|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 14/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатBlokcheyn texnologiyasi. Algoritmlardan tranzaksiyalarni ishonchli hisobga olish uchun foydalanadigan taqsimlangan ma’lumotlar tizimi. Tizimda ahborotni o‘zgartirish mumkin emas, chunki keyingi zanjirlar oldingi operatsiyalar haqida ma’lumotlarni himoya qiladi.
Asosiy qo‘llanish sohalari:
Identifikatsiya va ulanishni boshqarish
P2P tranzaksiyalar
Ta’minot zanjirini boshqarish
SMART-shartnomalar
Ahborot kuzatilishi
Aktivni yetqazib berish huquqini qayd qilish
Bulutli texnologiyalar (cloud computing) - Bulutli texnologiyalar - kompyuter resurslari internet-foydalanuvchiga onlayn xizmat sifatida taqdim etiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari. "Bulut" so‘zi murakkab infratuzilmani ifodalovchi metafora bo‘lib, uning orqasida barcha texnik tafsilotlar yashirinadi. Bulutli ma’lumotlarni sintezlash-
24
onlayn sintezlash modeli bulib, bu ma’lumotlar tarmoqdagi ko‘plab tarqalgan serverlarda sintezlanadi, bu esa mijozlarga, asosan, uzok masofalarga murojaat qilish imkonini beradi. Bulutli hisoblash - foydalanuvchilarga internet xizmati sifatida taqdim etiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi. Foydalanuvchi o‘z ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega, lekin boshqarish mumkin emas va u bilan ishlaydigan infratuzilma, operatsion tizim va dasturiy ta’minot haqida kaygurmasligi kerak. 2006 yildan boshlab Amazon kompaniyasi o‘zining veb-xizmatlari infratuzilmasini (WEV servic) taqdim etib, mijozga masofaviy hisoblash imkoniyatini taqdim etdi. Amazondan keyin Goole Sun va IBM shu kabi xizmatlarni taqdim etdi va 2008 yilda Microsoft nafaqat xizmat, balki to‘liq bulut operatsion tizimi bo‘lgan Windows Sazupe ni e’lon qildi. Ma’lumotlar mijoz nuqtai nazaridan bitta katta virtual server bo‘lgan bulutda sintezlanadi va qayta ishlanadi. Bulutli texnologiyalarni tarqatish arxitekturasining uchta modeli mavjud: ommaviy, xususiy, gibrid. SASS konsepsiyasiga ko‘ra, foydalanuvchi mahsulotni sotib olishda vaqtincha xak to‘lamaydi, balki uni ijaraga oladi. Bundan tashqari, u kerakli funksiyalardan foydalanadi (shunga mos ravishda ular uchun xak to‘laydi). Bulutli texnologiyalar bozori IT -bozorining boshqa segmentlaridan ko‘ra tezroq o‘sib bormoqda: 2016 yilda bulutli bozor 16,5% ga, ya’ni 175 milliard dollardan 203,9 milliard dollargacha o‘sdi. 2019 yildan har bir dasturiy ta’minot uchun sarflanayotgan 5 dollardan 1 dollari bulutli xizmatlarga to‘gri keladi. Shu bilan birga, bulut bozori an’anaviy dasturiy ta’minot bozoriga nisbatan 5 marta tezroq o‘sib bormoqda.
«Bulutli texnologiya" ning afzalliklari mavjud bo‘lib. bulutda sintezlashgan ma’lumotlarga kirishda kompyuter, planshet, internetga ulangan har qanday mobil qurilmadan foydalanish mumkin. Dunyoning istalgan joyidan menedjerlar hisobot olishlari mumkin va rahbarlar ishlab chiqarishni kuzatishi mumkin, iqtisodiyotning muhim afzalliklaridan biri
25
xarajatlarni kamaytirish xisoblangani uchun, endilikda foydalanuvchilar qimmat narxdagi kompyuterlar va zaruriy dasturiy ta’minotni sotib olishning, shuningdek, mahalliy IT- texnologiyalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassisni yollashning hojati xam bo‘lmaydi. Bulutli xisoblash - kompyuter resurslari va imkoniyatlarini foydalanuvchilarga Internet xizmati sifatida taqdim etadigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi.
|
| |