|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 1/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугат
INFORMATIKA FANIDAN IZOHLI LUG‘AT
Avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) - Texnik va dasturiy vositalarning shaxsiy majmuasi. U mutaxassis kasbiy mexnatini avtomatlashtirishga karatilgan va unga kerakli jujjat va ma’lumotlarni tayyorlash, taxrir kilish, izlash va (ekran yoki kogozga) chiqarishni ta’minlaydi. AIJ shaxsiy kompyuterdagi aloxida avtomatlashtirilgan tizim shaklida amalga oshirilgan yoki avtomatlashtirilgan tizim atamasi bulishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan tizim - Inson faoliyati jarayonini avtomatlashtirishga karatilgan dasturiy va apparatli vositalar tizimi. Avtomatik tizimdan farkli ularok, avtomatlashtirilgan tizim xar doim inson ishtirokida faoliyat kursatadi va inson uning asosiy buginidir
Avtomatlashtirilgan tizimning matematik ta’minoti - Tizimni boshkarish va uning yordamida xisoblash texnikasida axborotga ishlov berish vazifalarini bajarish uchun zarur bulgan jami algoritmlar va dasturlar
Avtomatlashtirilgan tizim resursining xavfsizligi - Konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik kabi uch tavsifni ta’minlashdan iborat. Tizim tarkibiy qismining konfidensialligi shundaki, unga fakat tegishli vakolatlarga ega bulgan sub’ektlar (foydalanuvchilar, dasturlar, jarayonlar) kira oladi. Tarkibiy qismning butunligi uni fakat tegishli xukukka ega bulgan sub’ekt tomonidan uzgartirish mumkinligini nazarda tutadi. Kirishimlilik tegishli vakolatlarga ega bulgan sub’ekt xar kachon aloxida muammolarsiz tizimning zarur bulgan tarkibiy qismidan (resursidan) foydalanishi mumkinligini bildiradi
Avtomatlashtirilgan tizimda axborotga ishlov berish - tizim vositalaridan foydalanib axborot ustida bajariladigan amallar (yigish, jamgarish, saklash, uzgartirish, in’ikos etish, chiqarish va shu kabilar) majmuasi
Avtomatlashtirilgan tizimning texnik ta’minoti – Avtomatlashtirilgan tizim ishini ta’minlashga mo‘ljallangan texnik vositalar majmuasi
Adapter - Xar xil turdagi va ulchamdagi vilkalardan birgalikda foydalanish yoki ularni telekommunikatsiya rozetkasi/konnektor bilan kushish imkonini beruvchi kurilma
Additiv texnologiyalar - 3D-printer texnologiyalari
Alias - Tarmok nomi, manzil, URL sinonimi. Agarda ikkita tashki kurinishdan farkli manzil bitta xujjatga ishorat kilayotgan bulsa, ushbu manzillar aliaslardir
Alfa-kanal - qisman shaffoflik effektini yaratish maksadida tasvirni fon bilan birlashtirish jarayoni. Alfa-kanal atamasi birinchi bor 1970-yillar oxirlarida Alvi Smit tomonidan kiritilgan. GIFformati oddiy binar shaffoflikni kullaydi (ya’ni, xar bir piksel yoki butunlay shaffof bulishi xam, yoki butunlay shaffof bulmasligi xam mumkin). PNG formati qisman shaffoflikning 254 yoki 65534 darajasini kullashga imkon beradi
Alfa-testlash - Kelajakdagi dasturiy maxsulotni umumiy baxolash va unga u yoki bu kerakli xususiyatlarni kushish uchun mo‘ljallangan dastur yoki dasturiy ta’minotning dastlabki sinov boskichi
6
Alibaba group –elektron tijorat tarmog‘i infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlashni bajaradigan, qidiruv servislari, to‘lov tizimi, logistika va axborot servislari, marketing servislari, qatnashchilarning ichki texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlari va boshqalarni o‘z ichiga oladigan servislar ekotizimini ishlab chiqqan kompaniya.
Amazon - kompaniya o‘z faoliyatini onlayn supermarket sifatida boshlagan, biroq hozirgi paytda asosiy e’tiborni kontent taqdim etishga qaratadi: ma’lumotlar yig‘ish, ma’lumotlarni qayta ishlash, kompyuter resurslari, ma’lumot va xabarlarni etkazib berish kabi ko‘plab xizmatlarni o‘z ichiga olgan bulutli FT infratuzilmasini yaratish uchun kompaniyalarga imkoniyat yaratadigan ekotizimni yaratdi.
|
| |