|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 52/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатKriptovalyuta mayningi. Mayning uchun kriptovalyutani
«mayning» qiladigan uskuna xarid qilish talab etiladi. Ko‘plab fikrlarga qaramay, mayning uskunalari Bitkoinni
«jalb qilmaydi». Firma egasi, uskunani tizimga ular ekan, tranzaksiyalar haqida axborotni saqlaganlik uchun mukofot oladi. An’anaviy to‘lov instrumentlari bo‘lgan mamlakatlar valyutalari bilan bo‘ladigan internet tarmog‘i orqali mamlakatlararo to‘lovlarda bir qancha o‘ziga xos muammolar mavjud edi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
to‘lovlarni amalga oshirishda albatta banklar tomonidan belgilangan yuqori komission haqni to‘lash;
tomonlarning to‘liq rekvizitlarini (manzili, hisob raqami, ismisharifi va boshqalar) o‘zaro oldi-sotti qilayotgan shaxslardan tashqari, albatta uchinchi tomonga (bankka) ma’lum bo‘lishi;
to‘lovlarni markazlashgan holda qaysidir tashkilotlar tomonidan boshqarilishi;
ayrim holatlarda to‘lovlar amalga oshirilgach, bekor qilish ham mumkinligi tufayli sotuvchi ham ishoch hosil qilishi uchun ko‘proq ma’lumotlar so‘rash kerak bo‘ladi
88
Bitkoinning o‘ziga xos jihatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:
markazlashmagan tizim –bunda har bir ishtirokchi teng huquq va imkoniyatlarga ega;
hisob-kitoblarning to‘liq shaffofligi – har bir ishtirokchi barcha tranzaktsiyalarni ko‘rishi mumkin;
nazoratning yo‘qligi – hech bir davlat yoki tashkilot tizim ichidagi operatsiyalarni nazorat qila olmaydi;
sirlilik – tizim ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlanishini so‘ramaydi;
kriptotangalarni emissiya qilish cheklangan –jami 21 million BTC (Bitkoin tangasi) chiqariladi;
balans ikki yoqlama yozuv asosida bo‘lmaydi, balki barcha tranzaktsiyalar xronologik tartibda barcha ishtirokchilarda ko‘rinadi;
kriptovalyutalar inflyatsiyaga uchramaydi. Qiymati esa bozordagi talab va taklifga qarab o‘zgaradi;
yuridik (huquqiy) jihatdan kriptovalyutalarning ishlatilishi uchun hech qanday asos mavjud emas;
Kriptografiya. 1. Fan (bilimlar sohasi). U axborot (ma’lumotlar) o‘zgartirish tamoyillari, vositalari va usullari bilan shug‘ullanadi. Bundan maqsad axborot mazmunidan ruxsat etilmagan foydalanishdan muhofazalash va uni buzishni bartaraf qilish. Kriptografiya ma’lumotlarni aloqa kanallari orqali uzatishda yoki saqlashda konfidensiallikni va/yoki haqiqiylikni ta’minlash usullari bilan shug‘ullanadi. 2. Ma’lumotlarni xabardor bo‘lmagan shaxslar uchun tushuna olmaydigan qilish maqsadida o‘zgartirish usuli. Ma’lumotlar xavfsizligi tizimining muhim tarkibiy bo‘lagidir. Uning mohiyati ma’lumotlarni uzatishdan oldin ma’nosiz belgilar yoki signallar yig‘masiga aylantirishda va ma’lumotlarni oluvchi qabul qilib olgandan so‘ng, ularni dastlabki shakliga qayta tiklashda.
89
Kross-brauzerlik - Veb-saytning turli brauzerlarda bir xil, ya’ni tuzilishi buzilmasdan va materialning uqilishi darajasi o‘zgarmasdan aks ettirilishi va ishlay olish xususiyati.
|
| |