|
Delisting - qimmatli qog‘ozlarni kotirovka ro‘yxatidan chiqarish
Demarketing
|
bet | 26/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатDelisting - qimmatli qog‘ozlarni kotirovka ro‘yxatidan chiqarish
Demarketing – tovarlarga bo‘lgan talabning o‘sib borishi sababli, mavjud resurslar bilan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlaridan yuqori bo‘lganligi sababli marketing sohasidagi vaziyat va xulq-atvor xarakteri. Bunday holda, talabni pasaytirish, kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar shaklida to‘xtatib turuvchi marketing - demarketingni o‘tkazish tavsiya etiladi.
Demping - chet mamlakatlarda tovarlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar asossiz deb hisoblaydigan narxlarda sotish. Demping - mahsulotni uzoq vaqt davomida ishlab chiqarish xarajatlari va transport xarajatlarining o‘rtacha qiymatidan past narxlarda sotish; taqqoslanadigan mahsulot bo‘yicha ichki bozor narxlaridan past narxlarda eksport bozorlarida
47
tovarlarni sotish; import qiluvchi mamlakat ishlab chiqaruvchilari bilan raqobat qila olmaydigan narxda sotiladi.
Diversifikatsiya – biznesni rivojlantirish, turli faoliyat sohalari o‘rtasida riskni taqsimlash hisobiga foyda olish kafolatini oshirish maqsadida yangi tovarlar bilan yangi bozorga chiqish.
Direkt-marketing - bu kompaniyalar har bir iste’molchisiga tovarlar va xizmatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing muloqotlarini muvaffaqiyatli qurish va ul0ar bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish orqali bir qator faoliyatlardir. Shu bilan birga, kommunikatsiyalar ikki tomonlama xarakterga ega: direkt-marketing vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab, siz mijozlar bilan qaytuvchan aloqa o‘rnatibgina qolmay, balki iste’molchilardan o‘z taklifingizga javob reaksiyasi olishingiz mumkin.
Direkt-meyl - reklamaning bir usuli: reklama materiallarini bevosita potensial xaridorlarga, pochta orqali mijozlarga yuborish.
Distribyutor - hududiy bozorlarda tovarlarning muayyan turlarini ulgurji sotib olish va sotishni amalga oshiruvchi kompaniya, tadbirkor. Distribyutorlar odatda uskunalarni, texnik yangiliklar, kompyuter dasturlarini sotib olish va sotish uchun imtiyozli huquqlarga ega. Agar firma o‘z mahsulotini chet elda sotish uchun o‘z distribyutoriga ega bo‘lishi mumkin, u erda tuzilgan shartnoma asosida uning yagona vakili (umumiy distribyutori) hisoblanadi.
|
| |