Informatikaning asosiy atamalari




Download 1,42 Mb.
bet27/150
Sana07.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#131556
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150
Bog'liq
Информатикадан изохли лугат

3D-print. Materiallarni ketma ketlikda bosish vositasida raqamli model asosida 3 o‘lchamli ob’ektlarni qatlamlab yaratish usuli. 3D-print da plastmassa, shisha va yog‘och foydalaniladi.
Asosiy qo‘llash soxalari:

  1. Sog‘liqni saqlash va SMART-tibbiy uskunalari

  2. Asboblar va detallar tayyorlash

48

  1. Prototip yaratish

  2. Ta’minot zanjirini optimallashtirish

  3. Tovarlarni individuallashtirish

  4. Masofaviy ishlab chiqarish

Domen – 1. Tarmoq ichida umumiy qoidalar va tartibotlar asosida yaxlit shaklda idora etiluvchi kompyuterlar va qurilmalar guruhi. Internet tarmog‘ida domen IP-manzil bilan belgilanadi. 2 Ikki nuqta orasidagi domen manzili qismi. Chekka o‘ng tomondagi domen yuqori pog‘ona domeni bo‘ladi. Masalan: ministry.gov.uz – 3-pog‘ona domeni; gov.uz – 2-pog‘ona domeni; uz – yuqori pog‘ona domeni. Shunday qilib, yuqori pog‘ona domenlari shajarasi tashkil bo‘ladi: yuqori pog‘ona uz (O‘zbekiston) domeni, o‘z ichiga olgan gov (hukumat) domeni, uni o‘z ichiga olgan ministry (vazirlik) va uni o‘z ichiga olgan www (www serveri). Nolinchi pog‘ona domenlari har doim tarmoq nomlarini bildiradi. Nol pog‘ona domenlari – xalqaro shartnomalar predmeti. 1chi va undan yuqori pog‘ona domenlarini taqsimlash vakolatli tashkilotlar va provayderlar tomonidan amalga oshiriladi. 3 Ma’lumotlar bazalari texnologiyalarida domen atributning mumkin bo‘lgan qiymatlari tavsifidir. 4 Windows OTda domen bu kompyuterlarning mantiqiy guruhidir. U markaziy ma’lumotlar to‘plam katalogini ishlatuvchi Microsoft Windows operatsion tizimining turli versiyalari bilan ish yuritadi. Mazkur markaziy ma’lumotlar to‘plami (Windows 2000 dan boshlab Active Directory, yana Windows NT Server OT da NT Directory Services) domen resurslari bo‘yicha foydalanuvchi hisobi va xavfsizlik ma’lumotiga ega. Har bir domendagi kompyuterdan foydalanuvchi o‘zining alohida hisobiga va foydalanuvchi nomiga egadir. Aynan shu foydalanuvchi hisobiga domen resurslariga kirish va foydalanish imkoniyati beriladi.

Download 1,42 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150




Download 1,42 Mb.