|
Informatikaning asosiy atamalari
|
bet | 51/150 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #131556 |
Bog'liq Информатикадан изохли лугатKriptovalyutalar kursi. Kriptovalyutalar kursi neftga ham, oltinga ham bog‘lab qo‘yilmagan. Aytaylik, Bitkoin narxini oshiradigan yagona omil bu – cheklangan emissiya va talabning ortishi yoki kamayishi: Bitkoinlar miqdori chegaralangan. Uni platina kabi foydali qazilma bilan taqqoslash mumkin – dunyoda uning miqdori cheklangan va uni sun’iy ravishda ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Kriptovalyutaning asosiy ustunligi ham mana shundan iborat – uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi.
Kriptovalyutani qanday ishlab topish mumkin?
Kriptovalyutani uy sharoitlarida bir nechta usul bilan ishlab
86
topish mumkin: mayning – mustaqil ishlab topish, forjing – maynerlarni moliyalashtirish, shuningdek, kriptovalyutalar birjasi orqali oddiy sotib olish. Kriptovalyutalar birjasi. Agar siz nima qilib bo‘lsada, bir necha Bitkoin yoki efiriumga ega bo‘lish istagida bo‘lsangiz, bunda nimadir ishlab olishni istasangiz, siz to‘g‘ri birjaga yo‘l olishingiz lozim. Kriptovalyutalar birjalari taxminan oddiy birjalar bilan bir xil tartibda ishlaydi. Bu maydonchalarda asosiy farq shundaki, agar oddiy birjaga odamlar brokerlarsiz yo‘l topa olmasa, kriptovalyuta birjasida savdolarda boshqalarni jalb qilmasdan ishtirok etish mumkin. Qolgan qadamlar esa o‘xshash: ro‘yxatdan o‘tish, birjada kotirovka qilinadigan ma’lum bir valyutada hisob raqami ochish, shundan keyin operatsiyalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Asosiysi– kriptovalyuta birjalarining ikki xil turi mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. birinchi turdagi birjalarda kriptovalyuta
«tirik» pulga – dollar, yevro, funt va hatto rublga sotiladi. Ikkinchi turdagi – elektron pullarga. Elektron pullar Bitkoinni efiriumga (yoki boshqa kriptovalyutaga) joriy kurs bo‘yicha onlayn rejimida almashtrish va bunda pul ishlab olish mumkin bo‘lgan kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasi rolida ishtirok etadi.
Kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasi. Agar birja siz uchun murakkablik qiladigan bo‘lsa, lekin siz Bitkoinni rublga yoki rublni Bitkoinga almashtirish fikridan qaytmasangiz, kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasiga murojaat qilishingiz lozim. Bu joriy kurs bo‘yicha kriptovalyutani ayirboshlashga imkon beradigan oddiy servislardir. Kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasini tanlashda shuni yodda tutish kerakki, oxirgi paytlarda kriptovalyutaga ixtisoslashgan firibgarlar soni ortgan. Shu sababli ayirboshlash uchun maydonchani tanlashga jiddiy yondashish kerak. Internetda kriptovalyuta ayirboshlash shahobchalari reytinglari va ular haqida fikrlarni osonlik bilan topish mumkin.
87
Kriptovalyutalar kapitallashuvi. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq masalalarda odamlar yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolik bu atamalarni bilmaslikdir. Ko‘pchilik kapitallashuvni kurs bilan adashtiradi bu esa qo‘pol xato hisoblanadi. Ha, kriptovalyutalar kapitallashuvi kriptovalyutalar kursiga bog‘liq, lekin bularning ikkalasi bir xil narsa emas. Odatda, kurs qanchalik baland ko‘tarilsa, kapitallashuv shunchalik tez o‘sadi. Biroq ayrim mutaxassislar qaysidir kriptovalyutaning bozor qiymatini mavjud sxemalar bo‘yicha aniqlashning imkoni yo‘q, chunki kriptovalyutalar kapitallashuvi – tortishuvli masala degan fikrlarga qo‘shiladi.
|
| |