• Blokcheyn texnologiyalari (Block chain).
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)




    Download 1,42 Mb.
    bet13/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) - Xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, kayta ishlash va yetkazish bilan boglik bulgan ob’ektlar, xarakatlar va koidalar, shuningdek barcha texnologiyalar xamda sanab utilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi soxalar majmuasi. AKTtushunchasiga mikroelektronika, kompyuter va dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar ishlab
    21
    chikish xamda ishlab chiqarish, Internetdan foydalanishni ta’minlash, Internetning axborot resurslarini ta’minlash, shuningdek sanab utilgan soxalar bilan boglik bulgan turli xil xodisalar va bu faoliyat soxalarini tartibga soluvchi koidalar (rasmiylari kabi norasmiylari xam) kiradi.Axborotni yaratish, uzatish, boshkarish va unga ishlov berish bilan boglik bulgan texnologiyalar.Xoxlagan kommunikatsiya kurilmasi yoki kullanmaga nisbatan ishlatiluvchi umumiy atama, jumladan: radio, televideniye, mobil telefonlar, kompyuterlar va tarmok uskunalari va dasturiy ta’minot, yuldosh tizimlari va x.k., shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar, masalan, videoanjuman va masofaviy ta’lim. AKT, shuningdek, torrok ma’noda xam ishlatiladi, masalan, AKTta’limda, tibbiyotda, kutubxonada va x.k. Yevropa Komissiyasi fikricha, AKTmuximligi texnologiyaning uzida emas, balki AKTning axoli orasida kuprok axborot va kommunikatsiyasidan foydalanish kobiliyatidadir. Dunyoning kup mamlakatlari AKTrivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan, chunki rivojlangan mamlakatlarning texnologiya jixatidan kamrok rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yuk xududlar urtasidagi iktisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin. Jaxon mikyosida BMT rakamli tabakalanishga karshi vosita sifatida “AKTrivojlanish uchun” dasturini aktiv ravishda olga surmokda.
    Blokcheyn texnologiyalari (Block chain). Blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy servirga ulanmagan bo‘ladi. Bu ma’lumotlar to‘plami bloklar deb ataladigan tartibga solingan qaydlar doimiy o‘sib boradigan ro‘yxati saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va bundan oldingi blokka havolaga ega bo‘ladi.
    22

    Blokcheyn texnologiyasining muhimligi nimada? Bugungi kunda biz markazlashgan interaktiv internet platformasi orqali axborotni bo‘lishishga ko‘nikib qolganmiz. Biroq gap moddiy boyliklarni (pulni) o‘tkazish haqida borganda biz odatda markazlashtirilgan moliyaviy muassasalar (banklar) xizmatlaridan foydalanishga murojaat qilamiz. Ha, internet orqali to‘lovlar usullari amalda bu tarmoq dunyoga kelgan paydo bo‘lgan (eng ko‘zga tashlanadigan misol — PayPal), biroq ular, qoidaga ko‘ra, bank hisob raqami yoki kredit kartasi bilan integratsiya talab qiladi.
    Blokcheyn texnologiyasi «ortiqcha bo‘g‘in»dan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy xizmatlar sektori bajaradigan uch muhim rolni o‘z zimmasiga olishi mumkin: bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxs haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish. Bu ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki butun dunyoda moliyaviy xizmatlar bozori – bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng katta bozordir. Bu tizimning hech bo‘lmasa bir qismini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazish moliyaviy xizmatlar sohasida ko‘p sonli uzilishlarga olib keladi, lekin shu bilan bir paytda, bunday xizmatlar samaradorligini sezilarli oshirishga imkon beradi. Har qanday blokcheyn, Bitkoindan foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’i nazar, taqsimlangan hisoblanadi: u butun dunyo bo‘ylab ko‘ngillilar kompyuterlarida ishlaydi, shunday ekan, unda buzib kirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar markaziy to‘plami yo‘q. Blokcheyn
    23
    ommaviy: uni istalgan kishi istalgan payt ko‘rib chiqishi mumkin, chunki u tranzatsiyalar auditi va hisobi bilan shug‘ullanadigan bironta tashkilotda emas, tarmoqda joylashgan. Blokcheyn shifrlangan: unda virtual xavfsizlikni ta’minlash uchun ommaviy va xususiy kalitlar (bank yacheykasi uchun ikkita kalit tizimi kabi) qo‘llanadigan kuchli shifrlash tizimi foydalaniladi.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150




    Download 1,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)

    Download 1,42 Mb.