|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 32/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатInitsializatsiyalash - Dastur yoki tizimni yurgizish jarayoni. Dasturlashda - dastlabki qiymatli o‘zgaruvchini belgilash. AppleMacintoshkompyuterlari muhitida disk initsializatsiyalash uni formatlashni bildiradi.
Inkapsulyatsiya - Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash atamasi. Dasturni klasslar deb ataluvchi xamda ma’lumotlarni va ularga ishlov berish tartibotini birlashtiruvchi aloxida turdagi modullarga ajratishni bildiradi. Bunda klassdagi ichki ma’lumotlarga faqat mazkur klass uchun mo‘ljallangan tartibda ishlov berilishi mumkin. Xar bir bunday klass amalga oshirish (yoki taqdim etish) deb ataluvchi ichki va interfeys deb ataluvchi sirtki qismga ega. Amalga oshirish faqat interfeys orqali mumkin. Shunday kilib, klassni amalga oshirish xuddi kapsulaga solingan va yashirilgan bo‘lib, inkapsulyatsiya atamasi shundan kelib chikkan.
Innovatsion marketing – bu klassik marketing konsepsiyasi bo‘lib, kompaniya doimiy ravishda o‘z mahsulotlarini, shuningdek, ularni reklama qilish va marketingning shakllari va usullarini takomillashtirib borishi kerak. Innovatsion marketing ikki yo‘nalishga ega - yangi mahsulotni sotish va mavjud mahsulotni modernizatsiya qilish.
Innovatsion platforma -innovatsion ekotizimga birlashgan kompaniyalar tomonidan texnologiya, mahsulot yoki xizmat ishlab chiqiladi
55
Innovatsion platformalar - ular 911 milliard dolllar kapitallashuvga ega bo‘lgan 5 ta kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu toifani kuchli tarmoqlarga ega bo‘lgan kompaniyalar tashqil etadi. 5 ta kompaniyalar integratsiyalashgan platformalar toifasini tashqil etadi. Ushbu kompaniyalar bozor kapitallashuvi
2 trln dollarga teng bo‘lgan Apple, Soogle, G‘asebook, Amazon, Alibaba kompaniyalaridir. Ushbu guruhdagi kompaniyalar uchinchi tomon ishlab chiquvchilari tarmog‘ini boshqaradigan ikki tomonlama bozorlarni va innovatsiyalarni ta’minlaydigan tranzaksion platformalarning jihatlariga yega. 5 ta kompaniya investitsion platformalar toifasini tashqil etadi. Ushbu toifaga quyidagi kompaniyalar kiradi: Rriceline Ggour (SShA), Softbank (Yaponiya), Naspers (Yujnaya Afrika), IAC Interactive (SShA), Rocket Internet (Germaniya). Ular platforma kompaniyalarini portfelli moliyalashtirish uchun aniq strategiyaga ega. Ikkita eng muhim platformalar bular sog‘liqni saqlash va ish bilan ta’minlashdir. Dunyoda bandlik sohasida 300 ga yaqin platforma faoliyat olib boradi.Videokonferensiya sifatini oshishi va arzonlashishi, bir qator yetakchi mamlakatlarda tibbiy xizmatlarga talabning ortib borishi va sug‘urta qonunchiligidagi
muhim tarkibiy qismlardan va umumiy qoidalardan, shu jumladan platformaning ishlashi uchun standartlardan iborat to‘liq tuzilmadir. Platformani birinchidan loyixalash,ikkinchidan qurish, uchinchidan uni texnologik jihatdan rivojlantirish zarurdir.
Innovatsiya - fan yutuqlari va ilg‘or tajribadan foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni takomillashtirish va rivojlantirish jarayonlari, yangi iste’mol xususiyatlarga ega mahsulotlarni (tovar, mahsulot, texnika, texnologiya, boshqa tashqiliy shakl va vositalar) shakllantirish, amaliyotga joriy etishga asoslangan investitsion va ijodiy faoliyatning
56
moddiylashgan yakuniy natijasi bo‘lib, bozor va ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga ko‘maklashadi, xarajatlarni
tejaydi va insonlarning turli xil hayot va faoliyat sohalarida turlicha samara berishini ta’minlaydi.
|
| |