|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 28/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатDrayver - Boshqaruvchi dastur. Odatda, bu bajarilayotgan dasturning ma’lum moslama bilan o‘zaro ishlashini ta’minlovchi va undan qulay foydalanishga yordam beruvchi amaliy tizimning
49
dasturidir. Masalan, klaviatura, displey, sichqoncha, printer va shular kabi drayverlar mavjud. Drayver dasturlarning moslamaga qaratilgan buyruqlarini qabul qilib, ularni moslamani boshqarish buyruqlariga aylantiradi, shuningdek u xizmat ko‘rsatilayotgan moslamadan uzilishlarni qayta ishlaydi. Bunda drayver moslamaning tuzilishidagi xususiyatlar va vaqtning voqeiy ko‘lamidagi ishlash xususiyatlarini hisobga oladi. Moslama mumkin bo‘lgan moslamalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, bunday moslama drayveri odatda amaliy tizim tarkibiga kiradi. Moslamalar drayverlari kompyuter yoqilganda avtomatik tarzda yuklanib, undan keyin foydalanuvchi uchun ko‘rinmas tarzda bajariladi.
Dron - uchuvchisiz havo vositasi. Masofadan boshqariladigan uchuvchi, suzuvchi transport vositalari. Dronlar yo‘nalish bo‘yicha mustaqil (kompteri tufayli) uchishi yoki yerdagi buyruqlarni bajarishi mumkin.
Masofadan boshqariladigan uchar, suzar va transport vositalari. Dronlar yo‘nalish bo‘yicha mustaqil (bort kompteri tufayli) uchishi yoki yerdagi uchuvchi buyruqlarni bajarishi mumkin.
Asosiy qo‘llanish sohalari:
Sug‘arta talablarini validlash
Infratuzilma tekshirish
Yuk yetqazish
Qurilish maydonini boshqarish
O‘rmon ho‘jaligi
Asbob-uskunalar holatini nazorat qilish
Dyuym (niderlandcha katta barmok) - Yevropaning metrli bo‘lmagan o‘lchov tizimlarida ishlatiladigan o‘lchov birligi. Tarixdan esa dyuym - katta erkak kishining katta barmogi enini bildiradi. Bugungi kunda kompyuter grafikasidagi o‘lchov birligi hisoblanib, 1 dyuym 2,54 santimetrga teng.
50
- Ye –
ERP - korxonaning ishlab chiqarish, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarini boshqarish muammolarini izchil hal etish konsepsiyasi, ba’zan korxona miqyosida resurslarni rejalashtirish tizimi deb ataladi.
ERP II (Enterprise Resource and Relationship Processing - bu ERP funksiyalaridan tashqari, korxonaning o‘ziga xos xususiyatlarini, ichki va tashqi hamkorlikni, operatsion va moliyaviy jarayonlarni integratsiyalashuvini ta’minlash uchun dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish strategiyasidir.
|
| |