|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 36/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатInterfaol taqdimot – iyerarxik tamoyillar bo‘yicha tuzilmaga keltirilgan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to‘plami.
Interfeys - Ikki tizim o‘zaro samarali aloqada bo‘lgan
60
makon. Ikkita funksional qurilmalar orasida birgalikda foydalaniladigan berk makon. U vazifa, fizik o‘zaro ishlash va signal almashinuvlari hamda boshqalarga xos turli tavsifnomalar bilan belgilanadi. Qurilma va dasturlarning o‘zaro yoki foydalanuvchi bilan ishlashiga oid jami qoidalar va ushbu ishlashni amalga oshiruvchi vositalar. Interfeys tushunchasi turli qurilma yoki dasturlarni o‘zaro yoki foydalanuvchi bilan bog‘lovchi apparatli va dasturli vositalarni ham, ushbu vositalarga asoslanib yaratilgan qoida va algoritmlarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, qurilmalar interfeysi – bu ular orasidagi aloqa liniyalari, biriktirish qurilmalari, qurilmadan qurilmaga uzatiluvchi signal va ma’lumotlarni o‘girish usuli hamda aloqa kanalining fizik xususiyatlaridan iborat.
Iste’mol narxlari indeksi – iste’mol savatchasi qiymati, iste’mol tovarlari va xizmatlari, oziq-ovqat tovarlari, uy-joy, sanoat tovarlari, yoqilg‘i narxining dinamikasining nisbiy ko‘rsatkichi. Mamlakatda inflyatsiya darajasini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ichki veb-sayt - tashqilot doirasida yaratilgan va faqat o‘sha tashqilot ichki tarmog‘idan foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sayt.
Ish maydoni – ob’ekt yoki matn kiritish sohasi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i – berilgan texnologiyalar rivojlanishi darajasida mavjud resurslardan to‘liq foydalanishdagi iqtisodiyot imkoniyatlarini ko‘rsatadi
Ishchi maydon – fayllar yoki kitoblar to‘plami. Ishlashda qulaylik uchun bir nechta kitoblarni ishchi maydonda birlashtirish mumkin va uni bitta fayl deb hisoblash mumkin.
Ishchi stansiyasi - Bitta foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan shaxsiy kompyuterdan quvvatliroq kompyuter. Odatda kasbga yo‘naltirilgan avtomatlashtirilgan ish joyi sifatida
61
ishlatiladi. Ishchi stansiyasi foydalanuvchi tomonidan bir necha vazifa ishga tushirilishi, ya’ni, ma’lumotlarga ko‘pvazifali ishlov berish rejimi bilan tavsiflanadi. Bu amaliy jarayonlar guruhini bajarish imkonini beradi. Ishchi stansiyasi arxitekturasida axborotga ko‘rib turib ishlov berish muhim ahamiyatga ega. Lokal hisoblash tarmog‘iga ulangan kompyuter. U foydalanuvchining vazifalarini tarmoq bilan birgalikda bajarishga ixtisoslashgan. Dastlabki ishchi stansiyasi SUN (Stenford universitetining tarmoq mahsuloti) deb atalgan bo‘lib, SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan “tarmoq – bu kompyuter” shiori ostida yaratilgan.
|
| |