• Grafik interfeys
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet24/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Global tarmoq - Bir necha mamlakatlarda joylashgan va hududiy tarmoqlarni birlashtirib yaratilgan tarmoq. U ko‘p sonli foydalanuvchilarga tarmoq xizmatlarini va resurslarini taqdim qilish maqsadida yaratiladi. O‘zining katta o‘lchamlari tufayli har bir global tarmoq o‘z foydalanuvchilariga minglab ma’lumotlar bazalarini, qit’alararo elektron pochtani, amalda ixtiyoriy mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olishni taqdim etadi. Bunday tarmoqqa misol Internetdir. Shu bilan birga, kompaniyaning
    43
    turli mamlakatlarda joylashgan filiallarini birlashtiruvchi global korporativ tarmoqlar ham farqlanadi.
    Grantlar - O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda aniq ilmiy, ilmiy-texnika dasturlari va loyihalari, innovatsion loyihalar, grant metodida nazarda tutilgan shartlar bo‘yicha aniq ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida grantlar berish huquqini olgan fuqarolar va yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy fuqarolar va chet ellik yuridik shaxslar, shuningdek xalqaro tashkilotlar tomonidan bepul va qaytarib beriladigan pul mablag‘lari va boshqa mablag‘lar.
    Grafik interfeys- Foydalanuvchining hisoblash tizimi bilan o‘zaro aloqasini tashkil qiladigan grafik muhit. Grafik interfeys g‘oyasi amaliy tizim haqida axborot taqdim etishning tabiiyligidan foydalanishdan iborat. Foydalanuvchi interfeysining asosiy tushunchalari bo‘lib, oyna va piktogramma hisoblanadi. Grafik interfeysni ishlatadigan tizimda amallarni bajarish, oynalar bilan va ular ichida ishlashdan iborat.
    Dastur - Hisoblash mashinasiga algoritmni beruvchi ko‘rsatmalar (buyruq yoki tasnif va operatorlar)ning ketma-ketligi. Dastur kompyuter tomonidan qaysi tartibda, qaysi ma’lumotlar ustidan va qaysi amallar bajarilishi va natija qaysi shaklda taqdim etilishini ko‘rsatadi. Kompyuterning boshqarish qurilmasi mashina buyruqlari ketma-ketligi shaklida berilgan dasturni qabul qiladi. Dasturni mashina tilida yaratish – noqulay va katta mehnat talab qiluvchi jarayon. Shuning uchun kompyuter uchun dastur inson tomonidan dasturlash tillaridan birida yaratilib, keyin esa kompyuterning o‘zi ushbu dasturni mashina tiliga o‘giradi. 2 Ma’lum natijani olish uchun kompyuter va boshqa kompyuter qurilmalari faoliyati uchun mo‘ljallangan jami ma’lumot va buyruqlarni taqdim etishning ob’ektiv shakli. 2019 yil 20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirzo
    44
    Ulugbek innovatsiya markaziga tashrif buyurdi va yangi IT parkini ochdi. IT parkga 2020 yilda 10 million dollarlik dasturiy mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish va 2025 yilda bu ko‘rsatkichni 100 million dollarga chiqarish vazifasi yuklatildi. Taqqoslash uchun, Xindiston 2018 yilda 185 milliard dollarlik, Belarus esa 40 milliard dollarlik dasturiy mahsulotlarni eksport qilganligi kuzatildi. Yosh innovator, dasturchilarga shuni aytish mumkinki, Mark Sukerberg (Facebook asoschisi- 32 yoshda) 2016 yilda – 56.6 mlrd dollar, 2019 yilda esa – 79.8 mlrd dollar mablag‘ga ega bo‘ldi. Bill Geyts (Microsoft asoschisi ) ning mablag‘i esa 2016 yilda – 78.7 mlrd dollarni, 2019 yilda esa – 115.8 mlrd dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda 1 mln. dasturchilar tayyorlash loyihasiga takliflar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

    • Maktabda matematika va matematik logikaga qobiliyati yuqori bo‘lgan o‘quvchilarni ajratib olish (1 - 4 sinf) mexanizmni ishlab chiqish.

    • Ta’limda 1-11 sinflarda qobiliyatni rivojlantirish (12- omil) modelini joriy etish

    • Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni o‘quv standartlarini qayta ishlab chiqish. Keraksiz fanlarni 2 barabar qisqartirish.

    • Tanlovlar o‘tkazib qobiliyatli informatika o‘qituvchilari va o‘quvchilarni rag‘batlantirish (sportchilarga o‘xshab kvartira va avtomashina berish).

    • Ta’limda dunyodagi eng yangi dasturlarni o‘zida mujassam etgan Noutbuk bilan ta’minlash ( ijora to‘lovi asosida)

    • Prezident maktablarida qobiliyatli dasturchilar tayyorlash

    • TATUga va INXAga o‘xshash dasturchi tayyorlaydigan OTMni filiallari va fakultetlarini viloyatlarda ko‘paytirish. Bu oliy ta’lim muassasalarida grant bo‘yicha qabulni ko‘paytirish. Professor-o‘qituvchilarning ish xaqini va talabalar stipendiyalarini keskin oshirish kerak.

    45

    • O‘quv dasturlarni va darsliklarni yaratishda AQSh, YeI, XXR, Indiya eng yangi dasturlaridan foydalanish

    • Talabalarni Amazon, Apple, HUAWEI, Alibaba, IBM va boshqa gigant kompaniyalarda ishlashga tayyorlash

    • Ochiq Universitet (Indiya va Xitoy tajribasi) tashkil etib, 1 mln. dasturchilarni masofadan tayyorlash.

    • O‘zbekiston OTMlari (TATU, INXA, AMITI va IT akademiyasi, viloyatlardagi 1T park markazlari ...) bilan hamkorlikda HUAWEI va ALIBABA biznes maktablari filiallarini va dasturlash markazlarini ochish.

    • “El-Yurt Umidlari” Prezident jamg‘armasi yordamida matematika va matematik logikaga qobiliyati yuqori talaba va o‘qituvchilarni HUAWEI, ALIBABA va Xindiston dasturlash biznes maktablariga o‘qishga yuborish.


    Download 1,42 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150




    Download 1,42 Mb.