|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 146/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатParametrik o‘zgaruvchi (parameter variable) – funksiya bajarilish vaqtida mos argument bilan initsializatsiya qilinadigan va funksiyaning aniqlanishida ko‘rsatilgan o‘zgaruvchi
Psevdonim (alias) – bitta ob’ektga murojaat qiladigan bitta yoki undan ko‘p o‘zgaruvchilar
Polimorfizm (polymorfizm) – ma’lumotlarni turli xillari uchun bir hildagi ARI larni ishlatish
Prioritetlar qoidasi (precedence rules) – ifodadagi operatorlarni qo‘llash ketma-ketligini aniqlab beruvchi qoidalar
Parametrik o‘zgaruvchi self – ob’ekt chaqirgan usul bilan bog‘langan birinchi parametrik o‘zgaruvchi. Kelishuvga binoan bu o‘zgaruvchi self deb nomlanadi
Pascal tili. Yuqori pog‘onali umumiy maqsadli dasturlash tili. 1970 yilda Niklaus Virt tomonidan yaratilgan bo‘lib, 17 asrda yashab o‘tgan fransuz matematigi Blez Paskal sharafiga atalgan. Paskal sonlarni qo‘shish uchun mo‘ljallangan dastlabki mexanik mashinalardan birini ixtiro qilgan. Pascal tili tuzilmalashgan
224
dasturlash tili bo‘lib, boshqa ko‘plab tillarning asosi hisoblanadi. Pascal dasturlashni o‘qitishda, sanoatni dasturlashda keng qo‘llaniladi.
PHP dasturlash tili - bu dasturlash tili yordamida sayt yaratish uchun avvalo o‘z shaxsiy kompyuteringizda Virtual server o‘rnatishingiz lozim. Masalan Denwer yoki WAMPP Brauzeringiz o‘zi tushunadigan tilda kelgan sayt kodlarini natijasini ekraningizda sizga ko‘rsatib beradi va siz tayyor saytni ko‘rasiz. Demak, agar Web dasturlash bilan shug‘ullanaman deydigan bo‘lsangiz, minimum: HTML, CSS, JavaScript, PHP, MySQL larni bilishingiz kerak ekan. Bunda HTML -> Sayt karkasini yasaydi, CSS - saytni pardozini (dizaynini) amalga oshiradi, Javascript - saytni dinamikasi(haraktlarini) ta’minlaydi, PHP - saytni mantiqiy amallarini bajaradi
Perl tili - yuqori darajali interpretatsiyalanadigan dinamik dasturlash tili bo‘lib, u 1987 yilda ta’lim bo‘yicha lingvist Larri Uoll tomonidan yaratilgan. Bu dasturlash tili matnlar bilan ishlash bo‘yicha juda boy imkoniyatlarga ega. Bu esa o‘z navbatida parsing, ya’ni, biron manbadagi ma’lumotlarni ko‘chirib olish uchun juda qulay hisoblanadi.
R tili statistikada ma’lumotlarni tahlil qilish va grafik ifodalashda foydalaniladigan dasturlash tili va dasturiy muxit xisoblanadi. Bu data scientist (ma’lumotlar olimi) mutaxassislari uchun birinchi nomerli tildir. Agar siz ushbu faoliyat sohasiga qiziqsangiz, u holda R ishonchli va foydali tanlovdir.
|
| |