ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
28
AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATI. KIBERJINOYATLARNING
INSON XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
Akbarova Madinabonu Shavkatbek qizi
Andijon Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari va
Kompyuter Injiniringi fakulteti 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7743242
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola kiberxavfsizlik va uning asosiy tushunchalari,
foydalanishni nazoratlash, tarmoq xavfsizligi, foydalanuvchanlikni ta’minlash
usullari, dasturiy vositalar xavfsizligi, kiberjinoyatchilik, kiberhuquq, kiberetika
hamda inson xavfsizligini nazariy va amaliy asoslarini qо‘llanilishi bag‘ishlangan.
KALIT SO’ZLAR: Kiberxavfsizlik, tarmoq xavfsizligi, dasturiy vositalar xavfsizligi,
kiberjinoyatchilik, kiberhuquq, kiberetika, inson xavfsizligi
I.
KIBERXAVFSIZLIK
Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo’lib, unga
berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force
manbasida kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan: Kiberxavfsizlik –
hisoblashlarga asoslangan bilim sohasi bo’lib, buzg’unchilar mavjud bo’lgan
sharoitda amallarni to’g’ri bajarilishini kafolatlash uchun o’zida texnologiya,
inson, axborot va jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter
tizimlarini yaratish, amalga oshirish, tahlillash va testlashni o’z ichiga oladi.
Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan bilim sohasi bo’lib, qonuniy
jihatlarni, siyosatni, inson omilini, etikani o’z ichiga oladi.
Tarmoqlar sohasida faoliyat yuritayotgan Cisco tashkiloti esa kiberxavfsizlikka
quyidagicha ta’rif bergan: Kiberxavfsizlik – tizim, tarmoq va dasturlarni raqamli
hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberxujumlar odatda maxfiy
axborotni boshqarish, almashtirish yoki yo’q qilishni; foydalanuvchilardan pul
undirishni; normal ish faoliyatini buzishni maqsad qiladi. Hozirgi kunda
samarali kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga qaraganda
qurilmalar soni va turlarining kattaligi va buzg’unchilar salohiyatini ortishi
natijasida amaliy tomondan murakkablashib bormoqda. Kiberxavfsizlik bilim
sohasining zaruriyati birinchi meynfreym kompyuterlar ishlab chiqarilgandan
boshlab paydo bo’la boshlagan. Bunda mazkur qurilmalarni va ularning
vazifalari himoyasi uchun ko’p qatlamli xavfsizlik choralari amalga oshirilgan.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini oshib borishi kompleks va texnologik
murakkab ishonchli xavfsizlik choralarini paydo bo’lishiga olib keldi.
II. AXBOROT XAVFSIZLIGI
|