|
Katta xajmdagi ma’lumotlar – raqamli iktisodiyotni asosiy ishlab chiqarish omili
|
bet | 39/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатKatta xajmdagi ma’lumotlar – raqamli iktisodiyotni asosiy ishlab chiqarish omili. Mobil internet va buyumlar internetining jadal rivojlanishi «xamma narsa bilan aloka" -
«inson-inson", «inson-buyum", "buyum-buyum" ni yaratishga imkon berdi, bu ma’lumotlar xajmining keskin oshishiga olib keldi. Mur konuniga binoan dunyo buylab ma’lumotlarni uzatish darajasi xar ikki yilda ikki baravar oshadi. Katta xajmdagi ma’lumotlar, ularni kayta ishlash va kullash BIG DATA kabi tushunchani yaratdi. Xar kuni ularning axamiyati oshib bormokda va tez orada ular korxonalarning asosiy boyligi va manbaiga aylanadi: rakobatbardosh ustunlik ularga egalik kiladi. AKSh xukumati katta ma’lumotlar "kelajakning yangi nefti", rakamli iktisodiyotning "valyutasi. Katta xajimdagi ma’lumotlar rakamli iktisodiyot davrida xal kiluvchi ishlab chikarish omiliga aylandi. Rivojlanish uchun ma’lumotlar talab kiladigan innovatsiya ilmiy va texnologik ishlanmalarga, mamlakatda innovatsiyalarning asosiy yunalishiga aylanadi. «Katta xajimli ma’lumotlar" (BIG DATA) toifasiga kuniga 100 gb dan oshiq ma’lumot oqimlari kiradi. BIG DATA bu har xil vositalar, yondashuvlar va tarkibiy tuzilmalarni qayta ishlash usullari bo‘lib, ularni ma'lum vazifa va maqsadlarda ishlatish uchun foydalanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, barcha ma’lumotlar hajmi eksponent bo‘yicha o‘sib bormoqda: 2011 yilda hosil bo‘lgan ma’lumotlar hajmi 1,8 zettabaytga, 2012 yilda - 2,8 zettabaytga etdi. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 40 zettabaytga etadi, 2025 yilda - 100 zettabaytdan oshadi. 2021 yilda BIG DATAning bozor hajmi 68,7 milliard dollarni tashkil etadi.
Katta xajmdagi ma’lumotlarning (BIG DATA) xikmatga aylanish jarayoni. Boshlang‘ich bosqich - bu ma’lumotlar, ≪xom material≫ bo‘lib umuman keraksiz bo‘lishi mumkin, lekin
65
to‘plangan ma’lumotlar hajmi, ishlov berilgan paytda rivojlanishning muayyan qonuniyatlari va tendensiyalarini, ya’ni foydali ma’lumotlarni aniqlashga yordam beradi. So‘ngra axborot bilimlarga qo‘shiladi va "ma’lumotlar oldindan aytish mumkin bo‘lgan natija bilan harakat qilish imkonini beradigan” axborot sifatida talqin qilinadi. Bilim, undan foydalanish tajribasi bilan birga insonning donoligini shakllantiradi. Faqat inson ma’lumotlarni hikmatga aylantiradi, bilim esa vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, ammo hikmat emas.
|
| |