• 2-modda. Axborot еrkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlari
  • 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi: axborot
  • 1-ma’ruza. Mavzu: Kiberhuquq va kiberetika fanining maqsadi va vazifalari




    Download 12,03 Kb.
    bet3/4
    Sana09.01.2024
    Hajmi12,03 Kb.
    #133453
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-ma’ruza. Mavzu Kiberhuquq va kiberetika fanining maqsadi va v-fayllar.org

    1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot еrkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya еtilishini, har kimning axborotni еrkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro`yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
    2-modda. Axborot еrkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlari
    Axborot еrkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O`zbekiston Respublikasining axborot еrkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo`llaniladi.
    3-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi:
    axborot - manbalari va taqdim еtilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to`g`risidagi ma’lumotlar;
    axborot mulkdori - o`z mablag`iga yoki boshqa qonuniy yo`l bilan olingan axborotga еgalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf еtuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
    axborotni muhofaza еtish - axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf еtish chora-tadbirlari;
    axborot resurslari - alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to`plamlari, axborot tizimlaridagi (axborot-kutubxona muassasalaridagi, arxivlardagi, idoraviy arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to`plamlari;
    axborot sohasi - sub’ektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog`liq faoliyati sohasi;
    axborot borasidagi xavfsizlik - axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati;
    axborot еgasi - qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborotga еgalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf еtuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

    Download 12,03 Kb.
    1   2   3   4




    Download 12,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza. Mavzu: Kiberhuquq va kiberetika fanining maqsadi va vazifalari

    Download 12,03 Kb.