• Kognitiv texnologiyalar.
  • Kodlash kaliti
  • Informatikaning asosiy atamalari




    Download 1,42 Mb.
    bet44/150
    Sana07.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #131556
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150
    Bog'liq
    Информатикадан изохли лугат

    Koaksial kabel. Bir biridan izolyatsiyalangan, ichki va tashqi o‘tkazgichlardan iborat kabel. Koaksial kabel bir yoki bir necha dielektrik izolyatsiya bilan qoplangan, markaziy mis o‘tkazgichlarga ega, markaziy o‘tkazgichlarni tashqi elektromagnit ta’sirlaridan asrash uchun metall qobiq (to‘r) yoki trubka bilan qoplangan. Kabel ustidan tashqi qatlam joylashtirilib, mexanik muhofaza uchun asosan po‘lat lenta bilan o‘raladi.
    Kognitiv texnologiyalar. Inson tafakkuri imkoniyatlarini rivojlantirishga maxsus yo‘naltirilgan axborot texnologiyasi. Bunday texnologiyaning o‘ziga xos misoli bo‘lib, kognitiv kompyuter grafikasi hisoblanadi. U kompyuter ekranida fazoviy shaklda nafaqat turli geometrik shakllarni, balki turli matematik formulalarni ham ifodalay oladi. Bunday ifodalashlar insonning fazoviy tasavvurini va uning assotsiativ fikrlashini rivojlantiradi. Interbilding kognitiv texnologiyaning misoli bo‘lib, u insonning aqliy qobiliyatlarini
    71
    rivojlantirishning tashxisi, treningi va monitoringining kompyuter texnologiyasidir
    Kodlash - Dastlabki alifboni ob’ektli alifboga o‘zgartirish jarayoni. Ma’lumotlarni ramzlar ketma-ketligi bilan ifodalash jarayoni. Kodlash dasturchi tomonidan yoki avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Kodlashda xarf, sonlar va alifboning boshqa ishoralaridan tuzilgan kod ishlatilsa xam, bunday kodlash xarfli-raqamli kodlash deb ataladi. Kodlash xarfma-xarf, so‘zma-so‘z bo‘lishi mumkin. Kodlash axborot tizimlarida keng ishlatiladi. U ma’lumotlarga ishlov berishni va ma’lumotlarni uzatishni, mumkin bo‘lgan eng katta tezlikni, buzilishlardan muhofazalanishni ta’minlaydigan bo‘lishi kerak. Shu maqsad bilan shovkinga bardoshli kodlash aloxida ajratiladi. Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun shifrlash deb ataluvchi maxsus kodlash amalga oshiriladi.
    Kodlash kaliti - Kriptografiyada - kodlarni o‘zgartirishda ularning o‘zaro mosligini tekshirish uchun ishlatiladigan kalit. Bu kalitning vazifasi begona ob’ektlar tomonidan dasturlarni va ma’lumotlarni ishlatishdan muhofazalashdan iborat.

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150




    Download 1,42 Mb.