro‘yhat va binar axtaruv daraxti
Ma’lumotlar turi (data type) – shu ma’lumotlar uchun aniqlangan qiymatlar to‘plami va operatsiyalar
Ma’lumotlarningxeshlashtiriladigan turi (hashable data type) – aniq joylashtirilgan hesh( ) funksiyali ma’lumotlar turi
221
bo‘lib, u dict va set turidagi ma’lumotlar bilan ishlay oladi, masalan, int, str,float, bool va tuple (ammo list emas)
Maxsus usul (special method) – Python tilining plus (), eq() yoki len() kabi operatsiyalarini bajaradigan usullaridan biri
Massiv (array) – elementlar to‘plamini saqlash va ularning yaratilishini, ularga indeks bo‘yicha kirishni, indeks bo‘yicha yozishni va saralashni ta’minlab beruvchi ma’lumotlar tuzilishi
|
| |