• Jamiyatning axborot potensiali
  • Jamoa bo‘lib foydalanish liniyasi.
  • Zararli dastur
  • Yetkazib beruvchilar elektron tarmog‘i




    Download 1,42 Mb.
    bet29/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Yetkazib beruvchilar elektron tarmog‘i - Elektron biznes tizimi doirasida harakat kiluvchi yetkazib beruvchilar zanjiri yoki tarmog‘i.
    Yopik dastlabki kod (closed source software) - Yopik dastlabki kod - ochiq kod antonimi. Ochiq kod tushunchasiga kirmaydigan ixtiyoriy dastur va litsenziyalar. Bunda, faqat binar (kompilyatsiya kilingan) dastur versiyalari tarqatiladi. Litsenziya mavjudligi dastlabki kodga kirish imkoniyati yo‘qligini bildiradi. Dasturni o‘zgartirishni texnik jixatdan bajarib bo‘lmaydi. Dastlabki kodga kirish imkoniyati uchinchi tarafga faqat ovoza kilmaslik kelishuviga qo‘l qo‘yilgandan keyin beriladi. Yopiq kodli dasturiy ta’minot propriyetar (shaxsiy mulk) dasturiy ta’minoti hisoblanadi.
    Yopiq kanal. Ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishdan muhofazalangan mantiqiy kanal. Bunday mantiqiy kanallarning protokollari transport pog‘onasidan yuqorida joylashgan bo‘ladi va o‘zaro aloqadagi foydalanuvchilar orasidagi uzatishning konfidensialligini kafolatlaydi.
    Yorqinlik. Kompyuter grafikasida rang tavsiflanadigan uch tavsifnomadan biri (to‘yinganlik va tus bilan bir qatorda). Ravshanlik nurlanish energiyasining darajasini (yorug‘lik oqimi zichligini) belgilaydi.
    51
    Jamiyatning axborot potensiali. 1.Axborot resurslarini faollashtirish va ulardan samarali foydalanish imkonini beruvchi jami vosita, usul va sharoitlar. 2. Axborotni ishlab chiqish va axborot xizmatlarini ko‘rsatish qobiliyati.
    Jamiyatning axborot madaniyati - Jamiyatning o‘z ixtiyorida bo‘lgan axborot resurslari va axborot kommunikatsiyasi vositalaridan samarali foydalanish qobiliyati. Shuningdek, ushbu maqsadlarda axborotlashtirish va axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish sohasidagi ilgor yutuklardan foydalanish xam nazarda tutiladi.
    Jamoa bo‘lib foydalanish liniyasi. Ko‘p tomonlama aloqa liniyasi. Bu liniyadagi barcha abonentlar bir xil raqamga ega bo‘ladilar, individual farqlash boshqa belgilarga, masalan, chaqiruv signali parametrlariga qarab yuz beradi.
    Jarayon. 1.Berilgan sharoitlarda erishiladigan maqsad yoki natija bilan belgilanuvchi voqealarning berilgan ketma-ketligi.
    2. Dastur yoki uning qismi bajarilayotganda ro‘y beradigan voqealarning berilgan ketma-ketligi.
    Zararli dastur. 1. Mustaqil kompyuter dasturi yoki kompyuter tizimi, tarmoq yoki mashina tashuvchilarida saqlanayotgan axborotni ruxsatsiz o‘chirish, blokirovkalash, o‘zgartirish yoki ko‘chirish maqsadida mavjud bo‘lgan
    dasturlarga o‘zgartirishlar kiritish. 2 . Maxsus virus dasturi. Zich bufer. Kabel konstruksiyasi, bunda har bir tola diametri 900 mikrongacha bo‘lgan termoplastik himoya qobig‘i bilan zich o‘ralgan. Bu bilan tola chegaraviy tortish kuchining yuqori ko‘rsatkichiga erishiladi, bu esa montaj, ekspluatatsiya qilish va ulanishlar bajarilishining pishiqligi hamda ishonchliligini ta’minlaydi.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   150




    Download 1,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yetkazib beruvchilar elektron tarmog‘i

    Download 1,42 Mb.