|
1-ma’ruza. Mavzu: Kiberhuquq va kiberetika fanining maqsadi va vazifalari
|
bet | 1/4 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 12,03 Kb. | | #133453 |
Bog'liq 1-ma’ruza. Mavzu Kiberhuquq va kiberetika fanining maqsadi va v-fayllar.org
1-ma’ruza. Mavzu: Kiberhuquq va kiberetika fanining maqsadi va vazifalari
1-ma’ruza.
Mavzu: Kiberhuquq va kiberetika fanining maqsadi va vazifalari. Kiberjinoyatchilik, kiberjinoyatchilik turlari, kiberetika, axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari. Axborotdan oqilona foydalanish kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikni ta’minlashning asosiy yoʻnalishlari. Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosati. Axborotni himoyalash usullari. Huquqiy himoya. Tashkiliy himoya. Injener-texnik himoya.
Reja:
1. Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari.
2. Oʻzbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikni ta’minlashning asosiy yoʻnalishlari.
Tayanch iboralar: Kiber xavfsizlik, kiberjinoyatchilik, kiberjinoyatchilik turlari, kiber huquq, kiberetika, huquqiy himoya, tashkiliy himoya, injener texnik himoya.
Kiber xavfsizlik - bu tizimlar, tarmoqlar va dasturiy ta'minotni raqamli hujumlardan himoya qilish choralarini amalga oshirish. Bunday hujumlar odatda maxfiy ma'lumotlarga kirishga, uni o'zgartirish va yo'q qilishga, foydalanuvchilardan pul undirishga yoki kompaniyalarning normal ishlashiga putur etkazishga qaratilgan.
Asrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi turlari bilan tilga olinayotgan kiberjinoyatchilik kirib kelganiga ham ancha bo'ldi. Uning bizga ma'lum bo'lgan virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag'larni o'zlashtirish talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlar, xususan, bo'hton, ma'naviy buzuq ma'lumotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga katta xavf solayotganidan ko'z yuma olmaymiz.
«Kiberjinoyatchilik» tushunchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma'lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini o'g'irlash (fishing va farming) va boshqa turli huquqbuzarliklar bilan izohlanadi.
Shu o'rinda kiberterrorizm va uning jamiyat hayotiga solayotgan xavfining ko'lami ham oshib borayotganini ta'kidlash joiz. Kiberterroristik harakat (kiberhujum) - komp`yuterlar va axborot kommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshirilgan, odamlarning hayoti va sog'lig'iga bevosita xavf tug'diradigan yoki potentsial xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan, moddiy ob'ektlarga katta zarar etkazishi yoki shunga olib kelishi mumkin bo'lgan, ijtimoiy xavfli oqibatlarning boshlanishi yoki maqsadi bo'lgan siyosiy sababdir. Zamonaviy terrorchilar uchun kibermakondan foydalanishning jozibadorligi kiberhujumni amalga oshirish katta moliyaviy xarajatlarni talab qilmasligi bilan bog'liq.
Ekspertlarning xulosasiga ko'ra, bu rivojlanayotgan davlatlarning taraqqiyotiga ko'maklashish, umuminsoniy demokratik tamoyillarni qaror toptirish niqobi ostida fuqarolar ongiga ta'sir o'tkazish, ularni turli yo'llar bilan o'z maqsadlari sari bo'ysundirish orqali amalga oshirilmoqda.
Kiberjinoyatlarga pul bilan bog'liq jinoyatlar bilan bir qatorda pul bilan bog'liq bo'lmagan jinoyatlar ham kiradi. Jinoyatlar odamlarga, kompyuterlarga yoki hukumatlarga zarar yetkazadi.
|
| |