Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies
Hosted online from Paris, France.
Date:
19
th
May, 2023
ISSN: 2835-3730
Website:
econferenceseries.com
306 |
P a g e
TA’LIMDA INNOVATSIYALAR VA UNIVERSITET 3.0 MODELI
Kasimova
Fatima Tulkunovna
Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi (DSc) TKTI.
Telefon: +998977032835
Mirjalilova Shaxnoza Mirziyod qizi
57-20 guruh talabasi Sanoat iqtisodiyoti va menejment kafedrasi.
Telefon: +998946179119
Annotatsiya:
Maqolada jahon ta'lim standartlariga javob beradigan va axborotlashgan jamiyatda
o'qitishning zamonaviy didaktik vositalarini kengroq
joriy etish va ularning
samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligi ko’rib chiqiladi. Shuningdek,
yа’ngi avlod universitlariga ya’ni universitet 3.0 modeliga bosqichma-bosqich o'tish
global ta'lim jarayonlarida integratsiya imkoniyatini beradi.
Kalit so'zlar:
Universitet, model, virtual auditoriya, individual, axborot texnologiya
vositalari, integratsiya.
Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash
maqsadida iqtisodiyotning
innovatsion rivojlantirish tizimiga o'tish jarayoni amalga oshirilmoqda. Yurtimizda
olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning eng zarur qismi bu, albatta, ta'lim
tarbiyaga borib taqaladi. Barchamizga ma'lumki, mamlakatimiz
rivojlanishi va
kelajagi ta'lim tarbiya sohasidagi sifat o'zgarishlari qilib yuqori samaradorlikka
erishishga, ularning jahon ta'limi talablariga mosligi va amaliy hayotdagi o'rnini qay
darajada topayotganligiga bog'liq. So‘nggi besh yillik
islohotlar natijasida
respublikada ta’lim sifati va qamrovini oshirish hamda rivojlantirish,
kadrlar
tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash,
ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish,
mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish
va yanada takomillashtirish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab
chiqishga qaratilgan normativ-huquqiy asoslar ishlab chiqildi va tubdan yangilandi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan O‘zbekiston
Respublikasini 2019 — 2021-yillarda innovatsion
rivojlantirish strategiyasi,
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi, Ilm-fanni 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi, “Raqamli