|
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCEBog'liq ARIMS0906ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
Axborot xavfsizligi - axborotning holati bo’lib, unga binoan axborotga
tasodifan yoki atayin ruxsatsiz ta’sir etishga yoki ruxsatsiz undan
foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Yoki , axborotni texnik vositalar yordamida
ishlanishida uning maxfiylik (konfidensiallik), yaxlitlik va foydalanuvchanlik
kabi xarakteristikalarini (xususiyatlarini) saqlanishini ta’minlovchi
axborotning himoyalanish sathi holati.
Axborotni himoyalash–axborot xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan choralar
kompleksi. Amalda axborotni himoyalash deganda ma’lumotlarni kiritish,
saqlash, ishlash va uzatishda uning yaxlitligini, foydalanuvchanligini va agar,
kerak bo’lsa, axborot va resurslarning konfidensialligini madadlash
tushuniladi.“Kiberxavfsizlik” va “axborot xavfsizligi” atamalaridan, tez-tez
o’rnilari almashingan holatda, foydalaniladi. Ba’zilar kiberxavfsizlikni axborot
xavfsizligi, axborot texnologiyalari xavfsizligi va (axborot) risklarni boshqarish
tushunchalariga sinonim sifatida foydalanadilar. Ayrimlar esa, hukumat
sohasidagilar
kiberxavfsizlikka
kompyuter
jinoyatchiligi
va
muhim
infratuzilmalar himoyasini o’z ichiga olgan milliy xavfsizlik bilan bog’liq bo’lgan
texnik tushuncha sifatida qaraydilar. Turli soha xodimlari tomonidan o’z
maqsadlariga moslashtirish holatlari mavjud bo’lsada, axborot xavfsizligi va
kiberxavfsizlik tushunchalari orasida ba’zi muhim farqlar mavjud.
III. KIBERJINOYATCHILIK
Kiberjinoyatchilik bu – kompyuter yoki boshqa qurilmalarga qarshi qilingan
yoki kompyuter va boshqa qurilmalar orqali qilingan jinoiy faoliyat turi bo’lib,
uning eng keng tarqalgan turlari - kompyuter qaroqchiligi, onlayn firibgarlik,
kompyuter tizimlariga hujum qilish, shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlash va
noqonuniy yoki taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatish.
Kiberjinoyatni amalga oshirganda quyidagilar asosiy maqsad sifatida qaraladi:
- pul, qimmatli qog’ozlar, kredit, moddiy boyliklar, tovarlar, xizmatlar,
imtiyozlar, ko’chmas mulk, yoqilg’i xom ashyosi, energiya manbalari va strategik
xom ashyolarni noqonuniy olish;
- soliq va turli yig’imlarni to’lashdan bosh tortish;
- jinoiy daromadlarni legallashtirish;
- qalbaki hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar, shaxsiy yutuqlar uchun kassa
chiptalarini qalbakilashtirish yoki tayyorlash;
- shaxsiy yoki siyosiy maqsadlarda maxfiy ma’lumotlarni olish;
- ma’muriyat yoki ishdagi hamkasblardan shaxsiy dushmanlik munosabatlari
uchun qasos olish;
- shaxsiy yoki siyosiy maqsadlar uchun mamlakat pul tizimini buzish;
|
| |