|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 21/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатVirtual valyutalar – raqamli dunyo valyutalari. Bitkoin, kriptovalyutalar va blokcheyn – ushbu tushunchalar birinchidan, raqamli iqtisodiyot bilan aloqador, ikkinchidan, oxirgi paytlarda ushbu mavzuga e’tibor yuqoriligi sababli bu atamalarni tushunishda chalkashliklar yuzaga kelmoqda.
Virtual (raqamli/elektron) valyuta – bu moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, to‘laqonli pul belgisi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari.
Virtual voqelik. Virtual, ya’ni haqiqatan mavjud bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lib undan boshqacha qabul qilinadigan muhit. “Virtual voqelik” tushunchasi kompyuter vositalari yordamida yaratilgan dunyoni bildiradi. U haqiqatan mavjud bo‘lmaydi, biroq kompyuter insonning ko‘rish, eshitish va boshqa hissiyot organlariga ta’sir qilib, ushbu dunyodan foydalanish illyuziyasini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, inson ushbu dunyoda ro‘y berayotgan voqealarga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkinligi voqeiylik hissini kuchaytiradi. Virtual voqelikdan foydalanishning oddiy misoli bu kompyuter o‘yinidir. Kuzatuvchini ekran orqasidagi tasavvur qilinayotgan dunyoga olib kiruvchi ko‘rish va eshitishni ta’minlovchi kompyuter tizimlari. Foydalanuvchi atrofida kompyuterlar tomonidan yaratilgan voqelik hissini beruvchi tasavvur va tovushlar paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi sun’iy dunyo bilan uning harakatlari va tuyg‘ularini hamda audiovizual effektlarini bog‘lovchi shlem va qo‘lqop kabi turli sensorlar orqali muloqotda bo‘ladi. Virtual voqelik sohasidagi kelgusi tadqiqotlar kuzatilayotgan narsalarning haqqoniyligi tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilgan.Axboriy o‘zaro ta’sir qilishning yangi texnologiyasi. U
39
murakkab multimediaamaliy muhitlar yordamida voqeiy vaqtda bo‘rttirilgan tarzda aks ettirilgan “ekran dunyosidan” bevosita foydalanish va unda bo‘lish illyuziyasini yaratadi. Bu foydalanuvchi tasavvurida yaratiladigan mavhum dunyodir.
Virtual mobil aloqa operatori. Boshqa operator infratuzilmasidan foydalanuvchi, biroq o‘z savdo belgisi ostida xizmatlarni ko‘rsatuvchi mobil aloqa operatorlari. Odatda asosiy operator bilan bitta mobil aloqa va kommutatorlar hamda yagona billing tizimi qo‘llaniladi. Bunday sxema virtual operatorga mobil tarmoqni qurish va qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan katta kapital mablag‘lardan voz kechishga imkon beradi. Ko‘p hollarda virtual operator katta kompaniyalar qamrab ololmaydigan bozor segmentlarini qamrab olishga muvaffaq bo‘ladi (masalan, xizmatlardan qoniqmagan sobiq abonentlar).
|
| |