|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 48/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатKontekstli reklama- Internet sahifasining mazmuni, kontekstiga muvofiq ko‘rsatiladigan Internet-reklama turi.
Konfiguratsiya - Tizimni, funksional elementlarining xususiyatini, sonini, o‘zaro aloqalarini va asosiy tavsifnomalarini aniq belgilab shakllantirish. Dasturning yoki qurilmaning ishlash tartibini belgilaydigan apparat va dasturiy o‘rnatishlar (masalan, qayta ulagichlarning xolatlari, boshqaruvchi o‘zgaruvchilarning qiymatlari, opsiyalar) yig‘masi. Axborotga ishlov berish tizimining apparat va dasturiy vositalarini tashqillashtirish va o‘zaro ishlashini belgilab beradigan usul. Tarmoq tarkibiy qismlarining tashqi chizgisi va o‘zaro joylashuvi.
76
Konfidensial axborot - Mamlakat qonunchiligi bilan foydalanish cheklanadigan xujjatlardagi axborot. Foydalanuvchilar tomonidan foydalanish xuquqi cheklangan axborot. Shu tufayli, undan ruxsatsiz erkin foydalanish muhofazaga muxtoj. Xizmat, kasbiy, tijorat va boshqa turdagi axborot. Qonunlar asosida xuquqiy marom uning mulkdori tomonidan o‘rnatiladi. U muhofazaga muxtoj.
Konsentrator - Kanallar guruhining yagona, umumiy kanal bilan o‘zaro ishlashini ta’minlovchi funksional blok. Konsentrator ma’lumotlarni to‘plashni ta’minlab beradi. Shu bilan birga, konsentratorning kirishiga kelayotgan axborot bloklarining soni uning imkoniyatlaridan ortik bo‘lgan xolat yuzaga kelishi mumkin. Unda, konsentrator bu bloklarning bir qismini yo‘q kiladi. Konsentratorning uzagi protsessordir. Kiruvchi axborotni birlashtirish uchun, aksariyat xollarda, vaqtni bo‘lishga asoslangan ko‘p tomonlama foydalanish ishlatiladi.
Koroorativ portal - ichki foydalanish uchun mo‘ljallangan korporativ veb-sayt. U kompaniya xodimlariga koroorativ axborotga, elektron tijorat maydonchalariga (ta’minotchilar, mijozlar bilan o‘zaro harakat va boshqalar), xamda cheklangan sonli tashqi veb-saytlardan foydalanishni taqdim qiladi.
Korporativ tarmoq. Katta tashkilotning lokal tarmog‘i. Korporativ tarmoq, xuddi shunday korxona tarmog‘i deb ham ataladi, korxonada bajarilayotgan barcha ishlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan: yangi mahsulotlarni loyihalashdan tortib, ularni reklama qilish va sotishgacha. Zamonaviy korporativ tarmoq uni tashkil qiluvchi axborot tizimlarining shajaraviy tuzilmasi bilan xarakterlanadi. Uning modeli modullilik va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega.
Corda: R3 banklar konsorsiumi tomonidan moliyaviy servislar yaratish uchun ishlab chiqilgan blokcheyn. Uning tarkibiga 70 ta moliya tashkiloti, jumladan, Barclays, Goldman
77
Sachs, J. P. Morgan banklari va Rossiyaning Qiwi kompaniyasi kiradi.
CPU-mayning: oddiy kompyuter protsessori yordamida kriptovalyuta tangalari topish. Kam quvvatli ekanligi sababli bugunda amalda qo‘llanmaydi. 2014 yil yaratilgan kriptovalyuta, asosiy e’tiborni maxfiylikka qaratadi. Dash foydalanuvchilari tranzaksiyalari shunday aralashtiriladiki, to‘lov jo‘natuvchi va oluvchini aniqlab bo‘lmaydi (bitkoindan farqli ravishda).
|
| |