|
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCEBog'liq ARIMS0906ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
- mamlakatdagi vaziyatni, hududiy ma’muriy tuzulishni beqarorlashtirish yoki
siyosiy maqsadlar uchun tartibga solish;
- talonchilik, raqibni yo’q qilish yoki siyosiy maqsadlar uchun muassasa, korxona
yoki tizim ishining tartibini buzish;
- boshqa turdagi jinoyatlarni yashirish uchun;
- tadqiqot masalalarida;
- shaxsiy intelektual qobiliyat yoki ustunlikni namoyish qilish uchun.
Kiberjinoyatchilikning turlari. Kiberjinoyat turlarini qat’iy bir tasniflashning
imkoni yo’q. Quyida kriminologiya sohasida aloqador holda kiberjinoyatlarning
turlari keltirilgan:
- iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi;
- inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga qarshi
qaratilgan kompyuter jinoyatchiligi;
- jamoat va davlat xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatchiligi.
IV. KIBERETIKA
Kiberetika
–
kompyuterlar
bilan
bog’liq
falsafiy
soha
bo’lib,
foydalanuvchilarning
xatti-harakatlari,
kompyuterlar
nimaga
dasturlashtirilganligi, umuman insonlarga va jamiyatga qanday ta’sir
ko’rsatishini o’rganadi. Kiberetika masalalariga quyidagi misollarni keltirish
mumkin:
- Internetda boshqa odamlar to’g’risidagi shaxsiy ma’lumotlarni (masalan,
onlayn holatlar yoki GPS orqali joriy joylashuvni) uzatish joizmi?
- foydalanuvchilarni soxta ma’lumotlardan himoya qilish kerakmi?
- raqamli ma’lumotlarga kim egalik qiladi (musiqa, filmlar, kitoblar, veb-sahifalar
va boshqalar) va ularga nisbatan foydalanuvchilar qanday huquqlarga ega;
- onlayn qimor va pornografiya tarmoqda qanday darajada bo’lishi kerak?
- Internetdan foydalanish har bir kishi uchun mumkin bo’lishi kerakmi?
Mulk. Axborotdan foydalanishdagi etikaga oid munozaralar uzoq vaqtdan beri
mulkchilik tushunchasini tashvishga solmoqda va kiberetika sohasidagi ko’plab
to’qnashuvlarga sabab bo’lmoqda. Egalikka oid nizolar egalik huquqi buzilgan
yoki noaniq bo’lgan hollarda yuzaga keladi.
Intellektual mulk huquqlari. Internet tarmog’ining doimiy ravishda o’sib borishi
va turli ma’lumotlarni siqish texnologiyalarining (masalan, mp3 fayl formati)
paydo bo’lishi “peer-ro-peer” fayl almashinuviga katta yo’l ochdi. Bu imkoniyat
dastlab Napster kabi dasturlar yordamida amalga oshirilgan bo’lsa, endilikda
BitTorrent kabi ma’lumotlarni uzatish protokollarida foydalanilmoqda.
|
| |