• Kibernetika
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet42/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Kiberavfsizlik - bu buzilishi mumkin bo‘lmagan boshqaruv xavfsizligi holati.
    Kiber jinoyatchilik - bu kompyuter tizimi yoki tarmoq orqali yoki ularga qarshi qilingan elektron sohadagi har qanday jinoyatdir.
    Kiber-jismoniy tizim - axborot va texnologik konsepsiya, bu hisoblash resurslarini jismoniy jarayonlarga integratsiyalashuvini anglatadi. Bunday tizimda sensorlar, uskunalar va axborot tizimlari bir korxona yoki biznes doirasidan tashqariga chiqadigan qiymat zanjiri bo‘ylab bog‘lanadi. Ushbu tizimlar bir-biri bilan


    68
    prognozlash, o‘z-o‘zini sozlash va o‘zgarishlarga moslashish uchun standart Internet protokollari orqali o‘zaro muloqot qiladi.
    Kibernetika - Tabiat va jamiyatda boshqaruv xamda aloqa haqidagi fan. Kibernetika tabiatning va jamiyatning murakkab ob’ektlariga, ularning tashqil bo‘lish usulidan kat’iy nazar, boshqaruvchi va boshqariladigan elementlardan tashqil topgan, ular orasida to‘g‘ri va teskari axborot aloqasi mavjud bo‘lgan katta kibernetik tizim deb karaydi. Kompyuterlar yaratilishi va rivojlanishi bilan kibernetik yondashuv keng tatbik kilina boshladi. Bu kibernetika qator ilmiy yo‘nalishlarning yuzaga kelishiga olib keldi: Biologik kibernetika. U biologiyada va tibbiyotda kibernetika goyalaridan foydalanadi. Diskret matematikaga asoslangan nazariy kibernetika. U boshqarish nazariyasi va axborot nazariyasi bilan shugullanadi. Ijtimoiy kibernetika kishilik jamiyatida bo‘ladigan turli jarayonlarni boshqarish uchun matematika modellarini kuradi va urganadi. Kibernetik tizimlar misollari: texnikadagi avtomatik rostlagichlar, kompyuterlar, inson miyasi, biologik populyatsiyalar, kishilik jamiyati. X,ar bir bunday tizim axborotni idroklay, xotiralay va qayta ishlay oladigan, xamda axborot almasha oladigan o‘zaro bog‘langan ob’ektlar to‘plamidan iborat. Kibernetika qo‘ygan ko‘pgina masalalar bilan xozirgi kunda informatika va axborot texnologiyalari sohasi shug‘ullanmoqda. O‘zbekistonda hisoblash markaziga ega bo‘lgan UzR FA Kibernetika instituti akademik Vosil Kobulovich Kobulov tashabbusi bilan 1966 yilda tashqil etilgan va yuqorida keltirilgan barcha yo‘nalishlarda aktiv tadqiqotlar olib borgan. Iqtisodiy kibernetika. U iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini yaratish va iqtisodiy hisoblarda kompyuterlar qo‘llash bilan shug‘ullanadi.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   150




    Download 1,42 Mb.