|
Axborot xavfsizligi konsepsiyasi
|
bet | 12/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатAxborot xavfsizligi konsepsiyasi - Davlat axborot xavfsizligi konsepsiyasi - milliy manfaatlar xavfsizligini ta’minlashning maksadlari, vazifalari, tamoyillari va asosiy yunalishlariga karashlarning jami. Davlat axborot xavfsizligi konsepsiyasida axborot xavfsizligini ta’minlashning ob’ektlari, maksadlari, vazifalari va mavjud muammolar belgilanadi. Tashkilot axborot xavfsizligi konsepsiyasi - tashkilotning axborot xavfsizligi soxasidagi umumiy kurinishdagi maksadlari va prioritetlari kursatilgan va ushbu
20
maksadlarga erishishning umumiy yullari belgilangan xujjat
Axborot xavfsizligi siyosati - Muxofaza kilinayotgan axborotga ishlov berishning xukukiy jixatlarini tartibga soluvchi jami kabul kilingan tashkiliy choralar. Muxofaza kilinayotgan axborotning aylanishi, uni saklash va tarkatish soxasidagi amaldagi konunlar, boshqaruv va me’yoriy materiallar, bandlar, kursatmalar, koidalar va x.k.larni xisobga olgan xolda ishlab chikiladi. Axborot muxofazasi soxasida boshqaruv va loyixa yechimlarini belgilovchi jami xujjatlar. Nozik axborotning boshkarilishi, muxofaza kilinishi va tarkatilishi asoslangan jami konunlar, koidalar va amaliy tajriba. Kompyuter muxofazasini ta’minlash uchun tanlangan reja yoki xarakatlar yunalishi. Muayyan tashkilotda boshqaruv siyosati. Boshqaruv ob’ektlari katoriga konfidensial axborot yoki cheklangan foydalanuvchilar doirasi uchun mo‘ljallangan axborotni kabul kilish, unga ishlov berish va uzatish kiradi
Axborot xavfsizligini boshkarish tizimi (AXBT - ISMS) - axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi
Axborot xizmatlari - Foydalanuvchiga axborot maxsulotini yetkazish buyicha ma’lum shaklda amalga oshiriladigan axborot faoliyati. Sub’ektlar (mulkdorlar va egalar)ning foydalanuvchilarni axborot maxsulotlari bilan ta’minlash buyicha xarakatlari. Foydalanuvchilar ixtiyoriga ularga kerakli axborot maxsulotlarini xujjatli yoki elektron shaklda takdim etish, shuningdek, foydalanuvchilarga tegishli axborot yoki axborot maxsulotlarini axborot tarmoklari buylab tarkatish.
|
| |