|
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCEBog'liq ARIMS0906ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
Uzatilgan musiqalarning aksariyati mualliflik huquqi bilan himoyalangan
bo’lsada, mazkur fayl almashinuvi noqonuniy hisoblanadi.
V. KIBERQONUNLAR
Milliy qonunlar. 2002 yil 12 dekabrda O’zbekiston Respublikasining 439-II –
sonli “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi qonuni qabul
qilindi. Ushbu qonun 16 moddadan iborat bo’lib, unda xususan, quyidagilar
belgilangan:
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga
rioya etilishini, har kimning axborotni erkin vamoneliksiz izlash, olish,
tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro’yobga chiqarilishini,
shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va
davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
4-modda. Axborot erkinligi
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq har kim axborotni
moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash
huquqiga ega.
Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari,
konstitusiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning
ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash
maqsadida cheklanishi mumkin.
6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi
Axborot ochiq va oshkora bo’lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.
Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi:
fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro’yobga chiqarish tartibi
to’g’risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari,
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun
hujjatlari;
ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda
vaziyatlar to’g’risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab
chiqarish obyektlari va kommunikasiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun
zarur bo’lgan boshqa axborotlar;
VI. INSON XAVFSIZLIGI
|
| |