|
Keng polosali simsiz aloqa
|
bet | 41/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатKeng polosali simsiz aloqa. Keng polosali simsiz aloqa – bu katta hududda yuqori tezlikdagi simsiz internet va ma’lumotlar tarmog‘ini ta’minlovchi texnologiya. Katta o‘tkazish qobiliyatiga ega kommunikatsiya tarmog‘i. U xilma xil, shu jumladan, audio va video signallarni uzatishga qodir. Bunday tarmoq optik kanallardan foydalanish, yuzlab megabayt sekundiga oraliqdagi ma’lumotlarni uzatish tezliklarini standartlashtirish, ma’lumotlarni asinxron uzatish bilan tavsiflanadi.
Kesh (cache) - O‘qilishi sekinrok bo‘lgan xotirada saqlanayotgan, birok u yerdan so‘ralish extimoli katta bo‘lgan axborotning nusxasi saqlanadigan tez ukiladigan oralik bufer. Keshdagi ma’lumotlar sekin xotiradan olinishi yoki qayta hisoblab chiqilishiga karaganda ancha tezrok ukiladi, bu esa urtacha kira olish vaqtini kamaytiradi.
Keshlash - Ingliz tilidagi cache - “mahfiy zaxira” so‘zidan olingan. Kesh - kompyuter siz Internetdan olgan barcha xujjatlarni yozib kuyadigan jild. Agar xujjatni takroran
67
so‘rasangiz, sizga keshning ichidagini ko‘rsatishadi. Proksi-server xam Internetdan olingan xujjatlarni maxsus jildga yozib qo‘yadi. Agar siz, yoki Internetning boshqa foydalanuvchisi shu xujjatga murojaat kilsa, proksi-server uni o‘zining keshidan yetkazib beradi. Siz buni sezmaysiz xam. Bu xolda, siz uzoqdagi WWW-serverga shu xujjat uchun yana murojaat qilganingizga nisbatan, tezlik bir daraja yuqoriroq bo‘ladi
Kesh-xotira - Protsessor faoliyatini ko‘tishdan xalos kiladigan tezlik bilan ishlaydigan buferli xotira qurilmasi. Juda katta tezlik bilan ishlaydigan protsessorlarning paydo bo‘lishi, kesh-xotirani yaratish zaruratini keltirib chiqardi. Shu bilan birga, murakkab amaliy dasturlarning bajarilishi uchun katta xotira zarurdir. Katta, uta tezkor xotirani ishlatish esa foydasiz. Shu sababli, operativ xotira bilan protsessor orasiga, kichkina sigimli yuqori tezlikli kesh- xotira deb atalgan buferni o‘rnata boshladilar. Buning ustiga, uni protsessor ichiga o‘rnatilgan va tashqi turlari mavjud. Ichiga kurilgan kesh-xotira tashqiga nisbatan yuqorirok tezkorlikka ega, tabiiyki, narxi xam baland. Shu sababli, birinchisi ikkinchisidan sipim bo‘yicha kichikrok. Kesh-xotiraga, tezkor xotirada joylashgan buyruqlar va ma’lumotlarning bir qismi yoziladi.
|
| |